Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz Filologiyasi Yoshlar Ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yi_filologiya — Ingliz Filologiyasi Yoshlar Ittifoqi I
Telegram kanalining logotibi yi_filologiya — Ingliz Filologiyasi Yoshlar Ittifoqi
Kanal manzili: @yi_filologiya
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.04K
Kanalning ta’rifi

OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkilotining rasmiy kanali!

Murojaat, ariza va takliflar uchun fakultet yetakchisi: @Ahmadjonova_Zuhra
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFWrog-ZhXcd13z97g

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-27 20:00:02
#ijtimoiy_tarmoqdan

Xitoy osmonida silindr shaklidagi kamalak ko'rindi.

Ajoyib yangiliklarni sizga ulashuvchi @YI_FILOLOGIYA
424 views17:00
Ochish/sharhlash
2022-08-27 08:30:19
БЕСПЛАТНЫЙ ТРЕНИНГ ПО МНЕМОНИКЕ (НАУКА О ПАМЯТИ)

В Министерстве инноваций РУз. пройдёт бесплатный тренинг по мнемонике (наука о памяти).

Темы:
1. Как улучшить память;
2. Как читать больше и не лениться;
3. А также, мнемо-техники скоростного запоминания информации без «зубрёжки».

Регистрация - supermemory

28 августа, 12:00, воскресенье
90-788-99-22 @Вопросы
376 views05:30
Ochish/sharhlash
2022-08-26 19:21:04 #shunchaki #ijtimoiy_tarmoqdan

​​Ajoyib davrlar bo'lgan-a ?!)

Bir necha yillar oldin shu paytlar, avgustning oxiriga yaqin maktab uchun bozorni ko'chirib kelib , uydagilarga yangi kiyimlar oldirtirar va ularni har kuni bir-bir kiyib ko'rib, soatlab oyna oldidan ketmay o'tirardik.
Kuz yaqinlaganini bilib kiyim javonidan yupqa kiyimlar olinib, o'rnini biroz qalinroq, salqin havoda kiyiladiganlari egallardi. Umuman, biz shu oddiy mashg'ulotni ham o'yinga aylantirib yuborardik. Uning zavqi ham o'zgacha edi. Oilaviy jamlanib olishimizning o'zi bir zavq bo'lsa, darslar boshlanib, kuz yaqinlaganini his qilish 2 karra zavqli edi. Yaqinda yana o'sha sinfdoshlarini ko'rishini bilib, kun sanab, vaqtini o'tqazgan mendek maktab o'quvchisi uchun undan ham yaxshisi bo'lgan deysizmi..?!)

Yillar o'zidan xotirali izlarini qoldirib o'tdi.
Talaba bo'ldik. Yoshlik bizdan yana bir bekatni olib ketdi. Ancha narsa o'zgardi. Endi haligi maktab o'quvchisiga o'xshab yelkasiga portfelini ilib olib oynaga soatlab tikilib o'tirishlar, javonlarda yozgi kiyimlarni kuzgisiga alishtirishlar, darslardan charchab kelganda uyingdagi qaynoq taftni his qilib oila bo'lib ovqatlanishlar yo'q. Istasang-da, buning endi iloji ham yo'q. Endi faqat xotira bilan o'zingni ovutasan, avraysan.

O'ylab turib, har kun kelajagi uchun orzular, rejalar tuzadigan inson, bugun keyingi bekat qanday bo'lishini, yana qaysi tuyg'ular, qaysi xotiralar, qaysi kulgu, ko'zyoshlar, qaysi baxtlar-u, tashvishlarimni tashlab ketishni o'ylashni istamadim.
Aslida, bu hislarning asl nomi ham 'Ulg'ayish' bo'lsa kerak.
Bilmayman. Bilgichlarning o'zlari ham uning nomini aytishni istamaslar, balki...


Men shu bekatda tushib qolmoqchiman.
Ulg'aygim kelmayabdi...

@mohimsblog


Sizga doim yaxshiliklarni tilab @YI_FILOLOGIYA
530 views16:21
Ochish/sharhlash
2022-08-26 17:40:02
Yaponiyada qanday ta'lim berilishi, uning O'zbekiston ta'lim tizimidan farqi haqida bilishni xohlaysizmi? Davlat stipendiyalarini qo'lga kiritish uchun qanday talablar bor? Shu va shu kabi savollarga javob olishni istasangiz, biz sizni treningga taklif qilamiz.

Trening spikeri Munisa Rayimova:
– NUPACE dasturi g‘olibi
– Yaponiya hukumati JASSO stipendiyasi sohibi
– Islom Karimov nomidagi stipendiya sohibi
– Adliya vazirligi stipendianti
– G‘afur G‘ulom nomidagi davlat stipendiyasiga tenglashtirilgan stipendiya sohibi
– Jon X. Jekson tomonidan xalqaro savdo huquqi bo'yicha xalqaro simulyatsiya ishtirokchisi
– Frankfurt xalqaro sudining simulyatsiyasi ishtirokchisi
– KDB Global Leadership Program 2021 finalchisi
– TDYU qoshidagi “Yuksalish sari” klubi koordinatori.

29-avgust 10:00

Ziyo forum

Trening ,,Girls to girls'' loyihasi doirasida tashkil qilinmoqda. Shuningdek, qo'shimcha ishtirokchilar ham qabul qilinadi. Buning uchun @SaydullayevaDilshoda ga yozing.
353 views14:40
Ochish/sharhlash
2022-08-26 13:00:02 #tanlovlar

Diqqat e’lon
Kreativ videoroliklar yaratishga qobiliyatingiz bormi? Unda shoshiling!


Tanlovda 16 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

KOʻRIK-TANLOV YOʻNALISHLARI

- Buyuk ajdodlar merosi
- Men ixtirochiman
- Eng kreativ animatsion rolik

Videoroliklar davomiyligi 1,5 daqiqadan 3 daqiqagacha.

Ko’rik tanlovning har bir yo’nalishi bo’yicha g’olib deb topilgan sovrindorlar:
1-o’rin uchun 15 million so’m
2-o’rin uchun 10 million so’m
3-o’rin uchun 5 million so’m pul mukofotlari hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Batafsil tanlov yo'nalishlari, nizomi va qoidalari haqida

Ko‘rik-tanlov doirasida videoroliklar boʻyicha arizalar 2022-yilning
30-sentyabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Bunda vazirlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida
www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukni orqali ariza topshirishi lozim

Respublika yosh olimlar Kengashining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga a'zo bo'ling:

t.me/Respublikayosholimlar_uz
instagram.com/yosholimlar_uz
fb.me/yosholimlar.uzb
343 views10:00
Ochish/sharhlash
2022-08-25 16:48:30 TTJ uchun ariza namunasi PDF faylda.
305 views13:48
Ochish/sharhlash
2022-08-25 08:54:04 Hurmatli talabalar turar joyida yashash istagida bo'lgan talabalar, talabalar turar joyiga hujjat qabul qilish 25.08.2021 dan 05.09.2022 gacha online,  05.09.2022 dan 10.09.2022 gacha offlayn tarzda amalga oshiriladi. Online hujjat topshirish istagini bildirgan talabalar quyida keltirilgan link orqali ro'yxatdan o'tadilar, offlayn hujjatlar esa fakultetning 303-xonasida qabul qilinadi. Barcha hujjatlar o'rganilib chiqilgandan so'ng talabalar turar joyidan o'rin ajratiladi.

Tizimga kirish
668 viewsedited  05:54
Ochish/sharhlash
2022-08-25 08:10:16
#volunteer

«Culture and Art Volunteers»
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Volontyorlari jamoasiga qabul ketmoqda.

