Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.76K
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
• Reklama va hamkorlik: @MenedjerUzb

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-01-27 06:02:29 Kuningizni kuch bilan boshlashingizga yordam beruvchi 5 ta yoqimli iqtibos:

Hayotdagi eng katta shon-shuhrat hech qachon yiqilmasligimizda emas, balki har yiqilganimizda qayta tura olishimizdadir. - Nelson Mandela

Boshlashning yo'li - gapirishni to'xtatib, harakat qilishni boshlashdir. - Uolt Disney

Sizning vaqtingiz cheklangan, shuning uchun uni boshqa birovning hayotiga sarflamang. Boshqa odamlarning fikrlash natijalari bilan yashash degan dogma tuzog'iga tushmang. - Stiv Jobs

Agar hayotni bashorat qilish mumkin bo'lsa, u hayot bo'lishni to'xtatar va lazzatsiz bo'lar edi. - Eleanor Ruzvelt

Agar siz o'z maqsadlaringizni kulgili darajada yuqori qo'ysangiz va u muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, shunda ham siz boshqalarning muvaffaqiyatidan ustun bo'lasiz. - Jeyms Kemeron

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
15.9K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-01-26 12:19:51
Talabalar o'zlariga qancha stipendiya to'langanini ko'rishi mumkin

Buning uchun STUDENT HEMIS platformasiga kirish va “Moliyaviy to‘lovlar” bo‘limidan “Stipendiya hisobini” tanlash kerak.

Ushbu bo‘limda joriy yilda to‘langan stipendiya ma’lumotlarini olish mumkin.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
16.8K views09:19
Ochish/sharhlash
2024-01-25 11:19:38 Rasman: Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi xorijda o‘qitiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan tibbiyot OTMning 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTM va markazlarda o‘qitiladi.

Bundan tashqari, qaror bilan:

tibbiyot OTMning bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan internatura tashkil etiladi;

tibbiyot yo‘nalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
16.3K views08:19
Ochish/sharhlash
2024-01-23 18:33:04 Energiyangizni o'g'irlaydigan 5 odat

1. Bittada ko'p narsalarni reja qilish

Kunlik reja tuzayotganingizda qilinishi kerak bo'lgan yumushlar 2tadan 6tagacha bo'lishi kerak. 6 tadan ko'proq bo'lsa, diqqatingiz bo'linadi. Ishlaringiz bajarilmay qoladi.

2. Hamma ishni oxirgi daqiqada qilish

Bu odat insonni shoshilishga undaydi. Shoshilgan inson ko'proq xato qilishga moil bo'ladi. Bundan tashqari, shoshilish - insonni stressga tushirib qo'yadi.

3. Boshingizdagi salbiy senariylarni o'ylash

Salbiy narsalar haqida o'ylash insonni tushkun holga olib keladi. Bu esa o'z navbatida samaradorlikni tushuradi.

4. O'zingizni boshqalar bilan solishtirish

O'zingizni boshqalar bilan solishtirish - o'zingizga bo'lgan ishonchni tushurib yuborishi mumkin.

Yodda saqlang, hammaning sharoiti har xil. O'zingizning sharoitingizdan kelib chiqib, qo'lingizdan kelgani barcha ishni qiling. Shuni o'zi kifoya.

5. Ijtimoiy tarmoqlarni tekshirib turish

Hozirgi vaqtda diqqatni chalg'ituvchi eng katta omillardan biri - bu ijtimoiy tarmoqlar. Kun mobaynida ularni tekshirib turish - vaqtingiz suvga oqizish bilan barobar.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
18.2K views15:33
Ochish/sharhlash
2024-01-23 18:02:15
Talabadan - talabalar uchun!

Hammaga salom! Mening ismim Muxlisa va men dunyoning eng nufuzli universitetlar qatoriga kiruvchi, Italiyaning Rim shahrida joylashgan, Sapienza universiteti magistratura talabasiman!

Agar siz ham chet elda o'qishni orzu qilsangiz, lekin qiyinchiliklardan qo'rqsangiz va qayerdan boshlashni bilmasangiz, men yordam berish uchun shu yerdaman!

Quyidagilarni taklif qilaman:

- mos universitet tanlash
- hujjatlarni topshirish
- jarayon davomida shaxsiy yordam
- hujjatlarni rasmiylashtirish

Mening tajribam:

- Stipendiya orqali bepul ta’lim
- Agentliklarsiz mustaqil qabul
- Yangi muhitga muvaffaqiyatli moslashish


Men bilan qanday bog'lanish mumkin:

1. Instagram sahifamga o'ting
2. Menga shaxsiy xabar yozing
3. Orzularingiz va savollaringiz bilan o'rtoqlashing!

DIQQAT, Talabalar!
Universitetlarga qabul boshlandi, hujjatlarni topshirish vaqti cheklangan!

Imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang! Birgalikda orzuingizdagi kelajakni yaratamiz!
13.0K views15:02
Ochish/sharhlash
2024-01-23 13:36:51

​ Eh talaba, talaba...

