Get Mystery Box with random crypto!

YourChance | Yoshlar hamjamiyati

Telegram kanalining logotibi yourchanceuz — YourChance | Yoshlar hamjamiyati Y
Telegram kanalining logotibi yourchanceuz — YourChance | Yoshlar hamjamiyati
Kanal manzili: @yourchanceuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.84K
Kanalning ta’rifi

🍀YOURCHANCE - SHAXSIY RIVOJLANISHINGIZ DEBOCHASI!
🏛To'liq qoplanuvchi grantlar
💻Amaliyot dasturlari
🏆Turli xil tanlov va olimpiadalar
📑Xalqaro va milliy miqyosdagi tadbir, anjumanlar
📬Aloqa: @yourchanceuz_bot
🌎Website: yourchance.uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-02-12 14:19:36 Bo'ron ortidagi tinchlik, deganlariday, jamoamiz siz uchun eng foydali loyiha va kontentlarni tayyorlamoqda.

P.S.: Navbatdagi YC MeetUp'imiz qaysi mavzuda bo'lishi xohlaysiz?

Albatta, izohlarda javobingizni qoldiring. Axir, AYNAN SIZ UCHUN harakatdamiz
1.8K views11:19
Ochish/sharhlash
2021-02-10 12:42:10
SAMARQAND YOSHLAR FORUMI-2021

Sana: 13-14 -mart 2021-yil
To'lov badali: 100 000 so'm

Forum azim Samarqand shahrida 13-14-mart kunlari bo'lib o'tadi va jami 100 nafar delegatlarni o'z ichiga oladi. Delegatlar o'z ixtiyorlari bilan forumning xohlagan yo'nalishi bo'yicha elektron ro'yxatdan o'tishi, tanlagan yo'nalishi bo'yicha o'zini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin bo'ladi. Eng eksklyuziv nuqta barcha yo'nalishlar bo'yicha debatlar yakunlangandan so'ng Samarqand shahrida joylashgan ziyoratgohlar bo'ylab sayohat .

Havola
#milliy #yctadbir #ycforum

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
5.1K views09:42
Ochish/sharhlash
2021-02-09 10:30:06
REGIONAL EMERGING LEADERS FORUM

Muddat: 28-fevral 2021-yil
To'lov badali: mutlaqo bepul

E-RELF (RELF Global virtual) forumi jamoatchilik oldida nutq so'zlash, muammolarni hal qilish, tanqidiy fikrlash, yetakchilik, jamoaviy ishlash, netvorking o'rnatish, yozish qobiliyatlari, loyiha tuzish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun platforma vazifasini o'taydi. Loyihaning asosiy maqsadi dunyo yoshlarini bir maqsadga birlashtirib, yosh avlodga xalqaro tengdoshlari bilan fikr almashish imkoniyatini beradi.

Havola
#xalqaro #yctadbir #ycforum

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
2.8K views07:30
Ochish/sharhlash
2021-02-08 07:16:37
YPIP YOZGI AMALIYOT DASTURI

Muddat: 24-mart 2021-yil

Ushbu dastur o'z malaka-mahoratingizni 8 hafta davomida Toshkent shahrida o'tkazib, rivojlantirishda yordam beradi. Professionallardan yordami, yo'nalish va onlayn mashg'ulotlar paytida amerikalik ustozlardan ko'rsatma olish, Toshkentda yashash xarajatlarini qo'llab-quvvatlash uchun 250 dollar miqdorida stipendiya sizni kutmoqda.

Havola
#xalqaro #ycstajorlik

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
2.9K views04:16
Ochish/sharhlash
2021-02-05 19:08:44SIZ UCHUN AJOYIB IMKONIYATLAR

Start-uplar uchun Arch Grants Global Startup Competition xalqaro granti
Muddat: 1-aprel 2021-yil
Arch Grants Global Startup Competition xalqaro tanlovi davomida innovatsion loyihalarga ega komandalarda 50 000$ grant yutib olish imkoniyati mavjud. Barcha loyihalarni 400 dan ortiq biznesning turli sohalaridagi investorlar baholaydi.
Havola

Gyote institutidan moliyalashtirish dasturi
Muddat: 15-aprel 2021-yil
Gyote institutidan moliyalashtirish loyihasi mavjud, ammo amalga oshirish uchun mablag' yetarli bo'lmagan turli xil sana't sohasi vakillari (taetr, rassomchilik, musiqa, raqs, raqamli media) qo'lga kiritishlari mumkin. Moliyalashtirish 25000 yevrogacha bo'lishi mumkin.
Havola

ABC INCUBATION X TCA 2.0 biznes-inkubatsiya dasturi
Muddat: 7-fevral 2021-yil
Sizda startup mavjud va uni yaqin kelajakda amalga oshirishni istaysiz. Biznes-inkubatsiya dasturi yordamida siz nafaqat bepul bilim olish, balki o'zingizga mos jamoa topish va 3 500 000 tenge hajmida grant yutib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz! Bundan tashqari, ushbu dastur bitiruvchilari Shell-LiveWire-Top10 Innobators xalqaro global tanlovida ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.
Havola

