Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar Parlamenti / Молодежный Парламент / Youth Parliament

Telegram kanalining logotibi yoshlarparlamenti_official — Yoshlar Parlamenti / Молодежный Парламент / Youth Parliament Y
Telegram kanalining logotibi yoshlarparlamenti_official — Yoshlar Parlamenti / Молодежный Парламент / Youth Parliament
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 373
Kanalning ta’rifi

🇺🇿Oliy Majlis Senati huzuridagi "Yoshlar Parlamenti"ning rasmiy kanali
instagram.com/yoshlarparlamenti
Facebook.com/yoshlarparlamenti
Twitter.com/YParlamenti

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2022-07-13 21:30:01
#Eksklyuziv

Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari tomonidan bitiruvchi-yoshlar uchun yangi IMKONIYAT

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari, Toshkent viloyati xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashi deputati Sevara Maxmudova tomonidan, “Sharq ayoli” Xalqaro Xotin-qizlar jamoat fondi bilan hamkorlikda istiqbolli shartnoma tuzilmoqda.

Shartnomaga koʻra, Rossiya Federatsiyasining Volga Davlat texnologiya universitetida Respublikamizdagi barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak a’zolari uchun 50 ta GRANT ajratilgan boʻlsa, ENDILIKDA Zangiota tumanining iqtidorli oʻquvchi-yoshlari Rossiya Federatsiyasining Admeral G.I.Nevelski nomidagi Dengiz Davlat universitetida BEPUL tahsil olishlari uchun 30 ta GRANT ajratilmoqda.

GRANT sohibi boʻlish uchun quyidagilar talab etiladi
Rus tilini mukammal bilish va erkin gapirish;
Yoʻnalish boʻyicha qobilyat (malaka)ga ega boʻlish;

IMKONIYAT AYNAN SEN UCHUN!

Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram
25 views18:30
Ochish/sharhlash
2022-07-12 09:33:06
#Tabriknoma

Bugun, Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zosi Nilufar Ahmedovaning tug'ilgan kunlari.

@YoshlarParlamenti_official

Nilufar Ahmedova Senat huzuridagi Yoshlar Parlamentining eng faol va tashabbuskor a'zosi. Oliy Majlisi Senati hamda Yoshlar Parlamenti tomonidan o'tkaziladigan forumlar, uchrashuvlarda faollik ko'rsatib, inklyuziv ta'lim yo'nalishida bolalarni ruhiy rivojlantirish, psixologik yordam berish bilan tashabbus ko'rsatib kelmoqda. 2021 yilda Prezidentimiz tomonidan Shuhrat medali bilan taqdirlandi.

Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zolari Nilufar Ahmedovaning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaydi.

Yoshlar Parlamenti
  Axborot xizmati
110 viewsedited  06:33
Ochish/sharhlash
2022-07-09 07:04:58
Uzoq kutilgan muqaddas ayyom – Qurbon Bayram bilan tabriklaymiz. Quyosh bizga qanday nur sochsa, xonadoningiz shuncha mehr va nurga toʻla boʻlishini tilaymiz. Yaqinlaringiz hech qachon qaygʻu va gʻam nimaligini bilishmasin. Boy-badavlat, quvonch va farovon hayot kechirish nasib etsin. Alloh pokiza qalbingiz, katta yuragingiz va mehmondoʻstligingiz uchun sizni mukofotlasin. ️

Hurmat bilan, SENAT HUZURIDAGI YOSHLAR PARLAMENTI JAMOASI.
__

Поздравляем со светлым, долгожданным и добрым праздником — Курбан Байрам. Желаем, чтобы в вашей семье было столько же добра и света, сколько солнце дарит нам своих лучей. Пускай ваши родные никогда не знают беды и горя. Пускай ваша жизнь будет богатой, радостной и благополучной. Желаем, чтобы Аллах наградил вас за ваши чистые души, огромные сердца и гостеприимный дом.

С уважением , команда МОЛОДЕЖНЫЙ ПАРЛАМЕНТ
ПРИ СЕНАТЕ ОЛИЙ МАЖЛИСА



Bizni kuzatib boring

Rasmiy sayt | Twitter | YouTube | Instagram
124 viewsedited  04:04
Ochish/sharhlash
2022-07-08 09:50:08
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг йигирма саккизинчи ялпи мажлиси ўз ишини бошлади

Бугун, 8 июль куни, Тошкент шаҳрида Сенатнинг мажлислар залида Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг йигирма саккизинчи ялпи мажлиси ўз ишини бошлади.

Унда Сенат, ҳукумат аъзолари, вазирлик ва идораларнинг вакиллари, Сенат ҳузуридаги Ёшлар парламенти аъзолари ҳамда оммавий ахборот воситалари ходимлари қатнашмоқда.

Видеоконференцалоқа тарзида ўтказилаётган ялпи мажлисни Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати Раиси Танзила Нарбаева олиб бормоқда.

