Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.25K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-14 09:08:03 “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazishda quyidagilar taqiqlanadi:

turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazish;
yakuniy imtihonlarda, yangi o‘quv yiliga tayyorlanishda ota-onalardan pul yig‘ish;
bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish;
o‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borishi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
5.8K viewsedited  06:08
Ochish/sharhlash
2024-05-13 08:52:01 Mehnat qonunchiligi eng koʻp buzilayotgan sohalar roʻyxati eʼlon qilindi

Shu yilning yanvar-aprel oylarida:

Xalq taʼlim muassasalarida –5 612 ta;
Maktabgacha taʼlim muassasalarida – 2 173 ta; 
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida – 1 215 ta,
Qurilish tashkilotlarida – 266 ta; 
Qishloq xoʻjaligida – 452 ta mehnat qonunchiligining buzilish holatlari qayd etilgan.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.3K viewsedited  05:52
Ochish/sharhlash
2024-05-13 08:12:56
Osiyo Xalqaro Universitetida 2024-2025 o’quv yili uchun qabul boshlandi

Osiyo Xalqaro Universitetida qabul jarayonlari boshlandi. Yangi o'quv yilida universitetimiz abituriyent yoshlarga yanada keng tanlov imkoniyat va yangiliklarni tayyorlab qo'ygan. Endilikda oliygohda umumiy 20 ta bakalavr va 7 ta magistratura yo'nalishlari mavjud.

Bu esa kelajakda o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan va muvaffaqiyatli karyera qurishni rejalashtirga yoshlar uchun eng to'g'ri tanlovdir.

Ushbu muhim xabarni abituriyent yaqinlaringiz bilan ulashishni ham unutmang

Ro'yxatdan o'tish:
qabul.oxu.uz

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009

Litsenziya

Telegram | Instagram | Facebook
7.5K views05:12
Ochish/sharhlash
2024-05-11 10:36:11
Avval test, keyin tanlov — yangicha qabul haqida batafsil tushuntirish.

Avval test, keyin yoʻnalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada eʼlon qilinadi. Tayyor boʻlgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
9.1K viewsedited  07:36
Ochish/sharhlash
2024-05-10 08:40:26 "Tarix" ta'lim yo'nalishi qaysi OTMlarda bor va oʻtish ballari qanday?

Ushbu yoʻnalish kunduzgi ta'lim shakli, o'zbek tili boʻyicha 14 ta oliygoh mavjud.

1. Andijon davlat pedagogika instituti
Grant - 159.10 ball | Kontrakt - 125.00 ball

2. Buxoro davlat pedagogika instituti
Grant - 158.40 ball | Kontrakt - 128.20 ball

3. Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Grant - 156.90 ball | Kontrakt - 129.10 ball

4. Guliston davlat pedagogika instituti
Grant - 145.60 ball | Kontrakt - 113.50 ball

5. Jizzax davlat pedagogika universiteti
Grant - 154.70 ball | Kontrakt - 129.00 ball

6. Namangan davlat pedagogika instituti
Grant - 152.10 | Kontrakt -118.40 ball

7. Navoiy davlat pedagogika instituti
Grant - 157.40 ball | Kontrakt - 125.00 ball

8. Nukus davlat pedagogika instituti
Grant - 135.30 ball | Kontrakt - 118.40 ball

9. Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Grant - 155.00 ball | Kontrakt - 128.80 ball

10. Samarqand davlat universitetining O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Grant - 155.30 ball | Kontrakt - 129.10 ball

11. Samarqand davlat pedagogika instituti
Grant - 153.90 ball | Kontrakt - 120.20 ball

12. Termiz davlat pedagogika instituti
Grant - 152.10 ball | Kontrakt - 113.40 ball

13. Toshkent davlat pedagogika universiteti
Grant - 168.80 ball | Kontrakt - 145.70 ball

14. Urganch davlat pedagogika instituti
Grant - 139.00 ball | Kontrakt - 117.60 ball

Siz ham O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatjavobbot orqali bilishingiz mumkin!

Safimizga qo'shiling
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
7.7K views05:40
Ochish/sharhlash
2024-05-09 21:44:37
Testdan soʻng abituriyentga yoʻnalish tanlashga 10-15 kun vaqt beriladi

Avval test, keyin yoʻnalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada eʼlon qilinadi. Tayyor boʻlgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi.

Yoʻnalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt berilishi mumkin.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
5.5K viewsedited  18:44
Ochish/sharhlash
2024-05-09 14:18:25 Kontrakt narxlari oshishi kutilmoqda

Batafsil videoda: https://www.instagram.com/reel/C6vt_6LsEYT/?igsh=MTZxNXZ6eHhsbWlzeQ==
6.1K views11:18
Ochish/sharhlash
2024-05-08 13:05:56 Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi

Anjumanda shuningdek, oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Bunda:
abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich
ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.3K viewsedited  10:05
Ochish/sharhlash
2024-05-08 12:47:24 Sirtqi ta'lim shakli bosqichma-bosqich tugatiladi

Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

Safimizga qo'shiling
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
5.6K views09:47
Ochish/sharhlash
2024-05-08 12:39:39 Til sertifikati bo'yicha qandaydir yangilik bormi?

Ushbu savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri javob berdi:

Til sertifikati bo'yicha ko'p magistratura va doktorantura joylari bo'sh qoldi, filologik yo'nalishlariga C1 sertifikati talabi qoldirildi. Madaniyat, musiqa va san'at yo'nalishlaridan butunlay bu talab olib tashlandi. Qolgan yo'nalishlarga B1 sertifikati talabi qo'yilmoqda.

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
7.0K views09:39
Ochish/sharhlash