Get Mystery Box with random crypto!

#tabrik Barcha talaba-yoshlarni “30-iyun – Yoshlar kuni” ba | O'zDXA yoshlari | Rasmiy kanal

#tabrik

Barcha talaba-yoshlarni “30-iyun – Yoshlar kuni” bayrami bilan tabriklayman.
Bu – kelajak sari dadil odimlayotgan, oʻz oldiga aniq maqsadlarni qoʻygan, ilm va ijod sirlarini izchil oʻrganayotgan, Vatan taqdiriga oʻzini daxldor sanaydigan, “Kelajagimiz egalari” deyishga arziydigan yoshlar bayramidir.
Aytish joizki, keyingi paytlarda yoshlar bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim asosida ishlar olib borilayotganligi, talaba-yoshlarimizning ijodiy faolligi, akademiya hayotida munosib hissa qoʻshib kelayotganini barchamiz minnatdorlik bilan eʼtirof etamiz.
Shunday ekan, men Sizlarning har biringizga el-yurtimiz faxrlanadigan, jonajon Oʻzbekistonimizning munosib, maʼnan sogʻlom farzandi, haqiqiy inson boʻlish baxti nasib etishini hamda kuch-gʻayrat va shijoat hech qachon tark etmasligini tilayman.
Barchangizni “Yoshlar kuni” bilan yana bir bora samimiy tabriklab, yangi yutuqlar, ijodiy parvozlar, baxt-omad yor boʻlsin deyman.

OʻzDXA rektori SHuxrat Toxtasimov

@uzdxa_official