Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Telegram kanalining logotibi xalqtaliminfo — Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov X
Kanaldagi mavzular:
Jonli
Telegram kanalining logotibi xalqtaliminfo — Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Kanaldagi mavzular:
Jonli
Kanal manzili: @xalqtaliminfo
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 68.70K
Kanalning ta’rifi

Ambassador of @profiuniversity
xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo
Murojaat uchun: @savollar_murojaat_bot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-16 13:31:33
Maktabga birinchi marta ishga kirgan stajor-o'qituvchilar uchun 21-22-may kunlari test sinovlari o‘tkaziladi

Nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor test sinovidan o‘tgan hisoblanadi.

Agar talabgor navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, shunda ham yetarli ball to‘play olmasa, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Kasbiy sertifikat haqidagi ko'plab boshqa savollarga xalqtaliminfo.uz saytida e'lon qilingan maqola bilan batafsil tanishib, javob topishingiz mumkin.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/631

Telegram I Facebook I YouTube
41.8K views10:31
Ochish/sharhlash
2024-05-16 11:35:55
Attestatsiya natijalaridan norozi bo'lgan barcha informatika fani o'qituvchilari qayta test topshirishi mumkin

Joriy yil 15-16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelib, ishlamay qolganligi haqida xabar bergandik.

Shundan so'ng vazirlik rasmiylari faqat 16-aprel kuni test topshiriqlarini to'liq bajarishga ulgurmagan pedagoglargina qayta attestatsiyadan o'tkazilishini ma'lum qilgandi.

Ya'ni, 15-aprel kuni test sinovlari vaqtida nosozlik bo‘lmaganligi uchun faqat 16-aprel kuni testda ishtirok etgan pedagoglargina qayta test topshirishi aytilgandi.

Bugun bo'lib o'tgan jonli muloqotda esa vazirlik mas'ul xodimi Sardor Raximboyev barcha pedagoglarning murojaatini inobatga olgan holda, endilikda attestatsiyada 15-aprel kuni ishtirok etgan informatika fani o'qituvchilari ham qayta test topshirishi mumkinligini ma'lum qildi.

Telegram I Facebook I YouTube
25.6K views08:35
Ochish/sharhlash
2024-05-16 11:01:09ERTAGA ONLAYN TEST BO'LADI!

Testda qatnashmaganlar afsuslanadi!
Yakunda barchaga sertifikat beriladi!

Juma, 17-may kuni @imtihonmarkazi tomonidan -onlayn test tashkil etiladi. Testlar sifatiga 100% javob beriladi. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi shart!

Test vaqti: 17-may (kun davomida)
Test tillari: O'ZBEK VA RUS
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro‘yxatdan o‘tish shart

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting!

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Ona tili + Русский язык

Testga ro‘yxatdan o‘tish:
Ro‘yxatdan o‘tish
13.4K views08:01
Ochish/sharhlash
2024-05-16 10:14:06
#Jonli_efir

Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2023/2024-o‘quv yilida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot bo'lib o'tmoqda.

Unda vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berilmoqda.

Muloqotni jonli efirda kuzating.

Telegram I Facebook I YouTube
17.3K viewsedited  07:14
Ochish/sharhlash
2024-05-16 09:18:52
#Sõragan_edingiz

Informatika fanidan o‘tkazilgan olimpiada natijalari ustama uchun ball berishga asos bo‘ladimi?


Men maktabda informatika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman. MMTVning 2024-yil 7-mart kungi 70-sonli buyrug‘i bilan maktablarda informatikadan olimpiada bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchim tumanda 3-o‘rinni olib, viloyat bosqichida qatnashdi. Ustama beriladigan olimpiadalar va ko‘rik tanlovlar ro‘yxatida bu olimpiada yo‘q ekan. Endi menga ustama uchun ball berilmaydimi?

Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/651

Telegram I Facebook I YouTube
16.6K views06:18
Ochish/sharhlash
2024-05-16 08:00:33
Hurmatli ustozlar!

“TESOL NTM” tashkiloti tomonidan beriladigan TESOL, TEFL, va TESL sertifikatlari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug'i bilan belgilangan talablariga mos ekanligi rasman tasdiqlandi.

“TESOL NTM” shu kungacha sabr qilib, ularga ishongan va qo'llab-quvvatlagan pedagoglarga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Qo'shimcha savol va talablar uchun:

@info_tesoluz

+99897-731-90-00

@MukhammadJhon

+99897-477-60-41

Hurmat bilan, “TESOL Uzbekistan”

@tesoluz
18.4K views05:00
Ochish/sharhlash
2024-05-15 14:15:30
Maktab hududiga kirib qolgan yirtqich ayiq otib o‘ldirildi

Ma’lum bo‘lishicha, ayiq tajovuzkor harakat qilgan va maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirgan.

Batafsil
— https://xalqtaliminfo.uz/post/649

Telegram I Facebook I YouTube
21.2K views11:15
Ochish/sharhlash
2024-05-15 11:53:52 5 mln 775 ming so'm miqdorda har oylik vazir ustamasini oladigan pedagoglar aniqlandi

Pedagoglarga Vazir jamg'armasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari o'tkazilgandi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug'i bilan vazir jamg'armasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar ro'yxati tasdiqlandi.

Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari (5 mln 775 ming so'm) miqdorida har oylik ustama to'lab boriladi.

Telegram I Facebook I YouTube
31.5K viewsedited  08:53
Ochish/sharhlash
2024-05-15 08:20:01 Aslida vazirlik direktor o’rinbosarlarini mana shunday “ma’naviyatchilardan” qutqarishi kerak

Yaqindagina Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi direktor o’rinbosarlari uchun seminarlar tashkil qilgandi.

Vazirlik ta’lim muassasalaridagi direktor o’rinbosarlari ish faoliyati samaradorligini oshirishni istasa, avvalo ularni mana shunday “ma’naviyatchilardan” qutqarishi lozim.

Qonunan hech qanday vakolatga ega bo’lmagan “Ma’naviyat markazlari” ochiqdan-ochiq ta’lim muassasalariga majburiy obunani targ’ib qilishi sharmandalikdan boshqa narsa emas.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/648

Telegram I Facebook I YouTube
23.0K viewsedited  05:20
Ochish/sharhlash
2024-05-15 06:57:44
Ma’naviyat markazi maktablarni tekshirmoqchi, savolnomada majburiy obuna ham bor

Yaqindagina direktor o‘rinbosarlari vazir Hilola Umarovadan qog‘ozbozlikni yo'q qilsh uchun amaliy yordam so'ragandi.

Yangibozor tumani hokim o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh esa Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda maktablarda yuritilgan yigʻilish bayonlari va boshqa holatlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni reja qilmoqda.

Savolnomada qonunchilikka zid bo'lgan bir nechta holatlar mavjud.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/648

Telegram I Facebook I YouTube
25.6K viewsedited  03:57
Ochish/sharhlash