Get Mystery Box with random crypto!

-Ishqilib oxiri bahayir bòlsin... Bilib qòy, bir tola sochimga | 𝘌𝘻𝘨𝘶𝘭𝘪𝘬 𝘍𝘢𝘳𝘪𝘴𝘩𝘵𝘢𝘴𝘪♥︎

-Ishqilib oxiri bahayir bòlsin... Bilib qòy, bir tola sochimga ham ziyon yetsa sen aybdor bòlasan.
-Qòrqma. Karl mendek ehtiyotkor emas. Masalan meni hududimdan bildirmay òtishni iloji yòq. Ammo Karlni òrmonlarida bitta qòriqchi askarni uchratish ham amrimahol. U shunaqa, òz kuchiga ishongan xilidan.
-Bilaman. Qishloqda yashasam ham ikki dòst haqida juda kòp eshitganman. Sen boysan, u bòlsa kuchli.
-U jang strategiyasi bòyicha ustuvorligi rost. Ammo meni hizmatimda jang qilishda mohir bòlgan Johan bor.
-Ammo Johan sen emassan. Karl bilan birlashsangiz istasangiz dunyoni bosib olishinglar ham mumkin. Boylik va kuch bir yerga yiģilsa...
-Bilaman, buni kòp muhokama qilganmiz. Buni istagan taqdirimizda ham seni turdoshlaring bunga ikki dunyoda ham yòl qòyishmaydi. Vampirlarni bòysundira olsak ham, bòritusdek bosh egmas xalqqa qarshi chiqish oson emas. Buni kòpchilik tushunmasada biz yaxshi faxmlaymiz.
-Maqtov uchun rahmat,- Emili mamnun jilmayib qòydi.
-Bitta bòritus qiz nimayam qila olardi?- Gregor kuldi.
-Òsha bòritus qiz ikkala vaxshiy shahzoda qòlidan ham tirik chiqdi. Yana ularni hududida bemalol harakat qilayapti. Yo xudoyim...- Emili yuziga soxta hayratlangandek qiyofa berdi,- Bittagina bòritus qiz ikkala shahzodani ham yenggan bòlsa-ya?! Yana hech qanday qurolsiz!
-Nima?- Gregor òzini tutib tura olmay kulib yubordi. Qancha qarshi gap aytishni istasada Emilining gaplari rostligini bilardi. Chindan oddiygina bòritus qiz qay manoda ikkala shahzodani ham "yenggan" edi.
-Kulma, bu haqiqat. Karl boshqa gap, ammo seni qòlingdan qanday tirik chiqqanimga hayronman. Òzim-òzimga qoyil qolib ketayapman.
-Menimcha biz yetib keldik,- Gregor kulgudan òzini bazòr tiyarkan, otni tòxtatdi. Qiziqish bilan atrofga qaragan Emili chiroyli manzara guvohi bòldi. Bu òzi borishni istagan, ammo vampirlar hududida joylashganligi sabab bora olmagan sharshara ekanligini kòrgach hayratdan kòzlari katta-katta ochildi...

#Angel