Get Mystery Box with random crypto!

TOHIRJONOV - IT BLOG

Telegram kanalining logotibi tohirjonov_blog — TOHIRJONOV - IT BLOG T
Telegram kanalining logotibi tohirjonov_blog — TOHIRJONOV - IT BLOG
Kanal manzili: @tohirjonov_blog
Toifalar: Video
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.15K
Kanalning ta’rifi

🌍 Foydali Ma'lumotlar
➖➖➖➖➖➖➖➖
🔥 Universal Kontentlar
➖➖➖➖➖➖➖➖
🚀 Eng Sara Yangiliklar
➖➖➖➖➖➖➖➖
🔰 Foydali Bloglar
➖➖➖➖➖➖➖➖
👨‍💻 Statistikalar
➖➖➖➖➖➖➖➖
👩‍🏫 Hayotiy Maslahatlar
➖➖➖➖➖➖➖➖
💻 FRILANSERLIK
Admin @TohirjonovDiyorbek

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-08 18:26:48 Biror kishiga ish buyursang, o'z xodiming bo'lsa ham, oson qilib ayt!

Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy rohimahulloh aytadilar: Umuman olganda, odamlar biror kishini ishga buyursalar, gapni to'liq, mukammal qilib aytmay, chala gapiradilar. Keyin ular ishni ko'ngildagidek bajarmasa, bular xafa bo'lib yurishadi. Shogirdlar, uydagilar, xodimlar bilan qilinadigan munosabatda bu holat ayniqsa ko'p uchraydi. Adabning taqozosi shuki, birovga ish buyurayotgan vaqtda gapni mukammal, ochiq va oson yo'l bilan tushuntirish kerak".

Hakimul Ummat Ashraf Ali Tahonaviy hikmatlaridan..

@Tohirjonov_Blog
1.1K views15:26
Ochish/sharhlash
2022-07-07 16:49:09
Shu vaqtgacha Khaby Lameni hech kim tanqid qilmagan edi. Musulmon ekan, Qur’onni yod olgan ekan deyilgandan keyin. Tanqidni musulmonlar boshlab berdi Bu masqarabozku, ibratli nima joyi bor, amal qilmasa nima keragi bor, buni maqtayotgan musulmonlar buni puliga havas qiladi degan juda ko’p izohlar o’qidim! Aslida hammamiz Khabydekmiz faqat u ochiq oydin “masqaraboz”!

Sizga zarari tegmayotgan insonni chaynab nima qilasiz?

@Tohirjonov_Blog
1.2K views13:49
Ochish/sharhlash
2022-07-07 07:41:33 NFT haqida! Diqqat!

Ayni paytda NFT orqali pul qilishni o’rgatamiz degan qallob insonlarni o’ljasi bo’lmang. Ular asl infolo’ttibozlar bo’ladi. Umrida NFT olmagan, foyda ham qilmagan bo’lib. Ular bepul ma’lumotlarni sizga juda qimmatga sotadi.

NFT kelajagini xisobga olib hozir faqat ta’lim oling! Olib sotmang! Oldin uni nimaligini yaxshilab biling. O’rganing! NFT soqqa qiladigan narsa emas! Bu umuman boshqa maqsadda yaratilgan. Hozirda 99,5% NFT maqsadsiz hayp ustiga qurilgan!

Bizni bu bozorga kirganimizdan bir sababi ertami kechmi hamma bu ma’lumotlarga ega bo’lib, firibgarlarni qo’liga tushmasligi uchun info berish. Sof ta’lim berish. Pullaringizni muhofaza qilishga yordam berish. Sovuqqon bo’ling iltimos! Xissiyotingiz bilan o’ynashib sizni chuv tushurishlariga aslo yo’l qo’ymang! Bu haqida shunchaki bilim oling va fundamental narsalarni kasb qiling.

Hurmat bilan @Tohirjonov_Blog
1.2K views04:41
Ochish/sharhlash
2022-07-05 06:12:28 Boshliq (boss) bo’lish kerakmi yoki yetakchi?