Qoʻlda eski diplomat,
Turar tikka sarvqomat,
Unga kulgani omad,
Eh talaba, talaba.

Yilda bir bor kiyinar,
Ozgʻinligi bilinar,
Domlalarga ilinar,
Eh talaba, talaba.

Toʻyib yemaydi ovqat,
Qoldi suyagi faqat,
Kun-u tun o‘qir “doklat”,
Eh talaba, talaba.

Imtixonga oz qoldi,
Boshga ne kunlar soldi,
Domla jonimiz oldi,
Eh talaba, talaba...

Yurar baho ololmay,
Choʻntakka pul sololmay,
Darslariga qololmay,
Eh talaba, talaba.

Yotoqxona manzili,
Charchab osilar tili,
Baʼzan oʻksinar dili,
Eh talaba, talaba.

Kitoblari hayoti,
Sessiyadir mamoti,
Kim ham eshitar dodi?
Eh talaba, talaba.

Uy qidirib sargardon,
Yoqtirgan soʻzi arzon,
Buzilgandir oshqozon,
Eh talaba , talaba,

Gemoglabin tushmoqda,
Boshidan xush uchmoqda,
Uni sinov quchmoqda,
Eh talaba, talaba.

Bizni kutar kelajak,
Kulib boqar gʻalaba.
Ilmimiz boʻlar tirgak,
Biz talaba, talaba.

Budir omad, bu oq yoʻl,
Boshimizdan yogʻsin doʻl,
Maqsadga beraylik qoʻl,
Biz talaba, talaba.

(Hazil sheʼr)

Davomi bor....

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
15.2K views10:36
Ochish/sharhlash
2024-01-23 12:51:57
Toshkent shahridagi IMC Academy hamda Buyuk Britaniyaning Pearson education bilan hamkorlikdagi BTEC foundation dasturi 2024- o'quv yili uchun qishki qabul boshladi!

2024-yilning fevral oyida Foundation darajasida oʻqishni boshlang, muvaffaqiyatli bitiruvchilar O'zbekistondagi xalqaro universitetlarda (MDIS, TMS va boshqalar), xorijiy universitetlar filiallarida, qo'shma ikki diplom dasturlarida, ( IMC Krems, LSE&UoL, Ural) yoki chet elda 2-kursga oʻtish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Afzal tomonlari:
Grant o‘rinlari;
Ingliz tilida ta'lim;
Xalqaro standartlar bo'yicha ta'lim;
Davlat OTMga o'qishni ko'chirish;
"Student exchange" dasturi orqali Yevropada o'qish;
Work & Travel;

Ta'lim yo'nalishlari:
Biznes boshqaruvi
Axborot texnologiyasi

Hujjatlar 8-fevralgacha qabul qilinadi!
(Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish bepul)

Kirish imtihonlari 10-fevral kuni soat 10:00 da bo'lib o'tadi.
(TDIU 2-bino 2-qavat IMC Academy)

Hujjat topshirish uchun havola

Murojaat uchun:
+998909950110 (telegram)
+998997618909 (telegram)

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko'chasi 49.
Rasmiy Telegram kanal
15.2K views09:51
Ochish/sharhlash
2024-01-23 06:02:03
Natijalarga erishing!

Eng katta motivator — ma’lum bir ishda taraqqiyotga erishishdir.

O‘z faoliyatingizga qanday baho berishingiz sizning oldinga intilishingizga va yutuqlaringizdan quvonishingizga bog‘liq. O'z erishayotgan yutuqlaringizdan xursand bo'lgan holda yangi maqsadlar qo'ying.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
15.3K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-01-22 15:00:09
DIPLOM - bu oddiy qog'oz emas...!

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
16.8K views12:00
Ochish/sharhlash
2024-01-22 13:31:18
Kelayotgan RAMAZON munosabati bilan online til kurslariga 30%lik CHEGIRMA!

Assalomu alaykum xurmatli ilmga ishtiyoqmand do'stim. Sizlarga «Al Andalus» jamoasi, kelayotgan yangi Ramazon oyini o'zgacha xolatda kutib olishingiz uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi.

15-30 yanvargacha
Arab tili
Koreys tili
Ingliz tili
Rus tili

Online kurslarini "Ramazon" promokodi orqali 30%lik chegirmada xarid qiling.

Kurs narxi: O'rtacha 200ming so'mni tashkil etadi.

«AL ANDALUS» - Arzon va Sifatli tarzda, Tajribali Ustozlardan Ilm Oling  va Maqsadlaringizga Biz Bilan Erishing!

Aloqa uchun
+998900441649
@Alandalus_admin

Online ro'xyatdan o'tish: https://forms.gle/BaV7825Dx27gMhtH7

Biz bilan dunyoning istalgan nuqtasida ta'lim oling.
16.7K views10:31
Ochish/sharhlash