Sandes fondidan rejissyorlar uchun grant
Muddat: 8-fevral 2021-yil
Arizalarni yashash joyidan qat'iy nazar barcha rejissyorlar topshirishlari mumkin. Ingiliz tiliga tarjima qilingan o'tkir syujetli ijtimoiy mavzudagi loyihalar qabul qilinadi.
Havola

UX-dizaynga bepul o'qitish
Muddat: 18-fevral 2021-yil
Agar siz chiroyli dizayndagi saytlar va qulay interfeys yaratishni o'rganishni istasangiz Netologiyada bepul ta'lim olish imkoniyatiga egasiz. Ishtirok etish uchun kurslar saytida ro'yxatdan o'tishingiz zarur.
Havola

#xalqaro #ycimkoniyatlar

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
4.6K views16:08
Ochish/sharhlash
2021-02-03 17:00:44
Google'dan unumli foydalanish uchun 5 ta maslahat

Maqolani o'qish

@yourchanceuz #ycblog
Telegram | Instagram | Facebook
10.0K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-02-03 12:30:00
MAX PLANCK YOZGI AMALIYOT DASTURI

Muddat: 15-fevral 2021-yil

“Max Planck Summer Internship Program” dasturi talabalar uchun Max Planck Neyrobiologiya Instituti yoki Max Planck Biokimyo Instituti laboratoriyalarida amaliyot o’tash imkoniyatini beradi. Ushbu dastur qatnashchilari turli ilmiy yondashuvlar va laboratoriya metodlari bilan yaqindan tanishadilar. Dastur davomidagi loyihalar strukturaviy, hisoblash, rivojlanish va hujayra biologiyasidan biologiya, biofizika va neyrobiologiyagacha bo’lgan turli sohalarni qamrab oladi.

Havola
#xalqaro #ycstajorlik

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
3.7K views09:30
Ochish/sharhlash
2021-02-02 12:30:01SHAXSIY RIVOJLANISH UCHUN BEPUL ONLAYN KURSLAR

Kreativ fikrlash: muvaffaqiyatga erishish usullari va vositalari
Ushbu kurs orqali siz ijodiy fikrlash texnikasi nima ekanligini, fursatdan unumli foydalanish va muammoni hal qilishda tegishli texnikani tanlash va qo'llashni o'rganasiz.
Davomiyligi: 20 soat
Havola

Jamoaviy ishlash ko'nikmalari
Jamoada samarali ishlash va jamoaviy muloqot sizning kasbiy va shaxsiy muvaffaqiyatingiz uchun muhim. Ushbu kursda siz yaxshiroq qarorlar qabul qilish, yanada ijodiy va innovatsion bo'lish, nizolarni boshqarish va qiyin guruh a'zolari bilan ishlash, natijalar bo'yicha muzokaralarni olib borish, virtual muhitda guruh aloqalarini yaxshilash, odamlarning o'zaro munosabatlari to'g'risida umumiy tushunchani rivojlantirishni o'rganasiz.
Davomiyligi: 10 soat
Havola

Muvaffaqiyatli muzokara ko'nikmasi
Ushbu kurs orqali siz muzokaralar strategiyasini rejalashtirish, muvaffaqiyat uchun asosiy taktikalardan foydalangan holda, muzokara olib borish, shartnoma tuzish va baholashni o'rganasiz.
Davomiyligi: 17 soat
Havola

Muvaffaqiyatli rezyume yozish kursi
Ushbu kursda siz zamonaviy ish yoki stajirovka talaba bo'lmish CV - rezyume yozishni o'rganasiz. Kurs mavjud tendensiyalar haqida ma'lumot berib, o'zingizning rezyumengizni sayqallash uchun maslahatlar beradi.
Davomiyligi: 5 soat
Havola

#xalqaro #yckurs #ycfoydalimanba

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
7.0K views09:30
Ochish/sharhlash
2021-02-01 15:00:17
XOTIN-QIZLAR UCHUN 6 OYLIK BEPUL KURSLAR

Davomiylik: 6 oy

Xalqaro "Women's Education" tashkiloti tomonidan O'zbekiston ayol-qizlari uchun xalqaro darajadagi ingliz tili hamda loyihalashtirish kurslari tashkil etilishi bepul yo'lga qo'yildi. 6 oy davom etuvchi kurslar haftaning 4 kuni soat kechki 21:00 da bo'lib o'tadi.

Havola
#xalqaro #yckurs

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
5.2K viewsedited  12:00
Ochish/sharhlash
2021-01-30 13:01:03
ITALIYADA GRANT DASTURI

Muddat:
7-mart 2021-yil
O'qish joyi: Padua, Italiya

Padua universiteti 1222-yilda Padua shahrida ochilgan Yevropa va Italiyaning eng qadimgi universitetlaridan biridir. Padua universiteti talabalar uchun 100 ta to'liq qoplanuvchi stipendiya dasturlarini taqdim etadi.

#xalqaro #ycgrant

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
4.3K views10:01
Ochish/sharhlash