Get Mystery Box with random crypto!

YourChance | Yoshlar hamjamiyati

Telegram kanalining logotibi yourchanceuz — YourChance | Yoshlar hamjamiyati Y
Telegram kanalining logotibi yourchanceuz — YourChance | Yoshlar hamjamiyati
Kanal manzili: @yourchanceuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.84K
Kanalning ta’rifi

🍀YOURCHANCE - SHAXSIY RIVOJLANISHINGIZ DEBOCHASI!
🏛To'liq qoplanuvchi grantlar
💻Amaliyot dasturlari
🏆Turli xil tanlov va olimpiadalar
📑Xalqaro va milliy miqyosdagi tadbir, anjumanlar
📬Aloqa: @yourchanceuz_bot
🌎Website: yourchance.uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-01-29 12:01:15
ASEF YOSH LIDERLAR SAMMITI

Muddat:
3-fevral 2021-yil

ASEF Yosh Liderlar Sammiti (ASEFYLS) - bu yoshlar va Yevropa Ittifoqi va Osiyo mamlakatlari hukumatlari o'rtasida aloqalarni o'rnatishga qaratilgan ASEMning rasmiy yoshlar platformasi. Dastur "COVID-19 dan keyin dunyoda barqaror rivojlanish" mavzusiga qaratilgan va uch yo'nalishda yoshlar yetakchiligini rivojlantirishni nazarda tutadi.

#xalqaro #yctadbir #ycsammit

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
3.0K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-01-28 14:01:16
YENCHING XALQARO SIMPOZIUMI

Muddat: 13-fevral 2021-yil
To'lov badali: bepul

Yenching global simpoziumi (YGS) - turli soha vakillarini umumiy manfaatlar bilan birlashtiradigan yillik an'anaviy tadbir hisoblanadi. YGS Pekin universiteti Yenching Akademiyasi tomonidan moliyalashtiriladi. Bu yil tadbir onlayn tarzda tashkillashtiriladi va xarajatlar qoplanadi.

#xalqaro #yctadbir #ycsimpozium

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
2.7K views11:01
Ochish/sharhlash
2021-01-28 12:01:08
GERMANIYADAGI VATANDOSHLAR TAJRIBASI

Sana: 2-fevral 2021-yil
To'lov badali: bepul

IT Park O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi bilan birgalikda “O‘zbekiston yoshlari uchun yangi bilim ufqlari: Germaniyadagi vatandoshlar tajribasi” mavzusi doirasida vebinar o‘tkaziladi. Vebinarda spikerlar sizlar bilan Germaniyada yashash va o‘qish haqida tajribalari bilan bo‘lishadi.

#milliy #yctadbir #ycvebinar

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
3.0K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-01-27 14:30:05BEPUL TIL KURSLARI

Italyan tili kursi

Kurs davomiyligi: 12 hafta
Kurs tili: ingliz tili
Wellesley kolleji til mahoratingizni oshirish va zamonaviy italyan madaniyati haqidagi bilimlaringizni kengaytirish uchun bepul onlayn kurs tadqim etadi. Kurs davomida iltalyan til grammatikasi, madaniyati va shaxslararo munosabatlar haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.
Havola

Portugal tili kursi

Kurs davomiyligi: 2 hafta
Kurs tili: ingliz tili
Kurs orqali siz dunyodagi eng do'stona va jonli mamlakatlardan biri haqida ushbu til orqali boshlang'ich tushunchaga ega bo'lasiz. Salomlashish, alifbo qanday ko'rinishi, oddiy fe'llar va sodda sifatlardan foydalanish kabi mavzularda foydali so'z boyligingizni oshirish imkoniga ega bo'lasiz.
Havola

Tayland tili kursi

Kurs davomiyligi: 2 hafta
Kurs tili: ingliz tili
Kurs boshlang'ich darajada bilim olish uchun asos bo'ladi. Ushbu kursda siz Tayland tili asoslarini o'rganasiz. So'z boyligini oshirish, o'zingizni tanishtirish uchun asosiy muloqot qobiliyatlaridan foydalanishni o'rganasiz. Kurs yakunida siz Taylandcha iboralar va jumlalarni turli xil kontekstda qo'llay olasiz.

