Get Mystery Box with random crypto!

SMMchi zo`r marketing agentligi yuritolmaydi Bir sohadagi | Usmonxon Mavlonov || Blog

SMMchi zo`r marketing agentligi yuritolmaydi

Bir sohadagi texnik ishni bilishing, sen o`sha ishni qiladigan biznesni yurita olasan degani emas. Ya`ni, zo`r mebel yasash va zo`r mebel yasaydigan korxonani boshqarish bu ikkita alohida boshqa-boshqa ishlar va ko`nikmalar talab qiladi.

Bu boshqa texnik ishlar: dasturchi, dizayner, fotograf va boshqalarga ham tegishli.

Yangi biznes boshlading degani endi san faqat texnik ishchi (mebel yasovchi, dasturchi, dizayner va h.k.) emas, shu bilan birga bosh direktor, operatsion direktor, marketolog, moliyachi va bosh texnologsan degani.
Bu kasblarning esa hammasida alohida vazifalar bor:

- mijozlar jalb qilish;
- moliyaviy hisobotlarni yuritish;
- reklama kampaniyasi ishlab chiqish;
- jarayonlarni optimallashtirish;
- produktni yaxshilash va minglab boshqa kichik task’lar.

Agar faqatgina zo`r non yopishni bilsang-u boshqa sohalardan xabaring bo`lmasa, katta ehtimol bilan nonvoyxona uxlaydi .

Chunki sanda xodimlarni ishga olish, vazifalarni boshqarish va taqsimlash, hisob yuritish ko`nikmalari bo`lmaydi.

Endi, asosiy savol shu: bunday holat bo`lmasligi uchun nima qilish kerak?

Korxona haqida eng boshidan franshiza kabi o`ylash kerak. Bu nima degani? Siz franshizada hamma qilinadigan ishlarni detaligacha yozib chiqasiz. Agar sizning qo`llanmangizda ishlar qilinsa zo`r natija bo`lmasdan iloj yo`q holga keladi. Shunda sizning korxonangiz odamlarga emas, tizimga bog`liq bo`ladi.

Shu xulosalar Maykl Gerberning “E-myth” kitobidan olingan.
Kichik korxona egalari uchun “mindset shift” bo`ladi, manimcha.

@usmonxon_mavlonov