Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.86K
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
• Reklama: t.me/tijoriy/116

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-01-23 06:02:03
Natijalarga erishing!

Eng katta motivator — ma’lum bir ishda taraqqiyotga erishishdir.

O‘z faoliyatingizga qanday baho berishingiz sizning oldinga intilishingizga va yutuqlaringizdan quvonishingizga bog‘liq. O'z erishayotgan yutuqlaringizdan xursand bo'lgan holda yangi maqsadlar qo'ying.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
15.3K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-01-22 15:00:09
DIPLOM - bu oddiy qog'oz emas...!

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
16.8K views12:00
Ochish/sharhlash
2024-01-22 13:31:18
Kelayotgan RAMAZON munosabati bilan online til kurslariga 30%lik CHEGIRMA!

Assalomu alaykum xurmatli ilmga ishtiyoqmand do'stim. Sizlarga «Al Andalus» jamoasi, kelayotgan yangi Ramazon oyini o'zgacha xolatda kutib olishingiz uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi.

15-30 yanvargacha
Arab tili
Koreys tili
Ingliz tili
Rus tili

Online kurslarini "Ramazon" promokodi orqali 30%lik chegirmada xarid qiling.

Kurs narxi: O'rtacha 200ming so'mni tashkil etadi.

«AL ANDALUS» - Arzon va Sifatli tarzda, Tajribali Ustozlardan Ilm Oling  va Maqsadlaringizga Biz Bilan Erishing!

Aloqa uchun
+998900441649
@Alandalus_admin

Online ro'xyatdan o'tish: https://forms.gle/BaV7825Dx27gMhtH7

Biz bilan dunyoning istalgan nuqtasida ta'lim oling.
16.7K views10:31
Ochish/sharhlash
2024-01-22 08:07:15
Yaxshi o‘zlashtirishga xalaqit beradigan yomon odatlarni bilasizmi?

Ularni topib jamlashga harakat qildik. Ko‘ring, agar sizda qaysidirlari bo‘lsa, ularni tuzatishga harakat qilishingiz mumkin.

Chalg‘itadigan narsalarning bo‘lishi. Telefonni hadeb tekshirib ko‘rish, televizorni bir yoqib ko‘rish kabi odatlar o‘qishga xalaqit beradi.

Kechiktirish. O‘zlashtirish uchun zarur ma’lumotlarni keyinroq o‘rganarman deb qoldirib qo‘yish va oz qolganda ularning hammasini o‘zlashtirib olaman deb o‘ylash. Buning imkoni kamligini, bo‘lsa ham, samaradorlikka ta’sir qilishini bilamiz.

Vaqtni taqsimlashga e’tibor qaratmaslik. Qaysi payt nimani o‘rganish, unga qancha vaqt ajratishni to‘g‘ri rejalashtirmaslik betartiblikka, betartiblik esa yaxshi o‘qiy olmaslikka sabab bo‘lishi mumkin.

Juda tez o‘qish. Matnlarni o‘qiyotganda o‘qish tezligini haddan oshirib yuborish eslab qolish va ma’noni tushunishga xalaqit berishi mumkin.

Murakkab bo'limlarni o‘zlashtirishdan qochish. Qaysidir mavzu sizga qiyinlik qilsa, uni tashlab ketish osonrog‘ini o‘qish yechim emas. Bu umumuy fanni tushunmay qolishga, imtihon vaqtida shu mavzudan tushadigan savollarni yecha olmay qolishga sabab bo‘lishi mumkin.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
17.7K views05:07
Ochish/sharhlash
2024-01-21 17:38:43
Startap loyihalar diplom ishi o‘rniga o‘tadi

Prezident qaroriga ko‘ra, shu yildan boshlab talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi yoki ratsionalizatorlik ishi diplom ishi, magistrlik dissertasiyasi sifatida himoya qilinadigan bo‘ldi.

Bu degani agar talabada biror startap loyiha bo‘lsa, yana o‘tirib 60 betlab diplom yozishi shartmas. Xullas, bilimni gapda emas, amalda ko‘rsatsa, ballini olib ketaveradi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
19.4K views14:38
Ochish/sharhlash
2024-01-21 06:01:23
Xotirjamlikka eltuvchi sabablarni o'zingizga aytib turing

Qalb xotirjamligim hech kim buza olmaydigan darajada kuchli bo‘ladi.

Yo‘limda uchragan har bir kishiga sog‘lik, baxt va mufaqqiyat tilayman.

︎ Har bir do‘stimni uning qandaydir iste’dodi borligiga ishontiraman.

︎ Har qanday vaziyatning faqat yaxshi tomonini ko‘raman va har bir niyatim amalga oshishi uchun harakat qilaman.

︎ Faqat yaxshi narsalarni o‘ylayman, faqat yaxshi narsalar yarataman va faqat yaxshi narsalarni kutaman.

Boshqalarning yutug‘idan xuddi o‘z yutug‘imdek quvonaman.

︎ O‘tmishdagi xatolarni unutib diqqatimni kelajakdagi yutuqlarga qarataman.

Doim ochiq chehra bilan yurib har bir kishiga tabassum ulashaman.

︎ Xavotirlanmaslik uchun xotirjam, g‘azablanmaslik uchun kechirimli, qo‘rqmaslik uchun kuchli bo‘laman va muammolar yuzaga kelmaydigan darajada baxtli yashayman.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
16.3K views03:01
Ochish/sharhlash
2024-01-20 17:09:34
Bitiruvchi talaba yakuniy attestatsiyani qanday topshirishni o'zi tanlaydi

Amaldagi tartibga ko‘ra, yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagilardan biri ko'rinishida topshirilishi mumkin.

Majburiy fanlardan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi;

Diplom loyihasi himoyasi;

Bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.

Bularning qay birini tanlash bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va ta’lim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
17.2K views14:09
Ochish/sharhlash
2024-01-20 06:01:15
Kundalik hayotingizdan pozitiv energiya olib xursand boʻlish sirlari

Har kuni kun davomida boʻlib oʻtgan ijobiy narsalarni, voqealarni eslab yozib qoʻying.

Sovuq xabarlardan (TVda , internetda urush, zoʻravonlik, tabiiy ofatlar, qisqasi koʻngil choʻktiruvchi) uzoqroq yuring!

Faqat yaxshi xabarlar oʻqishga, tinglashga intiling! 

Hayotdan noliydigan, giybatchi, noshukur insonlar bilan kamroq iloji boʻlsa umuman gaplashmang!

Hayotingizdagi har bir qiyinchilikka kulib, dars, saboq deb qabul qiling. Har bir ishda hikmat bor.

Hayotga kulib boqing! Oʻz-oʻzidan yoʻllaringiz ochilib ishlaringiz yurishib ketganini sezmay qolasiz!



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
17.2K views03:01
Ochish/sharhlash
2024-01-18 06:51:52
Kitob o‘qish bilan qanday foyda ko‘rsa bo‘ladi?

Qimmatli bilimlarga ega bo‘lish;

Miyani mashq qildirish;

Diqqat jamlash qobiliyatini yaxshilash;

Xotirani yaxshilash;

Rohatlanish;

Boshqalarni tushunish qobiliyatini shakllantirish;

Muloqot ko‘nikmasini yaxshilash;

Stressni kamaytirish;

Aqliy salomatlikni yaxshilash;

Uzoqroq yashash mumkin.

Siz ham kitob o‘qiysizmi? Agar o‘qimayotgan bo‘lsangiz, bu foydalardan bebahra qolmaslik uchun o‘qing.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
15.6K views03:51
Ochish/sharhlash
2024-01-17 18:45:50 Hozirgacha olingan milliy sertifikatlar ham o‘zgaradimi?

Endi milliy sertifikat imtihonida talabgorlar uchun maksimal ball — 75 ball bo'ladi va undan 65 ball (86 foiz) olganlarga kirish imtihonida maksimal ball beriladi.

Qonun hujjatlarida ortga qaytish mumkin emasligi sababli, oldingi sertifikatlar A va A+ kabi darajalanmagani uchun bu talab oldingi sertifikatlarga amal qilmaydi.

Rash modeli joriy etilgungacha bo‘lgan olingan sertifikatlar to amal qilish muddati tugaguncha o‘z kuchida qoladi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
15.9K views15:45
Ochish/sharhlash