Get Mystery Box with random crypto!

Yuristlarga oson emas Ko‘pchilik xususiy sektorda ishlash ya | Yurist Imomniyozov

Yuristlarga oson emas

Ko‘pchilik xususiy sektorda ishlash yaxshi deb biladi. Xususan, yuridik sohada ham yuristlar va bo‘lajak yuristlar o‘rtasida bunday fikr ko‘p uchraydi. Bunga asosan 2 ta sabab ko‘rsatiladi.

Birinchisi, yuqori ish haqi;

Ikkinchisi, xususiy sohadagi yuristning o‘ziga o‘zi boshliq, o`z vaqtini o`zi belgilashida ekanligi.

Biroq 2-fikrni bildiradiganlar fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi. Buni quyidagi misol bilan tushuntiraman.

Aytaylik, advokat advokatlik byurosi orqali faoliyat yuritadi. Bir qarashda, haqiqatdan ham, u o‘ziga o‘zi boshliq. Bo‘lajak yuristlarning ko‘pchilik qismi shunday fikrda bo‘ladi. Biroq aslida unday emas.

Ushbu advokat xizmat ko‘rsatayotgan har bir fuqaro unga boshliq. Pulini to‘lagan fuqaro uning ishini tezroq bitirishni so‘rab advokatga topshiriq beraveradi.

Sudya ham advokatga boshliq. Chunki qachon sud majlisi bo‘lishini, keyingi sud majlisini qachonga qoldirishni sud belgilaydi. Advokat esa shu kunga kelishga majbur.

Tergovchi unga boshliq. Tergov harakatlari qachon bo‘lishini, qachon tugashinni u belgilaydi.

Advokat xizmat ko‘rsatadigan tadbirkor unga boshliq. Qachon kim bilan shartnoma tuzishni, ushbu shartnoma loyihasini puxta ishlab chiqishni, uning manfaatini himoya qilib sudda qatnashishni u talab qiladi.
Bunday asoslarni yana ko‘plab keltirish mumkin.

P.S. Bu bilan advokatlarni kamsitish (2-va 3-band) fikridan yiroqman. Faqat ularga qanchalik qiyin ekanliginini, xususiy sohada ishlash (ayniqsa, yuridik sohada) oson emasligini, ular o‘ziga o‘zi boshliq emasligini tushuntirmoqchi bo‘ldim xolos.

@yurist_imomniyozov