Get Mystery Box with random crypto!

-Dilimni oģritayapsan,- Karl soxta araz qilgandek yuzini buris | 𝘌𝘻𝘨𝘶𝘭𝘪𝘬 𝘍𝘢𝘳𝘪𝘴𝘩𝘵𝘢𝘴𝘪♥︎

-Dilimni oģritayapsan,- Karl soxta araz qilgandek yuzini burishtirdi. Ammo qizni norozi nigohiga duch kelgach yana "bezbetlik rejemi"ni yoqib oldi,- Mayli hazillashdim. Sen avvaldan meni mafia boshliģiga òxshatganding... demak "kòcha bezorisi" jumlasini achchiqlanganing uchungina aytayapsan.
-Kayfiyating òzgarib qolibdimi?- qiz Karlni jilmayib turgani asabini buzgani uchun balandroq ovozda sòradi,- Boyagina hududingda qoidabuzarlar yurgani uchun jahling chiqayotgandi.
-Bu muammoni ertaga hal qilaman. Qamalda payti ular hech kimga ziyon yetkaza olishmaydi.
-Qamal?
-Qamal - bu biror shaxsni òz hududidan chiqishiga yòl qòymaslik desa ham bòladi. Ularni uyi uncha uzoq emas. Òrmonga biroz yaqin, kimsasiz. Meni uyimni orqa tomonidan tòģri ketaversang chiqasan. Bularni nega senga aytayotganimni tushunayapsanmi? Men muammoni hal qilgunimcha aslo òsha tomonga òta kòrma. Tòģri, u yerga odamlarimni joylashtirganman. Ammo ular òsha hududga kimdir kirmasligini emas, chiqmasligini taminlashadi. Gaplarimni tushundingmi?
-Nimalar deb valdirayapsan? Nima men qonxòr vampirlar oldiga boradigan darajada ahmoqqa òxshaymanmi?
-Har ehtimolga qarshi aytayapman, zaxar xonim. Chaqib olmasang turolmaysan-a?!
-Bilarkansan, endi jim òtir,- Miya past ovozda shivirlab òqituvchiga qarab oldi. Karl qancha suhbatga tortishga urinmasin unga qiyo ham boqmadi. Darslar tugagach ham bir oģiz gapirmadi. Faqatgina tashqariga chiqqanda Karl uni òz mashinasi tomon sudragachgina zaxrini sochishda davom etdi.
-Bir kun òsha meni bandi qilgan uyinga òt qòyib yuboraman. Sen tovuq miyya esa meni bandi qilganinga pushaymon bòlasan.
-Bilsang, meni uylarim serob. Bittasi bilan kamayib qolmayman,- Karl qizga mashinani eshigini ochib berish barobarida dedi.
-Tòģrikuya, ammo men portlatgan uy ichida sen ham bòlasanda,- Miya havsala bilan mashinaga òtirdi,- Keyin kamayib qolishing tayin.
-Tahdid degin?- Karl kulgancha ruldan joy oldi,- Meni uyimni yigirmaga yaqin qòriqchi qòriqlaydi. Yana hammasi vampir. Seni qòlingdan hech narsa kelmaydi.
Miya nimadir demoqchi bòldi-yu, yigitni gapi haqiqatga yaqinligi bois hech qanday gap topa olmay qoldi. U kamdan-kam qarshi gap topa olmaydi. Va bu holat uni yaxshigina asabiylashtiradi. Huddi hozirgidek.
Miya bundan buyoģiga nimadir deyishni lozim topmadi. Hatto kech tushguniga qadar xonasida òtirdi. Buni sababi araz emas, asabiylikdan edi. Asira bòlish kimga yoqsa ham, Miyaga umuman hush kelmaydi. Hozirda u Karl oldida bir poģona past bòlib qolgani uchun ham yaxshigina jahli chiqardi. Yòq, u ģururini ikki dunyoda ham oyoqosti qildirib qòymaydi. Òlsa òladiki, bu uyda ortiq qolmaydi.
Miya hovliga sezdirmasdan chiqar ekan tòlin oy nurlari kòzini qamashtirgani bois yuzini tòsdi. Kòzi biroz òrganishgach tòlin oyga tik boqdi. Tanasida qandaydir energiya harakatlangandek tuyilgani bois Miya bir titrab oldi. Òzini tezda qòlga olib darvoza tomon harakatlandi.
Karl muhim ish bilan ketganligi bois u hech narsadan qòrqmasdi. Chunki uyda undan boshqa qudratli vampir yòq.
-Tòxta!- Miya endi darvozaga qòl uzatganida kutganidek uni qòriqchilar òrab olishdi,- Shahzoda seni tashqariga chiqarmaslikni tayinlagan.
-Buyruq òzgardi,- Miya mamnun jilmayib qòriqchilarni ongini egallashga harakat qila boshladi,- Endi menga bòysunasizlar.
U bu ish oson kechishini umuman kutmagandi. Ammo qarshisida tiz chòkkan qòriqchilar uni hayratlanishiga sabab bòldi. Nega bu ish oson kechdi? Balki bunga kònikmasi oshganligi sababdir? Yoki Miya chindan bugun òzini òzgacha kuchga tòlgandek his qilayaptimi? Yòq, bugun emas aynan hozir shunday bòlayapti...
-Qanaqasiga...- Miya hayrat bilan pichirladi. Ammo huddi nimanidir payqagandek tòlin oyga qaradi. Yuragida oz bòlsada qòrquv sezib tashqariga yònaldi. Uydan juda uzoqlashar ekan hamon òziga kela olmasdi. Ammo shu holatda ham ortidan kimlardir kuzatib kelayotganini yaxshi payqadi.
-Kimsizlar?- Miya joyida taqqa tòxtar ekan ortiga ògrilmagan holatda sòradi. Qadam tovushlari tòxtagachgina ògrilib taqibchilarga yuzlandi.