Get Mystery Box with random crypto!

5300 nafar fuqaroning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqi ta’minl | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

5300 nafar fuqaroning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqi ta’minlandi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda barchaning umumiy o‘rta ta’lim olishi huquqi kafolatlangan.

Turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, ya’ni maktabni to‘liq tamomlay olmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish tizimi yaratilgan.

Joriy yilda eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish uchun 8038 nafar fuqarolar murojaat etgan.

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalardan muvaffaqiyatli o‘tgan 611 nafar fuqarolarga 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma hamda 4689 nafar fuqarolarga 11-sinf hajmida umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnomalar berildi.

Barcha yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin