Get Mystery Box with random crypto!

-Menchi? Nima men och o‘tirishim kerakmi?- Emili qovog‘ini uyg | 𝘌𝘻𝘨𝘶𝘭𝘪𝘬 𝘍𝘢𝘳𝘪𝘴𝘩𝘵𝘢𝘴𝘪♥︎

-Menchi? Nima men och o‘tirishim kerakmi?- Emili qovog‘ini uygancha yigitga yuzlandi,- Hech bo‘lmasa ko‘ylak topib ber.
-Shirin uyqudan uyg‘otishlarini yoqtirmaysan, ammo o‘zing bu ishni juda yaxshi uddalaysan. Agar qorning chindan juda och bo‘lganida menga gapirib o‘tirish o‘rniga butun saroyni boshinga ko‘tararding. Seni juda yaxshi bilaman.
Qiz xo‘rligi kelib pastki labini qattiq tishladi. Butun saroyni boshiga ko‘tarar emish! Bu ahvolda u o‘lsa ham bunday qilmaydi. Qorni ochligiga uncha chiday olmasligi rost. Ammo qorin to‘ydirish bahonasida o‘zini ikki dunyoda ham yerga urmaydi.
-Bunga shubham bor,- qiz o‘ychan pichirlab, ho‘rsinib qo‘ydi,- Menda bir savol tug‘ildi. Sen "mendan avval uyg‘onishingni bilganimda uxlamasdim" deding. Demak...
-Ha,- Gregor qiz nima deyishini tahmin qilib javob berdi,- Men oldin ham yoningda uxlaganman. Sen qattiq va kòp uxlaganing uchun umuman sezmagansan ham.
-Birinchi uxlab qolganingda...- Emili ikkilanib gap boshladi,- hayron bòlganmiding?
-Yòq.
-Qanaqasiga?- Emili uni tez va ishonchli ovozda bergan javobidan hayratlangancha sòradi.
-Men hislarimni jilovlashni va aynan qaysi tuyģuni tuyayotganimni ajratishni bilaman. Senga nisbatan boshidan qandaydir iliqlik tuyganman. Va menda "bu muhabbat" degan haqiqatga yaqin tahmin bor edi. Seni yoningda bòlgan paytim ilk bor boshimni yostiqqa qòyishga ehtiyoj sezib esnaganman. Ana òshanda tahminim tòģriligiga amin bòldim.
-Hòsh?...
-Nima hòsh?... Va qiziqish ustunlik kelib uxlab kòrishga qaror qildim. Bu menga yoqdi. Shu xolos.
-Meni qornim ochdi,- Emili boshqa gap topa olmay labini burgancha pichirladi. Gregor unga havsala bilan qarab qòyib yana kòzlarini yumib oldi.
-Hozir turaman...- dedi u ģulduragancha. Qanchalar òrnidan turishni istasada uyqu uni hech qòyib yubormasdi. Oxiri sabri tugagan Emili kòrpaga òranib òrnidan qòzģaldida, xonani narigi burchagiga òtdi. Shundagina shahzodaning kòzlari ochildi.
-Nima qilayapsan?- dedi u uyqusi tarqaganini his qilib qizga havsala bilan qararkan.
-Seni uyģotayapman. Qarasam, quchoģingda yotaversam uyģonish niyating yòq, uzoqlashsam uyqung ham kelmaydi. Nachora, shu holatdan foydalanishga tòģri keldi,- Emili òziga ģalati nigoh bilan qarab turgan yigitga ensasini qotirib qòydida, indamay katta xona ichida joylashgan boshqa xonaga òtib ketdi. Bu yerda asosan shahzoda Gregorning kiyim va boshqa buyumlari joylashgan edi. Noiloj qolgan Emili kiyimlardan qop-qora ranglisini kiyib, xonadan chiqdi. Shahzodani allaqachon ketib bòlganini kòrib biroz yengillashdida, yotoqqa òtirib oldi. Ustidagi tizzasidan sal yuqorida turgan kiyimga qarar ekan kulgusi qistayverardi. Bir kun bòrituslarni qotili bòlmish vaxshiy shahzoda bilan tun òtkazib, shahzodani kòylagini kiyishini unga aytishganda... u ikki dunyoda ham bunga ishonmagan bòlardi. Òrniga shu gaplarni òziga aytgan shaxsni jinniga chiqargan bòlardi. Tòģrida, shahzoda Gregor bòrituslar qotili. Emili bòritusligini hisobga olib ular òrtasida yaqinlik tugul sevgi bòlishi ham haqiqatdan juda yiroq.
Eshik taqillaganidan hayollarini yiģib olgan Emili kim kelganiga qiziqdi. Shahzoda emasligi aniq, chunki u òz xonasiga eshikni taqillatib kirmaydi. Gregorni boyagi gaplarini hisobga olsak hizmatchi ovqat olib kelgani aniq.
-Kiring,- Emili qorni shunchalar ochligidan halittan ovqat hidini tuygandek bòlib, shoshilgancha dedi. Kutganidek har doimgi hizmatkor qiz qòlida patnis bilan kirib keldi. Ammo Emilining ustidagi kiyimini kòrib hayratlangancha turgan joyida qotib qoldi.
-Xo... nim...
-Ahvolimga baqrayib qarab turganingni hisobga olsak senga kòylak olib kelishni buyurmagan kòrinadi,- Emili qiz bu yaqinda òziga kelmasligini tahmin qilib uni qòlidagi ovqatni olgancha yeyishga tushdi,- Ablax, demak oldingidek kuni bòyi kòylaksiz qoldirmoqchi. Nega haliyam joyingda qotib turibsan? Ketaver...
Emilini buyruģidan òziga kelgan qiz sudralgancha eshikka yònaldi. Haliyam hayratlangani bois eshikka yelkasi bilan urilib òtganini hisobga olmaganda u bir tovush ham chiqarmadi.