Get Mystery Box with random crypto!

Ovqatlanib bòlgan Emili hech nima qilmas ekan zerikkishdan òla | 𝘌𝘻𝘨𝘶𝘭𝘪𝘬 𝘍𝘢𝘳𝘪𝘴𝘩𝘵𝘢𝘴𝘪♥︎

Ovqatlanib bòlgan Emili hech nima qilmas ekan zerikkishdan òlay darajagacha bordi. Aylanib kelay desa shahzodani kiyimida xonadan chiqa olmaydi. Bu zerikarli xonada biror mashģulot bilan shuģullanish ham ilojsiz. Avval boshidanoq bu xonani obdon òrganib chiqqan. Xonada qimmatbaxo, oltindan ishlangan buyumlar serob. Emili jahl ustida bir-ikkitasini sindirganini hisobga olmasa ularga umuman etibor bermaydi. Shahzodani kiyimlari esa havas qilarli darajada hashamatli. Oldin xonada oltindan yasalgan òtkir buyumlar ham bor edi. Masalan nayza, xanjar va arbalet kabi... ammo Emili sabab ham ularni xonadan yòqotishgan. Bòldi. Jihozlarni hisobga olmasa xonada boshqa buyum yòq. Bazan Emili zerikkandan Gregor stolidagi qoģozlarga kòz yugurtiradi. Ammo siyosiy aloqalarga va qirollik ishlariga umuman tushunmagani bois bu mashģulot bilan uzoq shuģullanmaydi.
-Qaylarda qolding?...- Emili eshik tomon qarab qòyib pichirladi. Òylab qarasa sòngi kunlarda maroq bilan suhbatlashadigan yagona shaxsi ham shu Gregor ekan. Yòq, nafaqat sòngi kunlar, balki eng maroq bilan suhbatlashadigani ham u. Emili dòsti Marco bilan ham bunaqa gap talashmagan. Boshqalar bilan esa deyarli muloqot ham qilmagan.
Emili qattiq baqiriq ovozini eshitib birdan chòchib tushdi. Ovoz juda ingichka bòlib qiz bolaga tegishli ekanligi shundoq bilinib turardi. Qattiq qichqiriq bòlganligi uchun ovoz kimga tegishli ekanligini ajratib bòlmaydi. Ammo bu qizni kim qiynayotgani Emili uchun malum. Balki bu biror yangi asiradir? Yòq, shahzodani munosabati Emiliga nisbatan òzgarganini hisobga olsak bu haqiqatdan juda yiroq. Ammo yaqinda sodir bòlgan ishni hisobga olsak esa bu qiz Lesli bòlishi mumkin. Yòq, mumkin emas aniq. Chunki ovozni balandligi oģriq juda kattaligini anglatadi. Hatto Emili ham bunchalik baland baqirmagan. Shahzoda esa qiz bolani bunchalik qiynamaydi. Lesli qiz bola bòlsa ham u Emiliga ozor bergani bois Gregor uni shunchaki kechirmasligi aniq. Hozirgi baqiriqlar bunga yaqqol isbot.
Emili ancha vaqt baqiriqlarni eshitib ģalati ahvolda òtirdi. U kechirimli bòlgani bois allaqachon Leslini qilgan ishini unutib ham yuborgandi. Baqiriqlarni eshitgach esa òz-òzidan qizga achinib ketdi. Chunki u hatto òzi tuygan azoblarni ham dushmaniga ravo kòrmasdi.
Eshik taqillashi sabab Emili sergak tortdi. Bir nechta hizmatkor qizga kirishga ruhsat berar ekan ular nega kelganiga qiziqdi. Qòllaridagi har xil kòylaklarni kichik xonaga qatnashganini kòrgachgina hammasiga tushundi.
-Xonim, kòylagingizni almashtirib oling,- qizlardan biri Emilini ustidagi kiyimiga qiziqish bilan qarab qòlidagi och pushti rangli kòylakni unga uzatdi. Emili yelkalari qimmatbaxo toshlar bilan bezatilgan bejirim kòylakni qòliga olib oģirligidan tezda yotoqqa qòydi. Qizlar ancha vaqt kòylak qatnashdi.
-"Nima balo qirollikdagi hamma kòylakni kòchirishayaptimi?"- Emili oxiri kòrinmayotgan qizlarga asabiy qarab hayolidan òtkazdi. Aksiga olgandek hamma qizlar unga baqrayib òtib ketishayapti. Emili buni sababi ustidagi kiyim ekanligini bilsada almashtirishni hayoliga ham keltirmadi. Birozdan sòng qizlar ishini bitirib xonadan chiqib ketishdi.
Emili kiyimlar xonasiga kirib birin-ketin olib kelingan kòylaklarga kòz yugurtirdi. Hammasi hashamatli, yopiq, har xil rangdagi toshlar bilan bezatilgan, hamda juda-juda-juda oģir. Emili shahzodani kiyimida qulay yurgani uchun ham kòylaklardan birortasini kiyishni lozim topmadi. Shunchaki yotoqqa òtirgancha uzoq òyga tolib òtirdi. Baqiriqlar tinganiga etibor berar ekan, kòp òtmay xonaga shahzoda Gregor kirib keldi. Emili unga havsala bilan qarar ekan nigohidan "qilgan ishing menga yoqmadi" degan manoni uqib olish mumkin edi. Gregor bòlsa mamnun kulgancha unga yaqinlashdi. Qizdan farqli òlaroq uni yuzida pushaymonlik alomatlari zarracha ham yòq edi.
-Nima balo kiyimlarni almashtirib qòydingmi?- Gregor yotoq chetidagi och pushti rangli kòylakka nazar tashlab qòyib, Emiliga òzgacha nigoh bilan tikilgancha uni yoniga yotib oldi.