Get Mystery Box with random crypto!

Suxrob — oddiy odam

Telegram kanalining logotibi suxrob_oddiy_odam — Suxrob — oddiy odam S
Telegram kanalining logotibi suxrob_oddiy_odam — Suxrob — oddiy odam
Kanal manzili: @suxrob_oddiy_odam
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.58K
Kanalning ta’rifi

• Kam vaqt ketqazib ko‘p o‘rganish,
• Erinchoqlikni yengish,
• Qiyinlashayotgan hayotni osonlashtirish haqida blog.
Hammasi oddiy tilda, hammasi ilmiy tasdiqlangan.
Donat: 9860020105011702
Aloqa: @oddiy_odamga_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-09-01 15:36:45 Nimalar tezroq o‘rganishingizga yordam beradi, nimalar esa yo‘q?

Abituriyentbek 3 yil to‘xtamasdan o‘qidi-yu, o‘qishga kirolmadi. U shuncha vaqtini ketkazib, o‘quv markazlariga issiqda terlab, sovuqda dirillab borib, uxlamasdan tayyorlanganidan keyin hech bo‘lmasa, kontraktga kirishiga ishongan edi. Lekin yo‘q. Balli juda past chiqdi .

Bechora Abituriyentbek aldangan edi, u ko‘pchilik to‘g‘ri deb aytadigan usullardan foydalangan edi. Lekin savol: ko‘pchilik katta ball yig‘adimi yoki kamchilikmi? Ko‘pchilik qiladigan ishni Abituriyentbek ham qilsa, uning natijasi ham ko‘pchiliknikidek bo‘ladi. Xo‘p, Abituriyentbekka nimalar yordam beradi, nimalar esa yordam bermaydi?

Spoyler: pastdagi gaplarga qo‘shilmasligingiz mumkin, lekin reallik siz dalillarga qo‘shilasizmi, yoki yo‘qmi, afsuski, qarab o‘tirmaydi.

Yordam bermaydi:
1. Kitob o‘qish.
2. Maktabga, leksiyaga borish.
3. Prinsipni tushunmasdan shunchaki yodlash.

1. Kitob faqatgina sizga ma'lumot beradi. Xotirangizga ma'lumotlarni kirgizib qo‘ymaydi, misollarni yecha oladigan qilib qo‘ymaydi, boy qilib qo‘ymaydi, shunchaki ma'lumot beradi. Oddiy misol: Teshavoy degan biznesmen bo‘lmoqchi odam bor deylik, u faqat biznes-kitoblarni yotib olib o‘qisa, yoki bitta kitobni qayta-qayta o‘qisa, biznesmen bo‘lib qolmaydi. U muvaffaqiyatli biznesmen bo‘lishi uchun o‘sha biznesini boshlashi kerak, ya'ni olgan ma'lumotlarini amaliyotda qo‘llashi kerak. Agar siz test yechmasdan, bu postdagi tavsiyalarga amal qilmaydigan bo‘lsangiz, 1000 soat kitob o‘qing, baribir test yechib tayyorlangan odamdan ballingiz past bo‘ladi.

2. Maktabga, leksiyaga borishda ham shunday. Ustoz sizga shunchaki ma'lumot beradi. O‘sha ma'lumotni tushunishni, yodlashni, amaliyotda qo‘llashni esa uyda o‘zingiz o‘tirib o‘rganasiz. Chet el maktabi, repetitori, universitetiga borsam, zo‘r bo‘lib ketaman, deb o‘ylashingiz mumkin, lekin ular ham shunchaki ma'lumot beradi. Maktab va repetitor kitobni ochib o‘qishga eringan odamga ma'lumot beradi, xolos. Siz o‘zingiz o‘tirib, test yechib, uni tahlil qilmasangiz, repetitorning foydasi yo‘q.

3. Tasavvur qiling, siz 1+1=2'ni tushunmasdan, prinsipini anglamasdan yodladingiz, agar sizdan 3+7=? deb so‘rashsa, javob berolmay qolasiz. Agar prinsipni tushunsangiz, ya'ni qo‘shilish qanday bo‘lishini bilib olsangiz, 487865867876886679+235745787674=?'ning ham javobini topa olasiz. Shuning uchun Abituriyentbekka o‘xshab tushunmasdan yodlamang.

———
Ertaga nimalar foyda berishi haqidagi post chiqadi. Ungacha esa shuncha o'qib ham nega o‘qishga kirolmadim, deb o‘ylanayotgan tanishingizga postni tashlab berishingiz mumkin.
@suxrob_oddiy_odam
585 views12:36
Ochish/sharhlash
2022-09-01 15:36:30 Siz o‘qishga boradigan ustoz yoki o‘quv markazi qanday bo‘lishini xohlardingiz? Offlayn sizga qulaymi yoki onlayn? Shunday o‘quv markazi yoki ustozga qancha pul to‘lagan bo‘lardingiz? Fikringizni bilmoqchiman
548 views12:36
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:21:10 Siz o‘qishga boradigan ustoz yoki o‘quv markazi qanday bo‘lishini xohlardingiz? Offlayn sizga qulaymi yoki onlayn? Shunday o‘quv markazi yoki ustozga qancha pul to‘lagan bo‘lardingiz?

Fikringizni bilmoqchiman
380 views12:21
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:16:50
Kuniga 2-3 soatdan o‘rganib, shanba va yakshanba kunlari dam olib, o‘zingiz xohlagan o‘qishga kirishni xohlarmidingiz?
Anonymous Poll
92%
Ha
8%
Yo‘q
205 voters389 views12:16
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:37:52
2 oy kursda o‘qib, talaba bo‘lganlarning natijalari

2 oylik kursimizda kim berilgan vazifalarni qancha to‘liq bajargan bo‘lsa, shuncha imtihonlarda kattaroq ball oldi. 22000 dollarlik grantni ham yutib olganlar bo‘ldi.

Menimcha, 2 oy ichida hech qanday o‘quv markazi bunday natija chiqarib bermaydi. Men olgan arzon narxga esa umuman o‘quv markazlari ishlashni xohlashmasa kerak.

Shunday bo‘lsa ham kursimni yanada yaxshilamoqchiman. Kursdagilarning bu yilgi maksimal balli 175 ball bo‘lgan bo‘lsa, keyingi kursimda eng minimalini shunday qilmoqchiman.

Bugundan endi doimiy ravishda to‘xtamasdan kanalga kam vaqt ichida samarali o‘rganish, erinchoqlikni yengish va qiyinlashayotgan hayotni osonlashtirish haqida postlar yozib boraman. Birinchi o‘rinda kanalda qanday post chiqishini xohlardingiz?
435 views11:37
Ochish/sharhlash
2022-06-06 14:12:48 Umringiz siz o‘ylaganingizdan kamroqligi haqida

O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 73,8 ga teng. Agar siz 18 yoshda bo‘lsangiz, bu 55 yilingiz qoldi degani. Buni kunlarga o‘giradigan bo‘lsak, 20075 kunga; soatlarga o‘giradigan bo‘lsak, 481800 soatga teng bo‘ladi. Hali yashaydigan umrimiz ko‘p.

73 yosh yashashingiz uchun uxlashga va sog‘lig‘ingizni yaxshilaydigan ishlarga kuniga 8 soat ajratishingiz kerak bo‘ladi. Bu sizda 321200 soat yoki boshqacha qilib aytganda 36,6 yil qoldi degani. Hali ham yetarli umrimiz bor.

Har kuniga ovqatlanishga o‘rtacha 2 soat, ishga/o‘qishga borishga 2 soat ketadi. Kutilmagan holatlarga 0 soat vaqt ketadi deb, ovqatlanish va yo‘l soatlariga uni qo‘shib yuborsak, sizda yashashingiz uchun 27,5 yil yoki 240900 soat qoladi.

Agar siz oilangizni boqish uchun, kattaroq daromad olish uchun yoki majburlikdan haftada 6 kun 8 soatdan o‘zingizga yoqmaydigan ishda ishlasangiz, sizda yashash uchun 11,8 yil yoki 103620 soat qoladi.

Agar haftaning dam olish kunlarida ham ishlaydigan bo‘lsangiz yoki uyda janjal chiqadigan bo‘lsa, sizda o‘zingizni yaxshi his qilib hayot kechirishingizga 1 yildan kamroq vaqt qoladi.

Hali men uy ishlariga, bozorlik qilishga, munosabatlardagi muammolarni to‘g‘irlashga, telefonga va boshqa ishlarga ketadigan vaqtni aytganim yo‘q. Ayol bo‘lsangiz, undan ham qiyinroq: Xalqaro mehnat tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, ayollar erkaklarga nisbatan 3 barobar ko‘proq vaqtni uy ishlariga ketkizishadi.

Men bu ma'lumotlarni yozib, sizni tushkunlikka tushirib qo‘ymoqchi emasman. Men bir marta yashaydigan hayotingizda sizga yoqmaydigan ishda ishlashingizni, to‘y o‘tkazishga pul topish uchun qo‘shimcha ishlarda ishlashingizni, internetga va arzimas narsalarga ko‘p vaqtingizni ketkazishingizni xohlamayman. Hayotingizni qanday o‘tkazish haqida, shunchaki, o‘ylab ko‘ring.

Umr vaqtim ko‘p deb o‘ylab yurgan yaqinlaringizga postni ulashing
@suxrob_oddiy_odam
7.7K views11:12
Ochish/sharhlash
2022-05-26 16:07:05 Majburiy ona tilidan layfxak

Hozir sizga majburiy ona tiliga internetda o‘tirib ham tayyorlanishingizga yordam qiladigan oddiy layfxak aytaman.

Majburiy ona tilidan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni topish testlari ko‘p tushadi. Shuning uchun dars qilib bo‘lib, dam olish uchun internetda yozishayotganingizda (maktabda insho yozayotgandek) bexato yozing:

"wawlu yeywga qacho boramuza" emas, "Shashlik yeyishga qachon boramiz?"
"qzla yengiligm bor yengi koyne ollim" emas, "Qizlar, yangiligim bor. Yangi ko‘ylak oldim"

Bu bilan siz so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini tezroq yodda saqlab qolasiz. IELTS'dan writing oshishi uchun ingliz tilida nimadir bo‘lsa ham yozishni tavsiya qilishadi. Lekin siz inglizcha yozayotganingizda xato yozmaysiz-ku, bu ham xuddi shunga o‘xshagan holat.

IELTS olgandan keyin ko‘pchilik ingliz tilida yozishni mashq qilishni to‘xtatishadi. Siz ham xohlasangiz, ona tilingizda bexato yozishni imtihondan keyin to‘xtatavering.

"Lekin bitta narsani tushunmayapsiz. Agar do‘stlarim bilan bunday aqllicha yozishadigan bo‘lsam, ularning ko‘ziga g‘alati ko‘rinaman-ku", — deyishingiz mumkin. Lekin o‘zingizga savol bering: agar o‘qishga kirolmasangiz, to‘g‘ri yozganingiz uchun ustingizdan kuladiganlar kelib: "Sening ustingdan kulganim uchun o‘qishga kirolmading. Barcha aybni o‘z bo‘ynimga olaman", — deyishadimi? Maqsadlaringiz tomon eltadigan yo‘ldan shu odamlarning fikri sabab voz kechib yuborasizmi? Oldingizda maqsadlaringizni eltadigan yo‘lni hurmat qiladigan odamlar bo‘lishi kerakmi yoki uni mensimaydiganlarmi?

Shunchaki, o‘ylab ko‘ring.
@suxrob_oddiy_odam
8.8K views13:07
Ochish/sharhlash
2022-05-25 07:23:02 Bitiruvchilarga 50 maslahat. Orzusiga erishgan odamlardan kichik sirlar

Sevgi, tashqi ko‘rinish, pul, do‘stlar, imtihonlar, tanqidlar, ovqatlar, qiyin vaziyatlar va kelajakdagi hayotingiz borasida men o‘ylab topmagan maslahatlar.

telegra.ph/uqib-chiqmasang-erinchoqsan-05-24

Bitiruvchilarga ulashing
@suxrob_oddiy_odam
8.6K viewsedited  04:23
Ochish/sharhlash
2022-05-24 16:54:45 Qanday qilib 2 oy ichida imtihonga tayyor bo‘lish mumkin? Metao‘rganish va reja tuzish haqida

(Uuuzun post. Agar imtihonlarga tayyorlanish siz uchun muhim bo‘lsa, vaqt ajratsangiz bo‘ladi. Ham bu yerda kursning 1-darsi berilgan)

telegra.ph/1-dars-05-24
6.7K views13:54
Ochish/sharhlash
2022-05-21 16:35:56 Qanday odamlar DTM, IELTS va har xil imtihonlardan o‘tishadi? Qanday odamlar esa imtihonlardan har doim yiqilishadi?

(Har xil rasmlari bor post. Shuning uchun telegraph'ga joylashga majbur bo‘ldim)

telegra.ph/Qanday-odamlar-DTM-IELTS-va-har-xil-imtihonlardan-otishadi-Qanday-odamlar-esa-imtihonlardan-har-doim-yiqilishadi-05-21
7.6K viewsedited  13:35
Ochish/sharhlash