Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqa | 𝑻𝒂𝒔𝒉𝒒𝒊 𝑴𝒆𝒉𝒏𝒂𝒕 𝑴𝒊𝒈𝒓𝒂𝒕𝒔𝒊𝒚𝒂𝒔𝒊 - 𝑰𝒓𝒌𝒖𝒕𝒔𝒌

Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida 2023-yilning 6-9-fevral kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning birinchi guruhi uchun 14-martdan 7-aprelgacha UBT-EPS-Topik test sinovlari bo‘lib o‘tgan edi.

Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati taqdim qilingan natijalarga ko‘ra, testdan jami 3428 nafar fuqaro muvaffaqiyatli o‘tgan.

Test natijasi bilan tanishish

Malaka imtihoni (skill test) vaqti va manzili haqida qo‘shimcha ravishda maʼlum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 6-9-fevral kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning ikkinchi guruhi uchun UBT-EPS-Topik test sinovlari 13-apreldan 2-iyungacha bo‘lib o‘tmoqda.

Murojaat uchun: +998 71 202-33-55

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали