Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Kanaldagi mavzular:
Перевод
Нодавлат
Тезкор
Qabul
Магістратура
Статистика
All tags
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanaldagi mavzular:
Перевод
Нодавлат
Тезкор
Qabul
Магістратура
Статистика
All tags
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22.74K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: t.me/United_agentligi/43

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2023-04-28 17:21:41 Aytishlaricha, bir nech kun avval bosh vazir A.Aripov boshchiligida ta'lim sohasida rayosat yigilishi bo'lib o'tgan. Yig'ilishda bir nechta oliygoh rektorlari ishdan olinishi ta'kidlangan va jarayon boshlanibdi. P/S. Ayrim talabalar bayramni ham boshlab…
5.9K viewsedited  14:21
Ochish/sharhlash
2023-04-28 06:54:22 Aytishlaricha, bir nech kun avval bosh vazir A.Aripov boshchiligida ta'lim sohasida rayosat yigilishi bo'lib o'tgan. Yig'ilishda bir nechta oliygoh rektorlari ishdan olinishi ta'kidlangan va jarayon boshlanibdi.

P/S. Ayrim talabalar bayramni ham boshlab yuborishibdi :)

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.1K views03:54
Ochish/sharhlash
2023-04-26 19:48:46 Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.4K views16:48
Ochish/sharhlash
2023-04-21 15:41:02 Hech kim hayitlik bermadimi? - demak ulg‘ayibsiz

Kim qancha hayitlik yig’di?

@Talim_Live
3.8K viewsedited  12:41
Ochish/sharhlash
2023-04-20 22:05:41
Barchangizga Iyd al-Fitr — Muborak Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

Ulug' ayyom siz va yaqinlaringizning qalblariga iymon, umringiz va rizqingizga barakot olib kelsin!

@Talim_Live
4.8K views19:05
Ochish/sharhlash
2023-04-20 09:04:33 Prezident farmoni bilan 21-, 22-, 23- va 24-aprel dam olish kunlari deb e’lon qilindi.

@Talim_Live
4.6K viewsedited  06:04
Ochish/sharhlash
2023-04-20 08:43:13
Hayit namozi vaqtlari

Ertaga, 21-aprel juma kuni Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

Ramazon hayiti namozini viloyatlarda o‘qiladigan vaqtlari:

1. Andijon — 05:50
2. Buxoro — 06:20
3. Jizzax — 06:10
4. Navoiy — 06:20 
5. Namangan — 05:50
6. Samarqand — 06:20 
7. Sirdaryo — 06:00 
8. Surxondaryo — 06:15 
9. Toshkent viloyati — 06:00  
10. Toshkent shahri — 06:00
11. Farg‘ona — 05:50
12. Xorazm — 06:30
13. Qashqadaryo — 06:20
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 06:40

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
5.0K views05:43
Ochish/sharhlash
2023-04-20 07:55:26 RASMAN: RAMAZON HAYITI 21-APREL KUNI NISHONLANADI

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
4.8K viewsedited  04:55
Ochish/sharhlash
2023-04-19 12:01:16 Nodavlat va xorijiy oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish

Ushbu faylda o'qishni ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun turdosh va noturdosh yo'nalishlar ro'yxati bor. Bir guruhda bo'lsa turdosh har xil guruhlarda bo'lsa noturdosh bo'ladi.

Nodavlat oliygohlardan davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishni ikki xil usulda ko'chirish mumkin:

1) Imtihon asosida – mos va turdosh ta'lim yo'nalishlariga o'qishni ko'chira olasiz;
2) Imtihonsiz – noturdosh ta'lim yo'nalishlariga oshirilgan kontrakt asosida o'qishni ko'chirishingiz mumkin.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.2K views09:01
Ochish/sharhlash
2023-04-19 10:25:39
Qirg‘iz Respublikasida referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlandi

Bugun, 19-aprelda Qirg'iz Respublikasidagi yirik shaharlarda, xususan, Jalolobod shahrida referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari bo'lib o'tmoqda. Jarayonda O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Qirg'iz Respublikasidagi vakili Boburmirzo Abdusamadov bevosita qatnashmoqda

Fotolavhalar

anba:  @wayuuz

Xorijdagi talaba-yoshlar uchun yaratib berilgan imkoniyat uchun tashkilotchilarga jumladan, Boburmirzo Abdusamadovga kanalimiz ma'muriyati tomonidan alohida minnatdorchilik bildiramiz!

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.0K viewsedited  07:25
Ochish/sharhlash