Get Mystery Box with random crypto!

#Ziddiyat 33-qism G'azab Hozirgi kun. Kollej. -Men tush kò | 𝘌𝘻𝘨𝘶𝘭𝘪𝘬 𝘍𝘢𝘳𝘪𝘴𝘩𝘵𝘢𝘴𝘪♥︎

#Ziddiyat
33-qism
G'azab


Hozirgi kun. Kollej.

-Men tush kòrayapmanmi? Yoki sen chindan Karl bilan birgamisan?- Yeva Miya va Karl bir mashinadan tushganidan beri òziga kelmay tinmay dugonasini savolga tutardi. Afsuski undan tuzukroq javob ham ololmasdi,- Ikki soatdan buyon devorga gapirayapmanmi?
-Meni tinch qòy, Yeva. Shuncha vaqt deganda dugonamni uchratsam-u, u quloģim tagida pashshadek vizzillasa yomon alam qilarkan,- Miya partasiga bosh qòygancha kòzlarini yumdi. Hammani unga baqrayib qarashi yetmagandek, dugonasi uni savollarga kòmgach u batamom holdan toydi. Bu holat Miyaga umuman yoqmayotgandi, holbuki uni òziga òz muammolari ham yetib turgandi.
-Savollarimni hech bòlmasa bittasiga javob...
-Yòq!- Miya birdan baqirib boshini kòtardi,- Hamma savoling òsha Karl bilan boģliq. Javobim esa YÒQ. Nahot unga òxshagan òziga bino qòygan odamni sevib qolishimga ishonsang?- Miya odam jumlasiga òzgacha urģu berib òtdi. Ammo buni asl sababini faqat òzigina tushundi.
-Bilmadim...- dugonasi baqirishini kutmagan Yeva mujmal javob berdi,- Senga qaysi toifa yigitlar yoqishini tahmin ham qila olmayman.
-Eh, Yevaginam... hafa bòlma. Shunchaki qizishib ketdim. Karl va men... boshqa-boshqa dunyolarmiz. Xarakterlarimiz ham har xil. Bizni birga bòlishimizni tasavvur ham qilib bòlmaydi.
-Nima uchun?
-U... boshqacha...- Miya uni vampir ekanligini eslab oldi,- Men ham butkul boshqachaman... Yana u mansabdor oiladan... Men esa oddiy qizman... Yòq, kimni aldayapman? Gap bunda ham emas. Men òzimni emas, aksincha uni òzimga teng kòrmayapman. Qayerdagi vaxshiy bilan munosabat òrnatishni istamayman...
-Bittayam gapinga tushunmagan bòlsamda dòst sifatida qaroringni maqullayman. Òsha Karl chindan òziga bino qòygan olifta,- Yeva sochini tòģirlab qòyish barobarida dedi.
-Bun gapni u seni rad etgani uchun aytmayapsan deb hisoblaymiz,- Miya mavzuni yopishga qaror qildi,- Aytgancha yòqligimda hech gap bòlmadimi?
-Deyarli yòq. Shunchaki sevgisidan ajrab qolgan Reychl seni yomonlab tinmay jiģimga tegdi. U haliyam alamzada. Kòrinishidan qandaydir reja tuzib yurganga òxshaydi. Ehtiyot bòlishing kerak...
-Havotir olma, òzimni himoyalashni bilaman,- Miya oz bòlsada boshqarishni òrganib olgan qobiliyatini yodga oldi. Hali buni himoyasi zaifroq vampir va oddiy odamlarda qòllab kòrgan bòlsada negadir katta havf kelganda ham òzini himoyalay olishiga ishonayapti.
-Oxo, kimlar kelibdi?- xonaga kesatiqli gap aytgancha kirib kelgan Reychl Miyani yuzi burishishiga sabab bòldi,- Biz seni odamlarni hislari bilan òynashishdan charchab qochib ketdi deb òylagandik. Qaysi yuz bilan qaytib kelganinga juda qiziqayapman.
-Aksincha men nega haliyam shu yerdaliginga hayronman,- Miya qòllarini chalishtirgancha qizga labi chetida kulib qaradi,- Sen kabi rad etilganimda men chiday olmay boshqa kollejga òtardim. Sen esa hamon shu yerdasan. Holbuki òsha payt seni ģururing yer bilan bitta bòlgandi.
-Tilingni tiy,- Reychl Miyanj partasiga qòlini qattiq urgancha jiddiy qiyofada qaradi,- Yòqsa shunday qilamanki sen nafaqat tilingni tiyasan, balki òsha osmonga teng ģururing bilan kollejdan "gum" bòlasan.
-Juda qòrqib ketdim,- Miya yuziga huddi qòrqqan odamdek tus berib, qattiq kulib yubordi,- Qiziq, qòlingdan nima kelarkin?
-Yaqinda kòrasan.
Qònģiroq ovozi qizlar suhbatini yakunladi. Reychl mamnun kulgancha òz joyini egalladi. Xonaga kirib kelgan Karl ikkilanmay Miyani yonidan joy olgani qizning qoshlari chimirilishiga sabab bòldi.
-Men hech kimni yonimga taklif qilmagandim,- dedi Miya norozi ohangda.
-Men ham taklifnoma olmadim. Qòrqma, yeb qòymayman. Shunchaki dars davomida sen bilan gaplashib òtirmoqchiman. Òzing yoddan bilgan narsalaringni qayta òrganish qanchalar zerikarli ekanligini bilasanmi? Sen bilan esa odam tugul, vampir ham zerikmaydi.
-Yoddan bilgan narsalar? Sen umuman oliy malumotli yigitga òxshamaysan. Seni kòproq kòcha bezorilariga òxshataman.