Get Mystery Box with random crypto!

-Demak Karl bilan birga yashayotgan ekansanda? Miya qarshisi | 𝘌𝘻𝘨𝘶𝘭𝘪𝘬 𝘍𝘢𝘳𝘪𝘴𝘩𝘵𝘢𝘴𝘪♥︎

-Demak Karl bilan birga yashayotgan ekansanda?
Miya qarshisida Reychl va òziga tirjaygancha hirs bilan qarab turgan ikki yigitni kòrgach yuzini burishtirti.
-Demak meni kuzatibsanda?- dedi u ģazabli ohangda.
-Kuzatdim, ammo Karl bilan bir uyda yashayotganinga haliyam ishona olmayapman,- Reychl qizga jirkangandek boshdan-oyoq qarab qòydi,- Yokida bu shunchaki tahmin. Qòriqchilar qarshingda tiz chòkkanini kòrmagunimcha seni uni qòyniga kiradigan oddiy qòģirchoq deb tahmin qilgandim. Adashibman, sen suyukli qòģirchoq ekansan.
-Qòģirchoqlar qarshisida tiz chòkishganini qayerda kòrgansan?- Miya qòllari òz-òzidan musht tugilganini sezib òzini bosishga harakat qildi. Aksiga olgandek qandaydir kuch bunga halaqit qilardi.
-Hozircha qòģirchoq emassan. Ammo birozdan sòng bundan battar nomga sazovor bòlasan,- Reychlni ishorasi bilan yonidagi ikki yigit Miyani qarshiliklariga qaramay ushlab olishdi,- Aslida seni uydan biror bahona topib aldab olib chiqmoqchi edim. Shukrki òzing chiqding. Bu hayotingdagi eng katta xatoying bòldi. Ertaga ajoyib videolaring internetda shov-shuv bòladi. Shundan sòng menga qilganlaringa afsuslanasan. Boshlanglar...
Reychl qòl telefoni kamerasini yoqishi bilan yigitlar Miyaga yopishib ketishdi. Kòylagining yelka qismi yirtilgan Miyaning shu qadar ģazabi qaynadiki, òzini hech qanaqasiga boshqara olmay qoldi. Ğaroyib tezlikda yigitlardan birini yerga yiqitib, boshini keskin chapga qayirdi. Yigitni bòynidan "chirq" etgan ovoz chiqib, joni uzildi. Miya nima bòlganini faxmlashga ulgurmagan ikkinchi yigitni bòģgancha osongina bir qarich tepaga kòtardi. Nafas yetishmagani sabab ikkinchi yigit tipirchilay-tipirchilay oxiri qimirlamay qòydi. Miya uni qòyib yuborishi bilan esa jonsiz tanasi yerga qulab tushdi.
Yigitlarni jonsiz tanasiga sovuq nigoh tashlagan Miya birdagina qòrquvdan qotib qolgan Reychlga qaradi. Reychl bir juft yonib turgan olovrang kòzlarga duch kelgach baqirgancha qochishga tushdi. Ortidan Miya izma-iz kelayotganini bilganligi uchun ham bor kuchi bilan yugurdi. Orada bir ikki qoqilganida chalģiganini hisobga olmasa u qayerga qochayotganiga umuman ahamiyat bermadi.
-Uyoqqa ketishni maslahat bermayman,- kòzlaridagi olov hamon sònmagan Miya Reychl qochayotgan tomonni kòrib ortidan mamnun gapirdi. Ammo qiz huddi eshitmagandek yugurib ketaverdi. Miya yugurishdan tòxtab labi chetida kulib qòydi,- Afsus... Vampirlardan kòra meni qòlimda qiynalmay òlim toparding...
Miya Karl borishni taqiqlagan, hozirgina Reychl yugurib ketgan hudud tomon qarab qòyib, mamnun jilmaygancha ortga burildi. Sekin qadam bosgancha yurar ekan, kòp òtmay ortdan Reychlni qattiq baqiriģi yangradi...

#Angel