Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiya natijalaridan norozi bo'lgan barcha informatika f | Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Attestatsiya natijalaridan norozi bo'lgan barcha informatika fani o'qituvchilari qayta test topshirishi mumkin

Joriy yil 15-16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelib, ishlamay qolganligi haqida xabar bergandik.

Shundan so'ng vazirlik rasmiylari faqat 16-aprel kuni test topshiriqlarini to'liq bajarishga ulgurmagan pedagoglargina qayta attestatsiyadan o'tkazilishini ma'lum qilgandi.

Ya'ni, 15-aprel kuni test sinovlari vaqtida nosozlik bo‘lmaganligi uchun faqat 16-aprel kuni testda ishtirok etgan pedagoglargina qayta test topshirishi aytilgandi.

Bugun bo'lib o'tgan jonli muloqotda esa vazirlik mas'ul xodimi Sardor Raximboyev barcha pedagoglarning murojaatini inobatga olgan holda, endilikda attestatsiyada 15-aprel kuni ishtirok etgan informatika fani o'qituvchilari ham qayta test topshirishi mumkinligini ma'lum qildi.

Telegram I Facebook I YouTube