 "CAV" volontyorlarining asosiy vazifasi madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish va sohaga oid mahalliy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, aholining madaniy va maʼrifiy hordiq chiqarishlari uchun hissa qoʻshish, ommaviy bayram va konsertlar uyushtirishda yaqindan yordam berish hamda xalqaro madaniyatimizni targʻib etishdan iborat.

Ushbu ariza shakli Madaniyat vazirligi qoshidagi "Culture and Art Volunteers" jamosiga qoʻshilish istagida bo'lgan ko'ngillilar uchun.

https://forms.gle/iFmjeiyvTvme46L3A

Oʻzbekiston Volontyorlari safiga qoʻshiling: Volontyor.uz


Biz bilan birga bo'ling, zero biz SIZ uchun izlanmoqdamiz!
Telegram | Instagram
545 views05:10
Ochish/sharhlash
2022-08-24 19:21:02
#shunchaki

Xayollarga diqqatli bo'lish kerak, xayollarda amalga oshish xususiyati bor. Xayollar bu duodir. Siz chin dildan istayotgan narsadir u...

Sizga doim yaxshiliklarni tilab @YI_FILOLOGIYA
510 views16:21
Ochish/sharhlash
2022-08-24 09:40:53 Хотин-қизларга фоизсиз таълим кредити берилади

Президентнинг 2022 йил 18 июлдаги ПҚ-323-сонли қарорига кўра, тўлов-контрактда ўқиётган хотин-қизларга жорий йилдан бошлаб имтиёзли фоизсиз таълим кредити бериладиган бўлди.

Кимларга берилади?

Ўзбекистондаги барча олий таълим муассасалари талабаларига (давлат, хусусий ва хорижий ОТМлар филиаллари);
Ўрта махсус ва профессионал таълим муассасалари ўқувчиларига (техникум, касб-ҳунар коллежи ва ҳ.к.).

Қайси таълим шаклига берилади?

Кундузги;
Сиртқи;
Кечки.

Қуйидагиларга берилмайди:

супер-контракт;
қўшма таълим;
масофавий таълим;
иккинчи мутахассислик.

14 фоизда берилар экан-ку, нега фоизсиз дейиляпти?

Тўғри, таълим кредити аслида 14 фоизлик ставкада берилади. Аммо бу фоиз қисмини хотин-қизлар тўламайди, давлат тўлаб беради. Аниқроғи Молия вазирлиги ҳузуридаги Таълим кредитини молиялаштириш жамғармаси томонидан қопланади. Хотин-қизлар фақат таълим кредитининг асосий қисмини тўлайди холос.

Тўлаш қачондан бошланади?

Таълим кредитининг асосий қисми талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб (яъни олти ой ўтиб) 7 йил давомида қайтарилади. Масалан, 7 млн сўм таълим кредити олинса, ўқишни тугатгандан сўнг, 6 ой ўтгач 7 йил мобайнида ойма-ой 83 минг сўмдан тўлаб борилади.

Қайси банклар беради?

1. Микрокредитбанк
2. Асака банк
3. Агробанк
4. Халқ банки
5. Ипотека банк
6. Қишлоқ қурилиш банк
7. Туронбанк
8. Ориент финанс банк
9. Миллий банк
10. Ўзсаноатқурилишбанк
11. Ҳамкорбанк
12. Алоқабанк

Қандай ҳужжатлар керак?

банкка ариза;
шахсни тасдиқловчи ҳужжат;
таълим муассасаси билан тўлов-контракт шартномаси;
талабанинг доимий даромад манбаига эга бўлган оила аъзолари ва бошқа учинчи шахс биргаликда қарз олувчи сифатида таълим кредити қайтарилишининг таъминоти бўйича ҳужжат.

“Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га кирган оилаларнинг хотин-қизларига ажратиладиган таълим кредитлари учун гаров ва кафилликлар талаб этилмайди.

Қўшимча саволларга жавоблар мана бу ерда:
https://t.me/xushnudbek/15112


@xushnudbek
374 views06:40
Ochish/sharhlash