#xalqaro #yckurs #ycfoydalimanba

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
2.7K views11:30
Ochish/sharhlash
2021-01-27 13:00:53
PDP IT-Akademiyasidan maxsus intensiv

Dasturlashni o'rganishni xohlaysiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Dasturlash texnologiyalari professionallaridan maslahat oling. 31-yanvar, Yakshanba kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha 6 soat davomida PDP IT-Akademiyasi asoschisi Odilbek Mirzayev va 10dan ortiq mentorlar bilan intesiv tashkillashtirilmoqda.

Coffe break
Community
6 soatlik intensiv
Har bir qatnashchi uchun PDP IT-Akademiyasi uchun 200 000 so'mlik sertifikat

P/s: Intensiv MFaktor Impulse-2 binosida bo'lib o'tadi va offline tarzda qatnasha olmaganlar youtubeda MFaktor kanali orqali intensivni kuzatishlari mumkin.

Joylar soni: 120 ta
To'lov: 100 000 so'm.

Ro'yxatdan o'tish @PDPSupportBot
Kanalga ulanish @pdpuz
2.4K views10:00
Ochish/sharhlash
2021-01-27 08:00:50
UNESCO MOST QISHKI MAKTABI

Muddat: 1-fevral, 2021-yil
To'lov badali: bepul

22-26-fevral kunlari ZOOM platformasi orqali qishki maktab tashkillashtiriladi. Maktab mavzulari:

Qanday qilib zamonaviy dunyoda fuqarolikni kontseptsiyalash mumkin?
Bugungi kunda fuqaro bo'lish nimani anglatadi? Fuqarolik tushunchasi uchun zamonaviy dunyo tartibining oqibatlari qanday?
Qanday qilib siyosiy institutlarga bo'lgan ishonchning pasayishiga qarshi tura olamiz?

Loyihani muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikat taqdim etiladi.

#xalqaro #yctadbir #ycqishkimaktab

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
2.5K views05:00
Ochish/sharhlash
2021-01-26 12:14:00
YOSH INNOVATORLAR FORUMI

Sana: 13-14 -fevral, 2021-yil
To'lov badali: bepul

Yosh volontyorlar akademiyasining bepul Yosh innovatorlar forumi onlayn shaklda Telegram va Zoom platformalarida tashkil etiladi. Forumda yangi doʻstlar orttirish, yangi gʻoyalar va fikrlar almashishdan tashqari, start-up loyihalarni rivojlantirish uchun ustozlar tajribasini oʻrganish imkoniyati taqdim etiladi.

#milliy #yctadbir

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
2.5K views09:14
Ochish/sharhlash
2021-01-26 07:00:37
ONLAYN STARTAP AKSELERATOR

To'lov badali: bepul

Yosh Tadbirkor O'zbekistondagi birinchi to'liq onlayn startap akseleratorini ishga tushirdi. Bu MDH yetakchi mutaxassislarining ta'lim dasturi bo'lib, unda siz startaplarni noldan qanday boshlashni o'rganasiz. Kurs 7 moduldan iborat va to'liq bepul. Kurs yakunida sizga Yosh Tadbirkor tomonidan sertifikat beriladi.

#milliy #yckurs #ycfoydalimanba

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
2.5K views04:00
Ochish/sharhlash
2021-01-25 12:12:48
BARAKA TRUST'DAN GRANT DASTURI

Muddat: 31-mart 2021-yil
Grant miqdori: 1,500 dan 20 000 funt sterlinggacha

Barakat Trust 2021 grant dasturiga arizalar qabuli boshlandi. Grant kelajak avlod uchun islom san’atini, arxitektura va madaniy merosini o‘rganish va saqlashga ko‘maklashishga qaratilgan.

#xalqaro #yctanlov

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
2.6K views09:12
Ochish/sharhlash
2021-01-24 18:30:02
Quyoshli bolajonlarni shod etishga, ularni aqliy faoliyatini turli xil qo'l mehnati mashqlari yordamida rivojlantirishga qaratilgan "Dunyo sen bilan" loyihamiz siz azizlarni "Sexrli pufakchalar" ochiq tadbirimizga taklif etadi.

Har biri bolada quyosh porlaydi!

Tadbir dasturimizda bolajonlar bilan kashtachilik va estalik buyumlari, gazetadan o'yinchoqlar yasash, turli o'yinlar o'ynash, pufakchalar va animatorlar chiqishi ko'zda tutilgan.

Sana: 25-dekabr
Vaqti: 11:00
Manzil: "Shum bola" restorani

BOLALARGA KERAKSIZ!
(Sizni tadbirimizda kutib qolamiz.)

@dunyo_sen_bilan
2.5K views15:30
Ochish/sharhlash