Get Mystery Box with random crypto!

𝑻𝒂𝒔𝒉𝒒𝒊 𝑴𝒆𝒉𝒏𝒂𝒕 𝑴𝒊𝒈𝒓𝒂𝒕𝒔𝒊𝒚𝒂𝒔𝒊 - 𝑰𝒓𝒌𝒖𝒕𝒔𝒌

Telegram kanalining logotibi tmma_irkutsk — 𝑻𝒂𝒔𝒉𝒒𝒊 𝑴𝒆𝒉𝒏𝒂𝒕 𝑴𝒊𝒈𝒓𝒂𝒕𝒔𝒊𝒚𝒂𝒔𝒊 - 𝑰𝒓𝒌𝒖𝒕𝒔𝒌 𝑻
Telegram kanalining logotibi tmma_irkutsk — 𝑻𝒂𝒔𝒉𝒒𝒊 𝑴𝒆𝒉𝒏𝒂𝒕 𝑴𝒊𝒈𝒓𝒂𝒕𝒔𝒊𝒚𝒂𝒔𝒊 - 𝑰𝒓𝒌𝒖𝒕𝒔𝒌
Kanal manzili: @tmma_irkutsk
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.79K
Kanalning ta’rifi

Ўзбекистонлик фуқароларнинг маълумот олиши учун махсус Telegram-канали
Мурожаат учун:
☎️ 79647550202
🏠 Иркутск шаҳри, Советская кўчаси, 124В уй

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-03-31 08:09:09 Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Nomzodlar uchun talablar:

Umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli boʻlimlarida kamida 2 yillik tajribaga ega hamshiralar (faqat bemorlarni parvarishlagan) boʻlishi;

39 yoshdan oshmagan boʻlishi;

shifoxonada ish tajribasiga ega boʻlishi (stomatolog, oʻqituvchilik va dorishunoslik, ginekologiya, shoshilinch tez tibbiy yordam, pediatriya, poliklinika-patronaj, akusherlik sohasida shugʻullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);

sudlanmagan boʻlishi;

jismonan sogʻlom boʻlishi;

tibbiyot kolleji (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan boʻlishi;

bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyatiga ega boʻlishi;

Angren shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida oʻqish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);

nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shugʻullanmasligi;

Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtishi;

Loyihada ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

Angren shahrida bepul turar joy;

oʻquv xonasi;

oylik stipendiya (6 oy).

Shuningdek, “GLOBOGATE Concept AG.” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;

til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;

hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;

oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;

Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;

mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 450 € dan boshlanadi, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun

Batafsil ma’lumot olish

Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqam 66) yoki 1282 qisqa raqami.

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали

Ташқи меҳнат миграция агентлигининг расмий канали
568 views05:09
Ochish/sharhlash
2023-03-31 08:09:09
Xorijda qiyin ahvolda qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Bu haqda "Toshkent" telekanalining "Gap chiqdi" tok-shousida

Tok-shouni tomosha qilish

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали

Ташқи меҳнат миграция агентлигининг расмий канали
568 views05:09
Ochish/sharhlash
2023-03-31 05:11:45
#Sōragan_edingiz

Germaniyaga ishga borish uchun nemis tilini qay darajada bilish lozim?

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали

Ташқи меҳнат миграция агентлигининг расмий канали
683 views02:11
Ochish/sharhlash
2023-03-30 17:13:48 Yaponiyada ishlash istagida boʼlgan fuqarolar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Yaponiyaning "AOIKAI MEDICAL CORPORATION" tashkiloti oʼrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan “TOKUTEI GINO-MAXSUS MALAKALI ISHCHI dasturi” asosida HAMSHIRALIK PARVARISHI ishlariga nomzodlar taklif etiladi.

Ish o’rinlari:
* SHIFOXONALAR
* REABILITATSIYA MARKAZLARI
* QARIYALAR UYI

Nomzodlar uchun talablar:
1. Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi;
2. Yapon tilini bilish darajasi: JLPT N4-N3 yoki JFT-BASIC A2 sertifikati;
3. Parvarishlash koʼnikmalarini baholash testi(介護技能評価試験)sertifikati;
4. Parvarishlash sohasida yapon tilini baholash testi(介護日本語評価試験)sertifikati;
5. Jismonan sogʼlom va yuqumli kasallikka chalinmagan;
6. Qariyalar va bemorlarga gʼamxoʼrlik qilish qobiliyati;
7. Ish muddati 5 yilgacha.

Izoh: Yaponiyada ishlamoqchi boʼlgan, lekin yuqorida sertifikatlarga ega boʼlmagan nomzodlar AOIKAI UZBEKISTAN (Toshkent shahar Olmazor tumani Umid ko’chasi, 16-uy. Olmazor kasb-hunarga o‘qitish markazi) da tashkil etiladigan “YAPON TILI” hamda “MAXSUS MALAKANI BAHOLASH TESTI”ga tayyorlov kurslarida 6-8 oy davomida oʼqib, sertifikatlarni qoʼlga kiritishlari mumkin.

Bundan tashqari, 27, 28, 29, 30, 31-mart, 3-aprel kunlari soat 10:00-11:00 va 14:00-15:00 da “YAPONIYAGA ISH” va “TOKUTEI GINO-KAIGO” dasturi bo’yicha bo’lib o’tadigan taqdimotda nomzodlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil ma’lumot olishi mumkin.

