Get Mystery Box with random crypto!

#shunchaki #ijtimoiy_tarmoqdan ​​Ajoyib davrlar bo'lgan-a ?! | Ingliz Filologiyasi Yoshlar Ittifoqi

#shunchaki #ijtimoiy_tarmoqdan

​​Ajoyib davrlar bo'lgan-a ?!)

Bir necha yillar oldin shu paytlar, avgustning oxiriga yaqin maktab uchun bozorni ko'chirib kelib , uydagilarga yangi kiyimlar oldirtirar va ularni har kuni bir-bir kiyib ko'rib, soatlab oyna oldidan ketmay o'tirardik.
Kuz yaqinlaganini bilib kiyim javonidan yupqa kiyimlar olinib, o'rnini biroz qalinroq, salqin havoda kiyiladiganlari egallardi. Umuman, biz shu oddiy mashg'ulotni ham o'yinga aylantirib yuborardik. Uning zavqi ham o'zgacha edi. Oilaviy jamlanib olishimizning o'zi bir zavq bo'lsa, darslar boshlanib, kuz yaqinlaganini his qilish 2 karra zavqli edi. Yaqinda yana o'sha sinfdoshlarini ko'rishini bilib, kun sanab, vaqtini o'tqazgan mendek maktab o'quvchisi uchun undan ham yaxshisi bo'lgan deysizmi..?!)

Yillar o'zidan xotirali izlarini qoldirib o'tdi.
Talaba bo'ldik. Yoshlik bizdan yana bir bekatni olib ketdi. Ancha narsa o'zgardi. Endi haligi maktab o'quvchisiga o'xshab yelkasiga portfelini ilib olib oynaga soatlab tikilib o'tirishlar, javonlarda yozgi kiyimlarni kuzgisiga alishtirishlar, darslardan charchab kelganda uyingdagi qaynoq taftni his qilib oila bo'lib ovqatlanishlar yo'q. Istasang-da, buning endi iloji ham yo'q. Endi faqat xotira bilan o'zingni ovutasan, avraysan.

O'ylab turib, har kun kelajagi uchun orzular, rejalar tuzadigan inson, bugun keyingi bekat qanday bo'lishini, yana qaysi tuyg'ular, qaysi xotiralar, qaysi kulgu, ko'zyoshlar, qaysi baxtlar-u, tashvishlarimni tashlab ketishni o'ylashni istamadim.
Aslida, bu hislarning asl nomi ham 'Ulg'ayish' bo'lsa kerak.
Bilmayman. Bilgichlarning o'zlari ham uning nomini aytishni istamaslar, balki...


Men shu bekatda tushib qolmoqchiman.
Ulg'aygim kelmayabdi...

@mohimsblog


Sizga doim yaxshiliklarni tilab @YI_FILOLOGIYA