Ялпи мажлисда кўриб чиқиладиган масалаларни Сенатнинг YouTube тармоғидаги саҳифаси орқали онлайн кузатиб боришингиз мумкин.

Bizni kuzatib boring

Rasmiy sayt | Twitter | YouTube | Instagram
281 views06:50
Ochish/sharhlash
2022-07-02 08:24:24
Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari tomonidan navbatdagi xayriya aksiyasi tashkil etildi

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari
Sevara Maxmudova tomonidan bolajonlarni
qoʻllab-quvvatlash maqsadida Toshkent viloyatida xayriya aksiyasi oʻtkazildi.

Bunda, uyda ta'lim oluvchi nogironligi bo'lgan bolalar holidan xabar olinib, ularga Yoshlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida Davlatimiz rahbarining soʻzlagan nutqlari boʻyicha 14-17 yosh oʻgʻil-qizlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun 6 oy davomida 300 ming so‘mdan pul toʻlanishi boʻyicha ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari uyda ta’lim oluvchi bolalar oʻzlari qiziqqan kasb-hunar boʻyicha "Barkamol avlod" bolalar maktablarida ta’lim olishlari uchun toʻgarak rahbarlari biriktirilib, ularning uyda ta’lim olishi rejalashtirildi.

Aksiya doirasida bolajonlarga sovgʻalar ulashildi.

Shu kabi xayriya aksiyalari respublikamizning boshqa hududlarida ham davom etadi!
Telegram
149 views05:24
Ochish/sharhlash
2022-07-01 23:32:48
#Tabriknoma

Bugun, Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zosi Bekzod Jalilovning tug'ilgan kuni


Bekzod Jalilov Senat huzuridagi Yoshlar Parlamentining Eng tashabbuskor, faollarni bir joyga jamlab, Yoshlar Parlamentini yanada yuksaltirishga o'z hissasini qo'shib kelayotgan a'zosi. Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zosi hamda deputat sifatida mamlakatimizdagi yoshlarni bilim va salohiyatlarini oshirishga qaratilgan ko’plab loyihalarni yaratib, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi bitiruvchilarini Akfa Universitetiga imtihonsiz qabul qilinishida tashabbus ko'rsatib kelmoqda. Bekzod Jalilov AKFA Universiteti rektori hamda Mirzo Ulug'bek tuman Kengashi deputati sifatida faoliyat olib bormoqda.

Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zolari Bekzod Jalilovning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaydi.

Bizni kuzatib boring

Rasmiy sayt | Twitter | YouTube | Instagram
169 viewsedited  20:32
Ochish/sharhlash
2022-07-01 23:31:01
"Siz axir osmonni olmoq bo'lsangiz, Ne uchun yelkamni tutib bermayin?"

Davlatimiz Rahbarining ushbu so'zlari barcha O'zbekiston yoshlarini qalblarini larzaga solib yubordi

Bizni kuzatib boring

Rasmiy sayt | Twitter | YouTube | Instagram
126 views20:31
Ochish/sharhlash
2022-07-01 23:26:35
#Tabriknoma

Bugun, Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi Bexzod To'xtamurodov tug'ilgan kuni

@YoshlarParlamenti_official

Bexzod To'xtamurodov Senat huzuridagi Yoshlar Parlamentining raisi, Toshkent shahar deputati hamda "Shuhrat'' medali sohibi

Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zolarini bir joyga jamlash, ishlarni yanada jadalligini oshirish, Yoshlar parlamentini yoshlar hayotida o'rnini ta'minlash bilan faollik ko'rsatib, Toshkent shahridagi "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari, boquvchisini yo'qotgan, kam ta'minlangan shuningdek IT texnologiyalar yo'nalishida g'oyalari bor yoshlarga zarur sharoitlarni yaratib, ularni chekka hududlardan markazga olib chiqish va g'oyalarini amalga oshirishda ko'maklashish bilan tashabbus ko'rsatib kelmoqda.

Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zolari Bexzod To'xtamurodov kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaydi.

Bizni kuzatib boring

Rasmiy sayt | Twitter | YouTube | Instagram
118 viewsedited  20:26
Ochish/sharhlash
2022-07-01 13:58:28
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz o‘g‘il-qizlarini Yoshlar kuni bilan tabriklab, nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari bayramga yangi choralar bilan kelganini taʼkidlab, yoshlar uchun yaratilajak qo‘shimcha imkoniyatlarni eʼlon qildi.

Bir guruh yoshlarga «Kelajak bunyodkori» medali hamda «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti tantanali topshirildi.

Tadbir “Yoshlar ovozi” tanlovi g‘oliblari hamda taniqli estrada xonandalari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

Forumda Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zolari ishtirokidan fotoreportaj

Bizni kuzatib boring

Rasmiy sayt | Twitter | YouTube | Instagram
206 views10:58
Ochish/sharhlash