Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi M
Kanaldagi mavzular:
Вазир
Jonli
Xalqaro
Fransiya
Turon
Bizning
Эътироф
All tags
Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kanaldagi mavzular:
Вазир
Jonli
Xalqaro
Fransiya
Turon
Bizning
Эътироф
All tags
Kanal manzili: @uzedu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 76.85K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09
✉️ info@xtv.uz
Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-06-30 05:44:59
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari!

Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta.

Aziz yoshlar!

Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz.

Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
3.6K views02:44
Ochish/sharhlash
2024-06-29 11:25:24
28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz 3 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi

Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o’tkazilgan o’smirlar o’rtasida 28-Bolqon Matematika olimpiadasida Albaniya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya,  Bolgariya, Ukraina, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Xoravatiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Montenegro, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ruminiya, Turkiya  kabi mamlakatlardan jami 135 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi

28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 3ta kumush, 3 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

Sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Ergashev Sarvarbek — Andijon viloyati, Marhamat tumuni ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi  - Kumush medal

Anvarov Javohir —  Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umuta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi  - Kumush medal

Mamajonov Azizbek — Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani  3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi  - Kumush medal

Abdulaziz Radjabov — Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi - Bronza medal

Ikrom Hasanov — Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 68-sonli umuta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi - Bronza medal

Abdusalomov Umidjon — Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab internati , 8-sinf o'quvchisi - Bronza medal

Barcha g’oliblarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

olympiad.uzedu.uz
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
15.4K views08:25
Ochish/sharhlash
2024-06-29 10:13:39
#Eʻtirof
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot bolib otdi.

Unda davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirovni Garvard universitetiga o‘qishga qabul qilinganini e’tirof etib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar o‘zini oqlayotganini ta’kidladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedine
8.7K viewsedited  07:13
Ochish/sharhlash
2024-06-29 08:47:36
#Turon

Poytaxtimizda tashkil etilgan “Turon” maktab teatri tanlovi g’oliblari ishtirokidagi sahna ko’rinishlaridan videolavha.

Ushbu tadbir 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan.

Unda iqtidorli o’quvchilarimiz o’zlarining eng sara ijod namunalarini taqdim etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedine
11.2K views05:47
Ochish/sharhlash
2024-06-28 20:01:47
#Turon

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Turon” maktab teatr tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning sahna koʻrinishlaridan fotoreportaj.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
12.1K viewsedited  17:01
Ochish/sharhlash
2024-06-28 19:53:58
Президент ёш экофаолларнинг халқаро стратегияни ишлаб чиқиш ва бош қароргоҳи Ўзбекистонда бўладиган Халқаро экологик ёшлар қўмитасини тузиш таклифларини қўллаб-қувватлади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
7.3K views16:53
Ochish/sharhlash
2024-06-28 19:07:47
“BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI SIRDARYODA!

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

Festival Sirdaryo viloyatida quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi.

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

Eslatib o'tamiz, festivaldan maqsad
to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish,
ichki turizmni rivojlantirish,
tajriba almashish,
to‘garaklar faoliyati bilan tanishish,
madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish.

Festivalda Sirdaryo viloyatidan umumiy 6 mingga yaqin oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

Tanlov kuy-qo'shiqlar bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Tadbir soʻnggida festival estafetasi XORAZM viloyatiga topshirildi.

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
7.7K views16:07
Ochish/sharhlash
2024-06-23 08:58:17
Umumta'lim maktablarining 10-11-sinf o'quvchilaridan iborat terma jamoa vakillari xalqaro musobaqada faxirli ikkinchi o'rinni egalladi
 
Qozog‘istonda bo’lib o’than “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik musobaqasida g'olib bo'lgan o'quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
 
18-22-iyun kunlari bo’lib o’tgan tadbir doirasida harbiy-amaliy ko‘pkurash musobaqalari o‘tkazilib, yigit-qizlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona raqobat muhiti yaratildi.

Unda 8 ta davlatdan 42 ta jamoa vakillari o’zaro kuch sinashishdi.
 
Musobaqalar yakuniga ko‘ra:

Qozog‘iston terma jamoasi — I o‘rinni,
O‘zbekiston terma jamoasi — II o‘rinni,
Ozarbayjon terma jamoasi esa III o‘rinni egalladi.
 
G’oliblarni tabriklab, ularning kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
5.2K viewsedited  05:58
Ochish/sharhlash
2024-06-23 05:54:30
#Fransiya

Maktabgacha va maktab vazirligi tomonidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarining kasbiy rivojlantirish bo’yicha loyihaga start berilganidan xabaringiz bor.

Bugun ushbu loyihaning 60 nafar ishtirokchilari Fransiyaga amaliyot o’tash uchun jo’nab ketishdi.

Ma’lumot o’rnida: joriy yilda bu loyihada 120 nafar fransuz tili fani ustozlarini qamrab olish rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
7.8K viewsedited  02:54
Ochish/sharhlash
2024-06-22 17:42:54
Namanganda vazir o’rinbosari ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o'rinbosari Farhod Boqiyev Namanganda soha vakillari bilan uchrashdi.

Uchqo‘rg‘on, Norin, Uychi, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, Yangi Namangan, Davlatabod tumanlari va Namangan shahrida o‘tkazilgan uchrashuvlarda shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, maktab direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvlarda:

yangi o‘quv yilida ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar,
yoshlarning ma’naviy-axloqiy tafakkurini shakllantirish,
iqtidorli o‘quvchilar bilan tizimli ishlarni tashkil etish,
o‘quvchilarning davomati bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
9.7K views14:42
Ochish/sharhlash