Get Mystery Box with random crypto!

O'zDXA yoshlari | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi uzdxa_online — O'zDXA yoshlari | Rasmiy kanal O
Telegram kanalining logotibi uzdxa_online — O'zDXA yoshlari | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @uzdxa_online
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 142
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston davlat xoregrafiya akademiyasi Yoshlari rasmiy kanali.
#raqs_dunyosi
#qiziqarli_malumotlar
#motivatsiya
#talabalar_hayoti
#fan_va_talim
#Őzbekiston_yangiliklari
#hazillar

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-06-30 12:59:27
#tabrik

Barcha talaba-yoshlarni “30-iyun – Yoshlar kuni” bayrami bilan tabriklayman.
Bu – kelajak sari dadil odimlayotgan, oʻz oldiga aniq maqsadlarni qoʻygan, ilm va ijod sirlarini izchil oʻrganayotgan, Vatan taqdiriga oʻzini daxldor sanaydigan, “Kelajagimiz egalari” deyishga arziydigan yoshlar bayramidir.
Aytish joizki, keyingi paytlarda yoshlar bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim asosida ishlar olib borilayotganligi, talaba-yoshlarimizning ijodiy faolligi, akademiya hayotida munosib hissa qoʻshib kelayotganini barchamiz minnatdorlik bilan eʼtirof etamiz.
Shunday ekan, men Sizlarning har biringizga el-yurtimiz faxrlanadigan, jonajon Oʻzbekistonimizning munosib, maʼnan sogʻlom farzandi, haqiqiy inson boʻlish baxti nasib etishini hamda kuch-gʻayrat va shijoat hech qachon tark etmasligini tilayman.
Barchangizni “Yoshlar kuni” bilan yana bir bora samimiy tabriklab, yangi yutuqlar, ijodiy parvozlar, baxt-omad yor boʻlsin deyman.

OʻzDXA rektori SHuxrat Toxtasimov

@uzdxa_official
180 views09:59
Ochish/sharhlash
2022-06-19 22:19:30 #Qabul2022
Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Ertaga, 20-iyun kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.

Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
357 views19:19
Ochish/sharhlash
2022-06-09 20:42:22
Мутахассислиги бўйича 5 йил иш стажига эга хотин-қизлар тавсиянома асосида ўқишга қабул қилинади

Ҳукумат қарори (322-сон, 09.06.2022 й.) билан тасдиқланган низомга кўра, мутахассислиги бўйича камида 5 йил меҳнат стажи мавжуд, бироқ олий маълумотга эга бўлмаган хотин-қизлар давлат ОТМга алоҳида қабул параметрлари (жами 500 та квота) доирасида тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилинади.

Батафсил https://bit.ly/3O8gW42

Обуна бўлинг t.me/yuz_official
351 views17:42
Ochish/sharhlash
2022-06-07 13:22:05
DIQQAT, E'LON!

Bugun soat 18:00 da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining hisobot konserti bo‘lib o‘tadi.

@uzdxa_official
308 views10:22
Ochish/sharhlash
2022-06-07 11:30:31
#виртуал_саёҳат

Музейларга виртуал саёҳат

Дам олиш кунида Ўзбекистон бўйлаб виртуал саёҳатни амалга оширишингиз мумкин бўлган бир қанча музейларни тавсия қиламиз:

Ўзбекистон тарихи давлат музейи

Ўзбекистон амалий санъат музейи

Ўзбекистон Давлат табиат музейи

Ўзбекистон Давлат санъат музейи

Темурийлар тарихи давлат музейи

Қатағон қурбонлари хотираси музейи

Қуролли Кучлар музейи

Шон-Шараф музейи

Темир йўллар тарихи музейи

Абдулла Қаҳҳор уй-музейи

Мухтор Ашрафий уй-музейи

Ойбек уй-музейи

Тамара Хоним уй-музейи

Ўрол Тансиқбоев уй-музейи

Сергей Есенин уй-музейи

Сергей Бородин уй-музейи

Юнус Ражабий уй-музейи
___
Telegram | Facebook | Instagram
254 views08:30
Ochish/sharhlash
2022-06-03 18:44:55
#Конституция

Ҳурматли устозлар ҳамда қадрли талабалар, ижтимоий фаолликни бой берманг!

Сизнинг бугунги таклифингиз эртангизни белгилаб беради!

