Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga soat 14:00da bo‘ladigan 5 tashabbus harakati doirasidag | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Ertaga soat 14:00da bo‘ladigan 5 tashabbus harakati doirasidagi uchrashuvda yoshlarga 3 ta noutbuk ham beriladi

5 tashabbus harakati tashkilotchilari “To‘y to‘ydek bo‘lsin!” deb aytishgan ekan, endi “To‘yga to‘yona bilan borish kerak!” deb ertangi “Vazir va yoshlar” uchrashuvida 5 tashabbus harakatini maktablarga kengroq yoyish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya bergan yoshlarga 3 ta noutbuk taqdim qilmoqchimiz. Noutbuk faqatgina g‘oya beradigan emas, balki o‘zi shu g‘oyani amalga oshira oladigan yoshlarga nasib qiladi deb umid qilamiz!

Marhamat, g‘oyalaringizni tayyorlab, ertangi uchrashuvga keling. Tadbirda qatnashish uchun www.toshkent21.uz sayti orqali online ro‘yxatdan o’ting.