Get Mystery Box with random crypto!

MUKARRAMA TURG‘UNBOYEVA TAVALLUDIGA 109 YIL TO‘LDI Bugun о‘zb | O'zDXA yoshlari | Rasmiy kanal

MUKARRAMA TURG‘UNBOYEVA TAVALLUDIGA 109 YIL TO‘LDI

Bugun о‘zbek raqs san’ati malikasi, ulug‘ ustoz, betakror raqqosa, baletmeyster, Xalq artisti Mukarrama Turg‘unboyeva tavallud topgan kun.

Milliy raqs san’atimiz dovrug‘ini dunyoga taratgan “Bahor” davlat raqs ansambli tashkil topishida bosh-qosh bо‘lgan va uzoq yillar ushbu ansamblga rahbarlik qilgan M.Turg‘unboyeva bizga о‘lmas asarlari bilan boy madaniy meros qoldirdi. Ulug‘ ustozni har kuni yod etsak, u qoldirgan bebaho xazinasini har qancha asrab-avaylab, jahon sahnalarida kо‘z-kо‘z etsak arziydi.

Milliy professional raqs san’atimiz Onasi – M.Turg‘unboyevaga munosib avlod, ulug‘ ustozga xos shogird va uning merosini kо‘z qorachig‘iday asraydigan vorislar bо‘lish barcha soha vakillariga nasib etsin!


@uzdxa_official