Get Mystery Box with random crypto!

#Ziddiyat 34-qism Sayohat O'rta asrlar. Saroy hovlisi. -Qay | 𝘌𝘻𝘨𝘶𝘭𝘪𝘬 𝘍𝘢𝘳𝘪𝘴𝘩𝘵𝘢𝘴𝘪♥︎

#Ziddiyat
34-qism
Sayohat


O'rta asrlar. Saroy hovlisi.

-Qayerga ketayotganimizni endi aytarsan?- kiyib olgan sariqrang kòylagining oģirligidan bazòr yurayotgan Emili oldida ketayotgan shahzodaga tònģilladi,- Uzoq emasmi? Bu kòylakda yurishni òzi bòlmayaptiku?!
-Istasang ortga qaytib yana meni kiyimimni kiyib chiqishing mumkin,- Gregor labi chetida kulib qòydi,- Saroydagilardan uyalaman deyishga haqqing yòq. Shundoģam deyarli hamma hizmatchi ayol seni meni kiyimimda kòribdi. Kechadan beri hammani oģzida shu gap.
-Nima qilibdi? Qandaydir muammo bormi?- Emili shahzoda bu gaplardan uyalayapti deb òyladi. Ammo yigitning yuz ifodasi buni umuman teskarisini bildirardi.
-Yòq, albatta. Shunchaki maslahat berayapman.
-Sen gapni olib qochishga urinayapsan. Ayt, qayerga boramiz?
-Borganda bilasan,- Gregor otxona oldida tòxtab qiz tomon ògrildi,- Istagan otingni tanlab tur. Men shungacha sayohat uchun kerakli narsalarni tayyorlashni buyuraman. Yana bitiradigan bir nechta ishim bor.
-Nima meni otxona oldida qòrqmay yolģiz tashlab ketmoqchimisan?- Emili miyiģida kulib qòydi. U hozirda otlar orqali osongina qochishi mumkinligiga shama qilgan edi.
-Yòq, ahmoq emasman axir. Johan senga kòz-quloq bòladi. Aqlli qiz bòlib undan bir qadam ham uzoqlashma.
Emili bir òzidan uzoqlashayotgan Gregorga, bir ortida turgan sarkardaga qarab ensasini qotirib qòydi. Sòng istamaygina otxonaga kirib otlarni kòzdan kechira boshladi.
-Nega baqrayib turibsan? Nima yuzimga doģ tushibdimi?- Emili sarkarda Johanga norozi qarab qòydi.
-Yòq, shunchaki hayron bòlayapman. Shahzodani qanday òzgartira olganing qiziq. U doimo jiddiy yuradigan yigit edi, hozir esa seni yoningda yuzidan kulgu arimaydi. Nima balo uni sehrlab oldingmi?
-Jodugarga òxshaymanmi?- Emili beparvo ot tanlashda davom etdi.
-Aslida... ha!
-Juda kulguli,- qiz uni gapiga etibor bermay òzi tanlagan jigarrang otni silashga tushdi,- Unda boshidan seni ham sehrlab olgan bòlardim. Òzingda ham shahzodadek alomatlar sezmayapsanmi?
Emili javob bermay òziga tikilib turgan sarkardaga bir nigoh tashlab qòydi.
-Yòqmi? Demak men jodugar emasman... shu otni tanladim.
-Qizlarga oq ot yoqadi deb òylardim,- Johan tomoq qirib olib, hayoliga kelgan ilk gapni aytdi.
-Oq otni shahzoda va malikalarga chiqargan. Menga shu chiroylisi yoqayapti!- Emili ot boģlangan arqonni yechishga kirishib ketdi.
-Kel, yordamlashib yuboraman,- Johan osongina arqonni yechib otni tashqariga chiqarib berdi,- Minishni bilasanmi?
Emili kulib yubormaslik uchun labini tishlagancha sarkardaga qaradi. Sòng sekingina yelka qisib qòydi.
-Bilmaysanmi?- dedi Johan hayrat ohangida.
-Seningcha bizni kichkina qishloģimizda otga ehtiyoj bòlganmi? Otlar uzoq masofaga eltish uchun kerak. Bizni esa òz hududimizdan chiqishga ham haddimiz siģmasdi.
-Tushunaman,- Johan qizni asabiga tegish uchun miyiģida kulib qòydi. Kutganidek Emilini yuzida jahl alomatlari paydo bòldi.
-Kuydirgan kalladek tirjayguncha otga chiqishga yordamlashib yubor,- Emili ģazabini bosib otni jilovidan tutdida, Johanga yuzlandi,- Nima karmisan? Kòtar deyapman!
-A? Ha... hozir...- sarkarda biroz dovdirab qizni osongina qòlida kòtardida, egarga qòydi.
-Hòsh... endi buni qanday boshqarishni òrgat,- Emili jilovdan ushlab yigitga savol nazari bilan qaradi.
-Juda oson. Jilovni qaysi tomonga tortsang ot òsha tomonga harakatlanadi.
-Yiqilib tushsamchi?
-Bu òzingni mahkam òtirishinga boģliq. Buni senga òrgata olmayman.
-Yiqilsam, ot tagida qolib òlmayman deb umid qilaman,- Emili ģulduragancha jilovni silkitdi. Kutganidek ot oldinga harakatlandi. Sarkarda aytgandek uni jilovdan boshqarib turar ekan, ot tobora tezlikni oshirib, otxona atrofida gir aylanardi.
-Juda soz. Ancha oson òrganding,- sarkarda qiz eshitishi uchun ovozini balandlatib gapirdi.
-Haaa shunday... faqat bir muammo bor...- Emilini yuzini birdan havotir egalladi,- Buni qanday tòxtatadi?