@AOIKAI_UZ orqali ism, familiya va vaqtni yozib qo’ying.

Yaponiyadagi
oylik maosh – 242.500 yena (oyda 4 marta kechki smena haqi qoʼshilgan. 1 kechki smena 10.000 yena)

Ish vaqti: haftasiga 40 soat (qoʼshimcha ish soatlari uchun alohida oshirilgan miqdorda haq toʼlanadi)

Sertifikati bor fuqarolar ikki marta oʼtkaziladigan suhbat asosida Yaponiyaga ishga qabul qilinadi.

Ish beruvchi hisobidan:
- Yaponiyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
- Hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash.

Ro'yxatdan o'tish (maʼlumotlar lotin alifbosida kiritilishi zarur)

Batafsil maʼlumot olish → @AOIKAI_UZ

Murojaat uchun: +998 90 816-02-22, +998 71 202-33-55 (ichki raqam 66) yoki 1282 qisqa raqami.

Izoh: soʼralgan maʼlumotlarni toʼliq va belgilangan tartibda taqdim etmagan fuqarolar tanlovlarda ishtirok etolmaydi.

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали

Ташқи меҳнат миграция агентлигининг расмий канали
893 views14:13
Ochish/sharhlash
2023-03-30 17:13:48 Koreya Respublikasida ishlash istagida bo'lgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasi talabi asosida shartnomasi va SSV vizasi chiqqan fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi so‘raladi:

Narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma‘lumotnoma;

Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma‘lumotnoma;

OITS markazi hisobida turish yoki turmasligi to‘g‘risida ma‘lumotnoma;

Teri-tanosil kasalliklari dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma‘lumotnoma.

Hujjatlar elchixonaga jo‘natishdan oldin yagona yig‘ma papkada Agentlik markaziy apparatidagi mas‘ul xodimga taqdim qilinishi kerak. Hujjatlar fuqaro imzosi asosida qabul qilinadi.

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали

Ташқи меҳнат миграция агентлигининг расмий канали
830 views14:13
Ochish/sharhlash
2023-03-30 17:13:48
Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun tashkil etiladigan EPS-Topik test imtihonida ishtirok etish maqsadida 2023-yilning 6-9-fevral kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning ikkinchi guruhi uchun test imtihoni 10-apreldan keyin boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan EPS-Topik testi ishtirokchilari ro'yxati taqdim etilgandan so'ng, imtihon o'tkazish kunlarining aniq sanasi qo‘shimcha maʼlum qilinadi.

Eslatib o'tamiz, nomzodlarning birinchi guruhi uchun test imtihoni 14-martdan 7-aprelgacha bo‘lib o‘tmoqda.

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали

Ташқи меҳнат миграция агентлигининг расмий канали
806 views14:13
Ochish/sharhlash
2023-03-29 07:09:36
Xorijga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali ishga ketishning nimasi afzal?

"Sevimli" telekanalining "Yangi hayot" tok-shousida mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi

Tok-shouni tomosha qilish

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали

Ташқи меҳнат миграция агентлигининг расмий канали
844 views04:09
Ochish/sharhlash
2023-03-29 07:09:36
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan edi.

Mazkur dastur asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida start berilgan 10 oylik o‘quv kurslarida 40 nafar hamshira jalb etildi.

Nemis tilini o‘rganayotgan hamshiralarga loyiha mazmun-mohiyati, xorijga tashkiliy tarzda ketayotgan fuqarolarning majburiyatlari hamda chet elda ular olishi mumkin bo‘lgan huquqiy maslahatlar haqida maʼlumot berildi.

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали

Ташқи меҳнат миграция агентлигининг расмий канали
847 views04:09
Ochish/sharhlash
2023-03-23 08:47:37 Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Buyuk Britaniyaga ishga ketishda mavjud imkoniyatlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutaxassisi ishtirokida onlayn muloqot tashkil etildi.

Muloqotni to'liq tomosha qilish

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали

Ташқи меҳнат миграция агентлигининг расмий канали
704 views05:47
Ochish/sharhlash
2023-03-23 08:47:37 Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishlash uchun tanlovlarda ishtirok etish maqsadida 2023-yil 17-fevral kuni “Labor-migration” dasturiy majmuasidan Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar tanlovlarga taklif etiladi.

Fuqarolar doimiy yashash manzili bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etadi!

Tanlovlar vaqti va manzillari:

Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari nomzodlari uchun – Namangan shahar I.Karimov ko‘chasida joylashgan Namangan viloyati madaniyat markazi binosi.
Mo‘ljal: Yashil bozori ro‘parasi.
69 227-94-64, 69 227-97-27.

23-mart soat 10:00 dan 18:00 gacha
Andijon viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

24-mart soat 09:00 dan 14:00 gachaFarg'ona viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

24-mart soat 14:00 dan 20:00Namangan viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

Nomzodlardan tanlovga “Labor-migration” dasturiy majmuasidan ro‘yxatdan o‘tgani to‘g‘risidagi anketa, biometrik (yoki ID-karta) va xorijga chiqish pasportlari bilan kelish talab etiladi.

Manzil: lokatsiya

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали

Ташқи меҳнат миграция агентлигининг расмий канали
704 views05:47
Ochish/sharhlash