Get Mystery Box with random crypto!

𝑻𝒂𝒔𝒉𝒒𝒊 𝑴𝒆𝒉𝒏𝒂𝒕 𝑴𝒊𝒈𝒓𝒂𝒕𝒔𝒊𝒚𝒂𝒔𝒊 - 𝑰𝒓𝒌𝒖𝒕𝒔𝒌

Telegram kanalining logotibi tmma_irkutsk — 𝑻𝒂𝒔𝒉𝒒𝒊 𝑴𝒆𝒉𝒏𝒂𝒕 𝑴𝒊𝒈𝒓𝒂𝒕𝒔𝒊𝒚𝒂𝒔𝒊 - 𝑰𝒓𝒌𝒖𝒕𝒔𝒌 𝑻
Telegram kanalining logotibi tmma_irkutsk — 𝑻𝒂𝒔𝒉𝒒𝒊 𝑴𝒆𝒉𝒏𝒂𝒕 𝑴𝒊𝒈𝒓𝒂𝒕𝒔𝒊𝒚𝒂𝒔𝒊 - 𝑰𝒓𝒌𝒖𝒕𝒔𝒌
Kanal manzili: @tmma_irkutsk
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.79K
Kanalning ta’rifi

Ўзбекистонлик фуқароларнинг маълумот олиши учун махсус Telegram-канали
Мурожаат учун:
☎️ 79647550202
🏠 Иркутск шаҳри, Советская кўчаси, 124В уй

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-04-14 02:19:26
Turkiya ish beruvchilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz mehmonxona sohasida ishlash uchun mazkur davlatga jo‘nab ketdi.

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали
408 views23:19
Ochish/sharhlash
2023-04-14 02:19:26
Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida 2023-yilning 6-9-fevral kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning birinchi guruhi uchun 14-martdan 7-aprelgacha UBT-EPS-Topik test sinovlari bo‘lib o‘tgan edi.

Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati taqdim qilingan natijalarga ko‘ra, testdan jami 3428 nafar fuqaro muvaffaqiyatli o‘tgan.

Test natijasi bilan tanishish

Malaka imtihoni (skill test) vaqti va manzili haqida qo‘shimcha ravishda maʼlum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 6-9-fevral kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning ikkinchi guruhi uchun UBT-EPS-Topik test sinovlari 13-apreldan 2-iyungacha bo‘lib o‘tmoqda.

Murojaat uchun: +998 71 202-33-55

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали
408 views23:19
Ochish/sharhlash
2023-04-13 20:19:13
Янгиланаётган конституция “снос” билан боғлиқ муаммоларга тўла барҳам беради

Янги таҳрирдаги конституция лойиҳасининг 47-моддасида ҳеч ким суднинг қарорисиз ва қонунга номувофиқ ҳолда уй-жойидан маҳрум қилиниши мумкин эмаслиги белгиланмоқда. Бу “снос” билан боғлиқ муаммоларга барҳам беради.

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали
484 views17:19
Ochish/sharhlash
2023-04-13 12:42:52
O'zbekiston – Germaniya: hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Shveysariyaning "Globogate Concept AG" tashkilotining biznesni rivojlantirish bo'yicha rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda o'zbekistonlik o'rta bo'g'in tibbiyot xodimlarini Germaniyaga ishga jalb qilish va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Germaniya tomoni kelgusida O'zbekiston fuqarolarini mazkur davlatga nafaqat hamshiralik, balki boshqa sohalarga ham jalb qilishni yo'lga qo'yish istagida ekanligini ma'lum qildi.

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали
652 views09:42
Ochish/sharhlash
2023-04-13 10:04:43
Олдин киши судланган бўлса, бу унинг яқинлари, қариндошларининг тақдирига ҳам таъсир қилган

"Фуқаронинг судланганлиги қариндошларнинг конституцион ҳуқуқларини чеклаш, уларнинг қадр-қимматини таҳқирлашга сабаб бўлолмайди."

Янгиланаётган Конституциянинг 28-моддаси

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали
651 views07:04
Ochish/sharhlash
2023-04-13 09:53:30
Germaniyada avtomobil mexatronikasi (texnik) sohasida 2023-yil sentyabrdan boshlanadigan ausbildung, ya'ni, o‘qish va ishlash tizimi asosida fuqarolar taklif etiladi!

oylik stipendiya 930 yevrodan boshlanadi;
ausbildung davomiyligi 3 yil;
viza, aviachipta va transfer hamda sug'urta xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi;
arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko'mak.

Nomzodlar uchun talablar:
• 20-35 yoshgacha bo‘lishi;
• nemis tili bo'yicha Gyote, ECL yoki TELCdan olingan B1 sertifikati;
• o‘rta maxsus taʼlim olgani haqida hujjat.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
Nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (pdf shaklda);
Nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).

Ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +998 71-202-33-55 (ichki raqam 66).

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали
841 views06:53
Ochish/sharhlash
2023-04-13 08:46:14
Янгиланаётган Конституция: “Энди болалар меҳнати тақиқланади. Пахта, супурги, кетмон болаларники эмас”

Янги таҳрирдаги конституциянинг 44-моддасида мажбурий меҳнат, болаларнинг баркамол ривожланишига салбий таъсир қиладиган ҳар қандай болалар меҳнати тақиқланиши белгилаб қўйиляпти. Ушбу муҳим ўзгариш айнан мажбурий меҳнат, хусусан, болалар мажбурий меҳнатига тўлиқ барҳам берилиши билан боғлиқ.

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали
609 views05:46
Ochish/sharhlash
2023-04-13 08:23:59 Tibbiyot muаssasalari diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijiy ish beruvchilar talablari asosida nomzodlarni kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiyot muassasalari uchun tanlov eʼlon qiladi. (Avvalgi tanlov tibbiy muassasalardan berilgan hujjatlar talab darajasida emasligi sabab, komissiya tomonidan o'tkazilmagan, deb baholanib qayta tashkil etilmoqda).

Tibbiy ko‘rik quyidagi tekshiruvlarni o‘z ichiga olishi lozim:

1. Kardiolog;
2. Terapevt;
3. Jarrohlik;
4. Urolog va ginekolog;
5. Oftalmolog;
6. Dermatovenerolog, RW (sifilis), TRNA tahlili;
7. HBS antigeni (gepatit A, gepatit B, gepatit C, gepatit D);
8. Rentgen tekshiruvi, flyuorografiya (sil);
9. Nevropatolog;
10. LOR;
11. Bioximiya (AST, ALT, Xolesterin);
12. Stomatolog;
13. OIV infeksiya/OITS;
14. Lepra;
15. Qonning umumiy tahlili (gemotakrit, qand, oqsil);
16. Qon bosimi (㎜hg);
17. Bo‘y/Vazn;
18. Okulist;
19. UZI;
20. Umumiy peshob tahlili.

Tibbiyot muassasasi SSV litsenziyasiga ega bo‘lishi;
Zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlangan bo‘lishi;
Malakali mutaxassislarga ega bo‘lishi;
Tibbiy ko‘rikdan navbatsiz o‘tkazish;
Tibbiy ko‘rik (sog‘lom, nosog‘lom) xulosasi shu kunda berilishi:
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun alohida joy ajratishi.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar Toshkent shahri, Olmazor tumani Qamarniso ko‘chasi, 1-uy manziliga muhrlangan konvertlarda taqdim etilishi lozim.

Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatini yuklab olish

Tuziladigan shartnoma namunasi yuklab olish

Tanlov g‘olibi taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va baholash orqali aniqlanadi.

Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 32), 95 340-50-07.

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали
628 views05:23
Ochish/sharhlash
2023-04-13 08:23:59 Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida o‘tkaziladigan EPS-Topik UBT test imtihoni to‘g‘risida

Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida 2023-yilning 6-9-fevral kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning ikkinchi guruhi uchun Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga asosan EPS-Topik UBT test imtihoni 2023-yil 13-apreldan 2-iyungacha bo‘lib o‘tadi.

Imtihon manzili:
Toshkent shahri Yangihayot tumani Lutfikor ko‘cha 33-uy.
Mo‘ljal: Mehnat organlari xodimlarini malakasini oshirish respublika kurslari binosi.

Lokatsiya

Imtihonda qatnashuvchi nomzodlar ro‘yxati

Imtihonga kirishda so‘raladigan hujjat va maʼlumotlar:

Xorijga chiqish pasporti;
3,5 x 4,5 hajmdagi sifatli oq fonli rangli fotosurat (2 dona).

Bilishingiz kerak bo‘lgan maʼlumotlar:

Imtihon haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy axborot kanallari orqali taqdim etilyotgan maʼlumotlardan boshqa xabarlarga ishonmaslik so‘raladi.
Xorijga chiqish pasportini olib kelmaganlar imtihonga kiritilmaydi.
Imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
Belgilangan sana va vaqtdan kech qolganlar imtihonga kiritilmaydi.
Inson resurslarini rivojlantirish xizmati shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta appelyatsiya EPS-Topik UBT test imtihoni o‘tkazilmaydi.
Imtihonda elektron vositalardan (mobil telefon, elektron soatlar, shpargalkalar va hokazo) foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Inson resurslarini rivojlantirish xizmati talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzod 2 yil davomida test imtihonida qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Imtihon vaqtidagi har bir nojo‘ya harakat videokuzatuv kamerasi orqali aniqlanib boriladi.

Imtihon chet el vakillari ishtirokida o‘tkazilayotganini inobatga olib, navbatga rioya qilish, tartibli bo‘lish, shovqin qilmay, boshqa fuqarolar manfaatiga putur yetkazmaslik so‘raladi.

Eslatib o'tamiz, nomzodlarning birinchi guruhi uchun test imtihoni 14-martdan 7-aprelgacha bo‘lib o‘tmoqda.

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали
639 views05:23
Ochish/sharhlash
2023-04-12 16:23:10
Yaponiyada ishlash istagida bo'lgan fuqarolar diqqatiga!

Yaponiyaning AOIKAI tibbiyot korporatsiyasi yurtdoslarimizni ishga taklif etadi.

Ish turi – shifoxona, qariyalar markazi, reabilitatsiya markazlarida hamshiralik parvarishi;
✦ Viza turi – maxsus malaka ishchi vizasi;
✦ Viza muddati – 5 yilgacha;
✦ Nomzod yoshi – 18-45 yoshdagi erkak va ayollar;
✦ Ma'lumoti – o'rta-maxsus va undan yuqori.
✦ Maxsus talab etiladigan sertifikatlar – yapon tili N4 daraja va hamshiralik ko'nikmalarini baholash testi.

Yapon tilini bilmaydigan va hamshiralik ko'nikmasi bo'lmagan fuqarolar ham murojaat qilishi mumkin.

Ro'yxatdan o'tish

Batafsil: @AOIKAI_UZ

90 816-02-22, 97 197-02-22, 99 799-30-22, 99 484-02-22

Manzil
: Toshkent shahri Olmazor tumani Umid ko’chasi 16-uy.
Olmazor kasb-hunarga o'qitish markazi.

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали
411 views13:23
Ochish/sharhlash