Get Mystery Box with random crypto!

Trendga emas, maqsadga harakat qiling! 'Hamma IT'ni o'rganyap | TOHIRJONOV - IT BLOG

Trendga emas, maqsadga harakat qiling!

"Hamma IT'ni o'rganyapti, ertaga ish topa olamanmi. Hamma falon sohani o'rganyapti, menga u yerda joy bormikin?" deb hayolingizga kelganmi?

– Havotir olmang, bemalol ayta olamizki, rizqingiz shu sohada bo'lsa albatta ish topa olasiz. O'zbekistonda IT'ni o'qib mutaxassis bo'la oladiganlarning ko'rsatkichi xuddi flayer reklama turlariga o'xshaydi. Gap shundaki, flayerlar 100 ga 1 ko'rsatkichda ishlaydi. Masalan 10,000 ta flayer chiqarib reklama qilsangiz 100 ta mijoz chaqirishingiz mumkin, balki undan ham kamroq ))

IT'ni o'rganayotganlar ham shu ko'rsatkichda. Yuragida o'ti bor, sohaga trend uchun emas balki g'oyasi uchun kirganlar esa 100 tadan bitta. Dunyo IT bozorlarida unday "aytishnik"larga esa har yili 100,000 lab talab bor. Shunday ekan hech ham havotir olmang, ish topa olish uchun emas, g'oya uchun soha tanlang.

Statistikadan misollar:

• Birgina AQSH'da 2021 – yilga qaraganda bu yili IT kasb vakillariga bo'lgan talab 69% ga oshgan, tushunyapsanmi Karl?!..
Bu raqamlarda esa 106,700 ta. (US Bureau Labor Statistics jobs report tahliliga ko'ra)
• Dunyo bo'yicha esa IT kasb vakillariga bo'lgan talab har yili o'rtacha 52% ga o'smoqda. Bu har oyda o'rtacha 625,000 bo'sh ish o'rni bor degani :)

E ukam, siz bo'lsa hali ham kod'izdagi "bug"ni topa olganingiz yo'q. Bosish kerak, bosish.

@TOHIRJONOV_BLOG