• Dunyodagi qaysi bir top menejerlarni olmang ular yetakchilik sifati orqali ko’tarilgandir. Boshliq agar imperatordek bo’lsa, unga bo’lgan munosabat aniq negativ bo’ladi. Boshliqlik kuchli soft-skill emas, balki eng oson va eng qadrlanmaydigan skill'dir. Chunki hamma buyruq bera ola oladi, ammo hamma ham jamoani bir maqsad yo’lida bir xil inspiratsiya bilan ushlab tura olmaydi.

• Jamoasida boshliq emas, lider mavjud bo’lgan korxona – xodimlar orasidagi yaxshi munosabat va izchil o’sishga ega bo’lishi bilan boshqalaridan ajralib turadi.

@TOHIRJONOV_BLOG
1.2K views03:12
Ochish/sharhlash
2022-07-03 06:12:32 U avtohalokat sababli chap qo'lidan ayrildi. Doktorlar unga stressga tushib qolmaslik uchun biror mashg'ulotga qatnashni maslahat berishdi. U Dyuzdo sport turini tanladi va tajribali yapon ustozga shogird tushdi.

• U sensei'dan Dyuzdo sportini yaxshilab o'rgandi va bir qo'li yo'q bo'lishiga qaramay, tez orada musobaqaga qatnashadigan bo'ldi. O'zining kam yillik tajribasidan qo'rqsa ham, ustozi unga kuchli ishonch bildirdi. Natijada..

– Natijada esa u yigit raqiblarni aylanma usulda yerga uloqtirardi. Hech qanday qiyinchilik bilmay katta turnirda g'olib bo'ldi. Ammo qanday qilib? Nahotki chap qo'li yo'q bo'lishiga qaramay g'olib bo'lsa? U shu savollarni so'rab senseiga yuzlandi.

"Sen aylanma usulni oson o'rganingni sababi ham bir qo'ling yo'qligidadir, bu Dyuzdodagi eng qiyin ko'nikmalardan biridir va raqib nega seni bu usul bilan yenga olmasligini sababi esa, u senga shu usulni qo'llashi uchun, unga sening chap qo'ling kerak bo'ladi", dedi ustozi unga.

Ojiz tomoningizni dominantingizga aylantiring.

@TOHIRJONOV_BLOG
1.4K views03:12
Ochish/sharhlash
2022-06-29 02:50:46
– Agar musulmon Islom kelajagi undan talab etadigan ilmiy va iqtisodiy faoliyatni unutgan holda, Kaʼba oldida umrbod ibodat bilan mashgʻul boʻlsa ham, bu ishi uni Alloh oldida hech narsadan behojat qilolmaydi.
– Zero, korxonalar qurish masjidlar qurish bilan barobardir!

Shayx Muhammad Gʻazzoliy rohimahulloh

@tohirjonov_blog
2.0K views23:50
Ochish/sharhlash
2022-06-28 11:58:44
Kreativ reklamalar – KFC

• Angliyada KFC tarmoqlari sinfida hali hech kim qilmagan reklama bilboardlari uchun kreativ g'oya ishlab chiqishdi.

Bilboardning tagida tuman qiluvchi maxsus qurilmalar qilingan bo'lib, xuddi bilboarddagi tovuq go'shtini issiqqina va "свежий" qilib ko'rsatish reja qilingan. Kutilganidek, bu uslub aholining iliq fikrlariga ega bo'lishga ulgurdi.

@TOHIRJONOV_BLOG
2.0K views08:58
Ochish/sharhlash
2022-06-27 20:51:34
Suratda Stiv Jobs'ning ishga kirish uchun yuborgan arizasi. Ajib, ajib...

U paytlarda raqam bilan ishlash degan ko'nikma ustunlik hisoblangan ekan. Kalkulyatorda ishlash, kompyuterda ishlash va hokazo.

Ertaga sizni ham ingliz tilini va masalan dasturlash tillarini bilishingiz ham shu qadar kulgili bo'lib tuyulishi mumkin. Mabodo-de.