Маълумот ўрнида, “Bu mening Konstitutsiyam” веб-порталида бугунги кунга қадар 10 мингдан ортиқ таклифлар келиб тушган бўлиб, ундан мингга яқини фан, таълим ва соғлиқни сақлаш соҳасига оид.

Шундай экан, сиз ҳам ўз фикр ва таклифларингизни қолдиринг!

Рўйхатдан ўтиш учун видеоқўлланма

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
268 views15:44
Ochish/sharhlash
2022-06-01 07:07:08
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Bolalik inson umrining eng go‘zal, orzu-umidlarga to‘la, tashvishlardan yiroq, jo‘shqin faslidir. Bu faslning tabiati shundayki, birgina kulgusi bilan butun olamni charog‘on qilib, qalblarga quvonch va shodlik hadya etadi. Inson umriga mazmun bag‘ishlab, hayotga muhabbat va ishtiyoqini kuchaytiradi.

Shuning uchun ham biz bolalikni yaxshi ko‘ramiz, doimo sog‘inamiz, bolalarni suyib-erkalab, Yaratganning bebaho ne’mati, deya ularga butun borimizni beramiz.

Aziz bolajon, yaxshiyam borsan. Sen sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘ay, yuksak marralarni zabt et, ota-onangga, Vatanga munosib avlod bo‘l!


Bor mehr-muhabbatimiz senga bo‘lsin!

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
236 views04:07
Ochish/sharhlash
2022-05-31 06:26:47
MUKARRAMA TURG‘UNBOYEVA TAVALLUDIGA 109 YIL TO‘LDI

Bugun о‘zbek raqs san’ati malikasi, ulug‘ ustoz, betakror raqqosa, baletmeyster, Xalq artisti Mukarrama Turg‘unboyeva tavallud topgan kun.

Milliy raqs san’atimiz dovrug‘ini dunyoga taratgan “Bahor” davlat raqs ansambli tashkil topishida bosh-qosh bо‘lgan va uzoq yillar ushbu ansamblga rahbarlik qilgan M.Turg‘unboyeva bizga о‘lmas asarlari bilan boy madaniy meros qoldirdi. Ulug‘ ustozni har kuni yod etsak, u qoldirgan bebaho xazinasini har qancha asrab-avaylab, jahon sahnalarida kо‘z-kо‘z etsak arziydi.

Milliy professional raqs san’atimiz Onasi – M.Turg‘unboyevaga munosib avlod, ulug‘ ustozga xos shogird va uning merosini kо‘z qorachig‘iday asraydigan vorislar bо‘lish barcha soha vakillariga nasib etsin!


@uzdxa_official
458 views03:26
Ochish/sharhlash
2022-05-30 21:53:08
DIQQAT, E'LON!!!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi va Respublika nomdor stipendiyalari tanlovlariga hujjatlarni qabul qilish jarayonlari boshlandi.

Har yili oliy ta’lim muassasalarida butun o’qishi davomida a'lo baholarga tahsil olayotgan va ilmiy ijodiy ishlarda faol bo'lgan oliy ta’lim muassasalari bakalavriat (2 va 3 kurslar) va magistrantura (1-kurs) talabalari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi va Respublika nomdor stipendiyalari tanlovlariga hujjatlarni qa'bul qilish jarayonlari boshlanganligini ma'lum qilamiz.

Shu munosabat bilan 2022/2023 o'quv yilida davlat stipendiyasiga sazovor bo'lishni istagan talabalarimizni Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi (rektorat 2-01 xona) ga murojaat qilishlarini sо‘raymiz.

Hujjatlar ketma ketligi va qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi havoladan olishingiz mumkun!!!

Hujjatlar:

https://uzdxa.uz/talabalar-uchun-davlat-stipendiyalari/
186 views18:53
Ochish/sharhlash
2022-05-30 21:53:08
DIQQAT, E'LON!!!

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda 2022-yil 1-iyun soat 10:00 da “1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bagʻishlab “RAQS JILOLARI - BOLA QUVONCHLARI” mavzusida oʻtkaziladigan maʼrifiy-badiiy tadbirga taklif qiladi.

Tadbir “Musiqa va sanʼat oʻquv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan 3D tizimli interaktiv oʻquv-metodik qoʻllanmalar yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida oʻtkaziladi.

Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
173 views18:53
Ochish/sharhlash