Get Mystery Box with random crypto!

Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari tomonida | Yoshlar Parlamenti / Молодежный Парламент / Youth Parliament

Senat huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari tomonidan navbatdagi xayriya aksiyasi tashkil etildi

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti raisi oʻrinbosari
Sevara Maxmudova tomonidan bolajonlarni
qoʻllab-quvvatlash maqsadida Toshkent viloyatida xayriya aksiyasi oʻtkazildi.

Bunda, uyda ta'lim oluvchi nogironligi bo'lgan bolalar holidan xabar olinib, ularga Yoshlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida Davlatimiz rahbarining soʻzlagan nutqlari boʻyicha 14-17 yosh oʻgʻil-qizlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun 6 oy davomida 300 ming so‘mdan pul toʻlanishi boʻyicha ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari uyda ta’lim oluvchi bolalar oʻzlari qiziqqan kasb-hunar boʻyicha "Barkamol avlod" bolalar maktablarida ta’lim olishlari uchun toʻgarak rahbarlari biriktirilib, ularning uyda ta’lim olishi rejalashtirildi.

Aksiya doirasida bolajonlarga sovgʻalar ulashildi.

Shu kabi xayriya aksiyalari respublikamizning boshqa hududlarida ham davom etadi!
Telegram