Get Mystery Box with random crypto!

Siz qanchalik fikringizda qat'iysiz? Jamoa bilan qo'shilib a | TOHIRJONOV - IT BLOG

Siz qanchalik fikringizda qat'iysiz?

Jamoa bilan qo'shilib ammo noto'g'ri fikrni qo'llab quvvatlaysizmi yoki yakka, hech kimga qo'shilmay to'g'ri fikrnimi? Aniq, noto'g'risini tanlaysiz. Quyida uning isboti:

(Post uzunroq bo'ladi)

• Solomon Ash, Polshalik Amerika hamjamiyati psixologi, 1951-yilda olamshumul eksperiment o'tkazadi. U bir insonning ustida jamoa qay darajada hukm qila olishini, qanchalik jalb qilishini o'rganadi. Natijalar esa kutilgandanda hayratlanarli edi. Ochig'i men buni o'qib hayron qoldim.

• Ash kollejdan 50 nafar bolalarni tanlaydi. Ular vazifaga ko'ra "ko'rish testi" dan o'tishlari kerak edi. Ularga kartochkalar beriladi va har birlaridan ularning qaysi biri uzun ekanligini topish topshiriladi. Ko'ryapsiz, vazifa oson. Hatto ko'z "зрения" si past odam ham topa oladi-ku deb o'ylashingiz mumkin. Ana shu 50 nafar ishtirokchilar ichida aktyorlar ham bor bo'lib, ular jamoani noto'g'ri fikrga ko'ndirishga ya'ni kalta bo'lgan kartochkani uzun ekanligiga ishontirishlari kerak bo'ladi.

– Buni qarangki, aksarisini aktyorlar tashkil qilgan guruhda, 12 ta urinishlardan so'ng 3 dan 1 qism odam ular tanlagandek, notog'ri fikrni qo'llab quvvatlaydilar. Tasavvur qiling 3 dan 1 qism-aa..? Kartochkalar ko'zga ko'rinarli turibdi, ammo jamoaning prinsipi yakka shaxslarning temperamentini ham o'zgartirib yubora oldi.

︎Aktyorlar mavjud bo'lmagan boshqa bir jamoa ushbu vazifani bajarishda umuman xatoga yo'l qo'yishmadi. Ana shundan ma'lum bo'ldiki, jamoaning ro'li yakka individuallar uchun katta o'rin egallaydi. Siz o'zingiz istamagan holatda, taalluqli bo'lgan jamoalaringizdek fikrlashni boshlaysiz, bir xil qarash va tushunchalarga ega bo'lasiz.

~ Buni hayotda quyidagi misollarda aniq ko'rgansiz:

• Payg'ambar alayhissalom ham mushriklarni Islomga chaqirganlarida, ular: "Eh ota-bobolarimiz qilgan ishdan voz kechib ketamizmi", "Jamiyatimizga xilof qilamizmi?" degan edi.

• To'ydagi sarf-xarajatlarni normallashtirib mo'jazgina to'y qilishni oilangizga taklif qilganingizda: "Qo'ysangchi, hamma nima deydi? Qanday qilib hammadan boshqacha qilamiz?".

• Asossiz bid'atlarni qilish paytida ham odamlardan nima uchun shunday qilayotganini so'rasangiz: " Ha nima, hamma shunday qiladi-ku", deyishadi. Ular istar istamas ongsiz ravishda "zombi" (manqurt) bo'lib qolishgan. Qilayotgan ishi haqida biror marta tanqidiy fikr ishlatib ham ko'rishmagan.


~ Quyida uning biznesdagi misollari:

• "Hamma kredit olib biznes boshlayapti, demak men ham shunday qilaman".

• "Bu yili shakar ushlab qolib, sotganlarniki qimmatroq ketdi, keyingi yili men ham shunday qilaman". Bu ishni hukmini gapirib ham o'tirmadim. Asli juda kulgili fikr va nojoiz ish. Ammo bu ahmoq miyyalarni keyingi yil shakar arzon bo'lib ketishini va ular sotib olganidan ham arzonga sotishini ko'rsam mazza qilaman :)

• Puliga qimmatbaho mashina va ko'chmas mulklar sotib olib, ularni butunlay muzlatib qo'yadigan "biznesmen" okalar ham aynan ko'pchilik shunday qilgani uchun, ongsiz shu ishni davom ettiradi.

Eh odamlar, odamlar. Tanqidiy va tahliliy fikrlashga xuddi piyoz yegandan keyin tishni yuvish shart bo'lganidek, shart ekanligini bilganingizda edi.. Ijtimoiy va siyosiy hayotingiz go'zal bo'lib ketar edi.

@TOHIRJONOV_BLOG