@TOHIRJONOV_BLOG
2.0K viewsedited  17:51
Ochish/sharhlash
2022-06-27 20:12:28 Korxonani avvalo sohibining "hamlasi" va zararlaridan qutqarish kerak!

Kompaniya uchun eng katta dushman kezi kelganda uning sohibi (ish boshqaruvchisi yo qo'shma-asoschisi emas) ham bo'ladi. Aynan asoschisi o'z korxonasiga qilgan "hamla"si juda ham katta kuchga ega. Shuning uchun ham kompaniya ma'lum bir darajaga yetganida uning operatsion ish boshqaruvchilari va asoschilari kompaniyani o'z sohibining hujumidan asrash harakatida bir qancha ishlarni amalga oshirishlari kerak bo'ladi.

Sohibing hamlasidan saqlab qolish uchun nima qilish kerak? Operatsion kuzatuv komissiya vakillari hatto kompaniya asoschisini lozim topsa, uni korxonani boshqarishiga layoqatsiz deb bilsa, uni haydab yuborishlari ham mumkin. Chunki biznes bu monarxiya emas; katta masshtabli biznes bu faqat shaxsiy mulkingiz emas. "Kompaniyaning asoschisi bo'la turib, o'z korxonasidan ham haydalib ketishi mumkinmi?", degan savol tabiiy paydo bo'lishi mumkin.

– Javob, ha xuddi Stiv Jobs, Jek Dorsey, Taravis Kalanik, Andryu Masonlar kabi :))

︎Ularning har birini o'z hikoyasi bor, ammo ulardan Stiv Jobsniki aytsak bugunga kifoya qiladi. Stiv Jobs insoniyatga o'zining boy aqli bilan birgalikda, tor fe'l-atvori bilan ham tanilgan. Tor fe'l-atvori unga 10 yilga qimmatga tushgan. Chunki 1980 - yilda, Apple kuzatuv komissiya rahbarlari Jobs'ni kompaniyani boshqarishga juda ham yosh va temperamentli deb hisoblab, uning o'rniga PepsiCo vitsa prezidenti John Sculley'ni yollashadi. Bir qancha kelishmovchiliklar va norozichiliklar sabab Sculley kuzatuv komissiyasi rahbarlarini Jobs'ni korxonani tark etishiga ko'ndiradi. Tavba, tavba :))

Ammo oradan 10 yil o'tib, kompaniya (Jobs'ga tegishli bo'lgan) NeXT startapini sotib olishi tufayli Stiv Jobsni qayta ishga oladi.

Ha azizlar, milliard dollarli kompaniya qurish bu shunchaki qo'y boqish emas...

@TOHIRJONOV_BLOG
2.0K viewsedited  17:12
Ochish/sharhlash
2022-06-26 08:00:36
Bir reklama bannerini ichida ham sifat, ham mahsulot narxi, ham raqobatni namoyon qilsa bo'ladimi?

– Nega bo'lmasin?! Ushbu ko'rib turgan reklama banneringizda Colgate "технично" quyidagi uch narsani tiqib olgan:
1. Dushmanlarga qarshi jang. Dushmanlar kim? Ular sigaretalar. Sigareta chekkan insonlarning tishlari o'sha sigaretalarning *keti kabi sap-sariq tusga kirib qolishini ko'rsatmoqda.
2. Sifatni bildirmoqda. Suratning pasta turgan qismidagi oppoqlik esa uning sifatini, ya'ni shu qadar oppoq tishlar taqdim qilishini namoyon qilmoqda.
3. Pasta kichkina ammo sigaretalar kaatta qilinganini sababi, ana shu sigaretalardan ko'rsa arzonroq ekanini anglatmoqda. Siz bunda bir pachka sigareta bilan bir dona Colgate pastasini solishtirmang, balki vaqtni hisobga oling. Bir dona pastani 3 hafta ishlatsangiz, bir pachka sigaretni esa... o'zingiz bilasiz qancha vaqtda chakib tashlashadi ))

Post uchun Colgate'dan reklama olinmagan, xolis, xolis :)

@TOHIRJONOV_BLOG
2.2K viewsedited  05:00
Ochish/sharhlash