Get Mystery Box with random crypto!

-Jilovni òzinga tort,- Johan hovliqqancha baqirdi. Emili jilov | 𝘌𝘻𝘨𝘶𝘭𝘪𝘬 𝘍𝘢𝘳𝘪𝘴𝘩𝘵𝘢𝘴𝘪♥︎

-Jilovni òzinga tort,- Johan hovliqqancha baqirdi. Emili jilovni òziga tortishi bilan ot keskin tòxtadi. Muvozanatni yòqotgan Emili endi yiqilay deganda kuchli qòllar uni tutib qoldi. Ammo qòllar egasining ham oyoģi toyib ikkalasi ham yerga yiqildi.
-Qutqarishni ham boplading,- òziga kelgan Emili sochlaridagi changni qoqish barobarida dedi,- Ammo menga juda yoqdi. Kel, yana bir bor qaytaramiz.
-Bu yomon fikr,- Johan yerda yotgancha ochiq osmondan kòz uzmay hansiragancha dedi.
-Haa... barbir tentak sarkardaliginga borasanda. Sendan yaxshi qutqaruvchi chiqmas ekan.
-Mazah qilma. Oyoģim toyib ketishi tasodif edi,- sarkarda qizga zimdan nigoh tashlab qòydi.
-Halaqit qilmadimmi?
Johan zardali ohangda chiqqan gap sabab òrnidan otilib turdi. Emili bamaylihotir kòylagini qoqarkan, jahldan yuzi qizargan shahzodani kòrib kulib yuborishdan òzini tiydi. Emili avval uni sarkardaga yeb qòygudek qaraganini hech kòrmagandi.
-Shahzodam... Haligi... ot minishni òrgatayotgandim...- dedi Johan tutilgancha.
-Ot minishni òrgatayapsanmi yoki undan yiqilishni?
-Tentak sarkarda tòģri gapirayapti,- Emili Johanni havotirli nigohini kòrgach vaziyatni yumshatishga qaror qildi,- Ot minishni òrganmasam qanday ketamiz?
-Òrganishing shart emas. Bitta otda ketamiz,- Gregor qizni qòlidan ushlab sudragudek olib ketdi.
-Bir otda?- Emili unga hayrat va alam bilan qaradi,- Otni beli sinmaydimi ishqilib?
Gregor javob berish òrniga boyagi otga chiqib oldi. Sòng qizni bir urinishda oldiga oldi. Shu zahoti askar yigit egarni ortiga qandaydir yukxaltani ilib qòydi.
-Mahkam ushlab òtir,- Gregor qizni ikki tomonidan qòl òtkazib egarni ushladi,- Men yiqilsang yordam bermayman.
-Qanday oliyjanobsan,- Emili unga ģazab bilan qarab qòydi. Sòng ularni kuzatib turgan Johanga kòzi tushgach jilmaydi,- Xayr, tentak sarkarda. Qaytib kelmasam mendan rozi bòl...
Gregor kòzlarini yuqoriga qaratib ensasini qotirib qòydida otni katta tezlikda choptirib ketdi. Johan qizni gapidan kulgancha ularni ortidan kuzatib qoldi. Hayol surib qolgan sakardaning yuzini asta-sekin ģamginlik qopladi. U chuqur hòrsinib qòydida, ortga burilgancha saroyga qaytib ketdi...

-Bu boshqa vampir shahzodaning hududiku,- Emili chegarani bildiruvchi belgining ikkisi ham qizil rangdaligini kòrib dedi,- Men u yerga òtmayman. Bitta vampir uchrasa bas, meni òldiradi.
-Qòrqma, yoningda men bormanku,- Gregor qizni yelkasiga iyagini qòyib pichirladi.
-Ha, ammo ularni shahzodasi boshqa! Senga bòysunishlari amrimahol.
-Ularni shahzodasi meni dòstim.
-Dòstim?- Emili yuzini burishtirdi,- Fuu... bu òsha olifta Karlni hududimi? Ikki dunyoda u yerga qadam bosmayman.
-Seni qiynaganimga u aybdor bòlgani uchunmi?- shahzoda past tònda qizni quloģiga shivirladi,- Yoki sen bilan tun òtkazmoqchi bòlgani uchunmi?
-Nega bu yerga keldik òzi?- Emili òsha voqeani eslarkan norozi ohangda dedi.
-Hozircha aytmayman.
-Shoshmachi... uni hududi uzoqda emasmidi?
-Yòq... Mayli senga osonroq yòl bilan tushuntiraman. Bitta tòrtburchakni tasavvur qil. Uni teng yarimga bòlganda meni hududim shu tòrtburchakni yarmiga tòģri keladi. Qolgan yarimni ham ikkiga bòlib olamiz... Bu hududlarni biri shahzoda Karlga, ikkinchisi esa bòritus shahzoda Ronanga tegishli.
-Demak seni hududing eng kattasimi?
-Shu ikkala shahzoda bilan solishtirganda ha. Ammo oldin teng edi. Shu tòrtburchak tòrtta shaxsga tegishli edi. Ammo qirollik meni qòlimga òtgach menga qarshi chiqqan bòritus shahzoda hududini bosib olganman.
-Eshitgandekman...- Emili yuzini burishtirdi,- Sen haqingda kòp narsalarni eshitganmiz. Kechasi bolalar uxlamasa senga berib yuborishni aytib qòrqitib uxlatardik.
-Nima?- Gregor piqillab kulib yuborgan Emiliga hayron qaradi. Uni tòxtamay kulishini zimdan kuzatarkan òzini yuziga ham tabassum yugurdi,- Yaxshu usul. Meni ismimni aytib katta kishiga ham uxlashni buyursang uxlaydi.
-Bunaqasini uchratmaganman lekin...
Emili yana biroz kularkan Gregor ot jilovini silkitdi. Ot shahzoda Karl hududiga kirishi bilan Emilini yuzidagi kulgu òrnini havotir egalladi.