Get Mystery Box with random crypto!

-Yòq, shunchaki seni kiyiming kòproq yoqib qoldi,- qiz òzini q | 𝘌𝘻𝘨𝘶𝘭𝘪𝘬 𝘍𝘢𝘳𝘪𝘴𝘩𝘵𝘢𝘴𝘪♥︎

-Yòq, shunchaki seni kiyiming kòproq yoqib qoldi,- qiz òzini quchib, kòzlarini yumib olgan shahzodaga ginali nigoh bilan qarab qòydi.
-Quloģim shanģillab gapingni xato eshitdimmi yoki sen rostan menga tegishli narsani maqtadingmi?
-Quloģing shanģillayaptimi? Shuncha baqiriqni yaqindan eshitgandan keyin kar bòlib qolmaganinga hayronman,- Emili kesatmay turolmadi. Zero Leslini ovozi asab tomirlarini yeb bitirar darajaga borgan edi.
-Bu holvasi. Haqiqiy baqiriqqa ertaga guvoh bòlasan,- Gregor bir tuki ham qilt etmagan holatda ģulduradi.
-Balki buncha qiynash shartmasdir?- Emili ohiri ichidagini gapirishga qaror qildi,- Axir u ham qiz bola.
-Bu gapingni eshitmadim deb hisoblayman,- shahzoda yana ģulduradi. Emili unga gapirish befoydaligini tushunib boshqa indamadi. U Leslini qiynashda davom etishi aniq. Chunki undan bu narsani kutish tabiiy.
-Kiyim senga yarashibdi,- qizni jim bòlib qolganidan Gregor uni kayfiyatini kòtarishga qaror qildi. Kutganidek Emilini yuziga tabassum yugurdi. Ammo kulgu òrnini darrov havotir egalladi.
-Balki...
-Fikrimni òzgartiraman deb ovora bòlma, qochoq xonim,- Gregor u nimani sòrashini tahmin qilib gapini bòldi,- Men òsha ***ni qilgan ishiga jazo sifatida òlguniga qadar qiynayman. Istasang ertaga bu manzarani maroq bilan kòrishing uchun tomosha kursisi tayyorlatishim mumkin. Yoki òzing qiynashinga ham imkon beraman.
Emili ensasini qotirib qòyib ortiq bu mavzudan gap ochmaslikka qaror qildi.
-Ertaga?- dedi u hech bòlmasa qiz òziga kelib olishi uchun sharoit yaratish maqsadida,- Nima ertaga u bilan vaqt òtkazmoqchimisan?
Gregorni kòzlari moshday ochilganini kòrgan Emili miyiģida kulib qòydi. Òziga qaratilgan nigohlarni payqagach darrov yuzini norozi qiyofaga òzgartirib oldi.
-Rashk qilayapsanmi?- dedi shahzoda kulgancha. Sòng qizni qattiqroq quchib kòzlarini qayta yumdi,- Rejalar òzgardi. Ertaga sen bilan bir yerga boramiz.
-Qayerga?- Emili shahzodadan ilk bor bunday gap eshitgani uchun hayratlandi. Oldinlari saroy hovlisiga chiqarishni ham istamasdi. Hatto xonadan chiqishiga ham bazòr kòngandi. Emili nega u rozi bòlishi qiyin bòlganini endi tushunayapti. Saroyda ayollarga nisbatan erkaklar kòproq.
-Borganda kòrasan.
-Qishloqqami?- Emili shahzodani mujmal javobini yoqtirmay ilk tahminini aytdi.
-Yòq, kimsasiz joyda nima qilamiz? Boradigan joyimiz juda uzoq. Uzoq masofa uchun biroz dam olish kerak,- Gregor qizni belidan qòlini òtkazib òziga yaqinroq tortdi. Ancha vaqt shunday holatda jim turishgach Gregor bir maromda nafas olgancha uxlab qoldi. Emili mamnun jilmaygancha uni kòksiga boshini qòydi. Kòzlarini yumgan zahoti uyquga ketdi...

#Angel