Abituriyent ro‘yxatdan o‘tgach telefon raqamini yo‘qotib qo‘ys | Ta'lim Live
Abituriyent ro‘yxatdan o‘tgach telefon raqamini yo‘qotib qo‘ysa, nima bo‘ladi?
Masalan, bugun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyent ertasiga telefon raqamini yo‘qotib qo‘ysa, unda u Bilimlarni baholash agentligining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishi kerak.
Uning abituriyent ekaniga ishongan agentlik xodimi telefon raqamini o‘zgartirib beradi. Bunday holatda abituriyentning o‘zi raqamni o‘zgartira olmaydi.
Lekin qabul boshlanishidan oldinroq agentlik saytida ro'yxatdan o'tgan raqami yo'qolsa, uning o'rniga yangi raqam bilan ro'yxatdan o'taversa bo'ladi.
Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda. Murojaat uchun: @TalimLiveBot. Tijoriy hamkorlik uchun: t.me/United_agentligi/43...