Get Mystery Box with random crypto!

#Eksklyuziv Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinb | Yoshlar Parlamenti / Молодежный Парламент / Youth Parliament

#Eksklyuziv

Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari tomonidan bitiruvchi-yoshlar uchun yangi IMKONIYAT

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari, Toshkent viloyati xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashi deputati Sevara Maxmudova tomonidan, “Sharq ayoli” Xalqaro Xotin-qizlar jamoat fondi bilan hamkorlikda istiqbolli shartnoma tuzilmoqda.

Shartnomaga koʻra, Rossiya Federatsiyasining Volga Davlat texnologiya universitetida Respublikamizdagi barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak a’zolari uchun 50 ta GRANT ajratilgan boʻlsa, ENDILIKDA Zangiota tumanining iqtidorli oʻquvchi-yoshlari Rossiya Federatsiyasining Admeral G.I.Nevelski nomidagi Dengiz Davlat universitetida BEPUL tahsil olishlari uchun 30 ta GRANT ajratilmoqda.

GRANT sohibi boʻlish uchun quyidagilar talab etiladi
Rus tilini mukammal bilish va erkin gapirish;
Yoʻnalish boʻyicha qobilyat (malaka)ga ega boʻlish;

IMKONIYAT AYNAN SEN UCHUN!

Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram