Get Mystery Box with random crypto!

#Ziddiyat 32-qism Baqiriq O'rta asrlar. Uyqudan uyģongan E | 𝘌𝘻𝘨𝘶𝘭𝘪𝘬 𝘍𝘢𝘳𝘪𝘴𝘩𝘵𝘢𝘴𝘪♥︎

#Ziddiyat
32-qism
Baqiriq


O'rta asrlar.

Uyqudan uyģongan Emili òzini sovuq quchoqda yotganligini kòrib bir muddat nimalar bòlganini eslay olmadi. Ammo shahzodaning sòngi gaplarini, sovuq bòsa va òzini uni qòliga shunchaki topshirib qòyganini eslab qòlini peshonasiga yengil urdi. Qattiq uxlab yotgan Gregorga bir nigoh tashlab qòyib shiftga termulgancha uzoq yotdi. Asosan bu yoģiga nima qilishi haqida òyladi. Qaysi aql bilan òzini shahzodani qòliga topshirib qòyganligini bilmaydi. Bu shunchaki ehtirosmidi yoki qalb amri, hech ajrata olmayapti. Ammo endi nafaqat shahzodani asirasi, balki butunlay unga tegishli ekanligini yaxshi anglab turardi. Modomiki shunchalik ish bòlishiga qòyib bergan ekanmi endi ortga yòl yòq. Buyoģiga qochishga haqqi ham yòq. Sabr bilan keyingi voqealar qanday tus olishini kutishga majbur.
-Hoy...- Emili kòylagi yirtib tashlangani bois kòrpaga òranib olgancha yonidagi faqat ustki kiyimi yòq bòlgan Gregorni yengil turtdi,- Uyģonsangchi... Vampir ham shunaqa qattiq uxlaydimi? HOY... Òlib qolganmi nima balo?...
-Qòrqma, men oson òladiganlardan emasman,- Gregor kòzini ochmagan kòyi ģulduradi,- Biroz uxlab olay, men bir asrdan ortiq uxlamagan shaxsman axir.
-Meni qornim ochdi,- Emili qovoģini uygancha òzini uyģonishga majbur qilgan sababni aytdi. U deyarli bir kun hech narsa yemagani uchun och qolgan edi. Yòqsa ikki dunyoda ham uyqudan vos kechmagan bòlardi.
-Soqchilarga ayt.
-Soqchilarga aytay? Ularni oldiga shu ahvolda chiqaveraymi?- Emili yerda yotgan kòylagi bòlaklariga asabiy qarab, kòrpaga yanada òranib olgancha baqirdi.
-Ana, meni kiyimlarimdan birini kiyaqol.
-Bilasanmi nima? Agar shu xonada men uchun kiyim javoni ajratmasang bu safar aniq qochib ketaman. Yoki saroyda "Shahzoda oddiy kòylakni qizģonadigan darajada ochkòz ekan" degan gap tarqatib yuboraman.
-Keyin saroydagilar gap-sòzidan qòrqqanim uchun xonamdan chiqmay qòyamanmi?- Gregor hamon kòzlarini ochmagan holatda gapirardi,- Qaytangi òzinga jabr bòladi. Kun-u tun yoningda bòlishimga kònishinga tòģri keladi.
-Yòq, rahmat. Keragi yòq.
-Qayoqqa?- Gregor nihoyat kòzlarini ochib òrnidan turgan qizni bir deganda qayta quchoģiga tortdi.
-Soqchilar oldiga.
-Shu ahvolda-ya?
-Nima qilay?... Bitta ahmoq kòylagimni yirtib tashladi. Endi marhamat qilib òsha ahmoq kòylak va ovqat topib bermasa shunga majbur bòlaman.
-Òsha ahmoq birozdan sòng juda muhim ish bilan ketadi,- shahzoda qizni sochlarini silash barobarida dedi,- Òshanda hizmatkorlarga senga zarur hamma buyumni olib keltirishlarini buyuradi. Sen esa aqlli qiz bòlib shu xonadan chiqmay òtirasan.
-Òsha ahmoq tushini borib suvga aytsin,- Emili yigitni qòlini silab tashlash barobarida dedi,- Unga yetkazib qòy, men xonada jim òtirib kòngilni ovlash uchun ishlatiladigan qòģirchoq emasman.
-U ham seni qòģirchoq òrnida kòrmaydi.
-Aha... shuning uchun ham joriya sifatida kòrib, menga ega chiqish uchun òziniki qilib oldimi?
-U shunchaki qòrqdi...- Gregor qizga tikilib turgancha jilmayishga urindi,- Bitta qizni qochish kabi qay manoda ahmoqona tuyiladigan harakati sabab qòrquv manbayi bòlgan shaxs ilk bor òz qudratini òziga qarshi his qildi. U juda qòrqdi... qizdan ayrilib qolishdan qòrqdi. Shu bois ham hislarini oshkor qilib uni òziniki qilishga majbur bòldi.
-Sen ham qòrqasanmi?- Emili uni gaplaridan yaxshigina tasirlangan bòlsada buni sezdirmaslikka urinib hayrat ohangida dedi,- Nahotki?
-Nima men hissiz kesakka òxshaymanmi?
-Ha!
-Nima?- Gregor bir muddat qizga baqrayib turib ensasini qotirib qòydi,- Men hech qanaqa kesak emasman. Menda ham qalb bor va har bir tuyģuni his qilishim mumkin. Ammo shu vaqtgacha uyqu kabi lazzatni tuymagandim. Miyyang biroz dam olsa juda yoqimli bòlarkan.
-Hmm...- Emili uni yuziga uxlamasligi bois miyyasi yaxshi ishlamasligi kabi narsalarni solganini eslab yuzini burishtirdi. Chunki u shahzodani haqoratlash yòllarini biridan ayrilgan edi.
-Ketishim kerak... ammo yana biroz uxlab olishga yòq demasdim,- Gregor esnab qòyib boshini qayta yostiqqa qòyish barobarida dedi.