Get Mystery Box with random crypto!

​​Ahmad Shomlu Koʻz yoshlari sirdir, tabassumi sir va bir sir | Sunshine books

​​Ahmad Shomlu

Koʻz yoshlari sirdir,
tabassumi sir
va bir sirdir Ishq.

Ishqimning tabassumi edi
oʻshal tunning koʻzidagi yosh.

Afsona emasman
soʻzlasang,
tarona emasman,
kuylasang,
ovoz ham emasman, eshitsang...
na koʻrasan,
na eshitasan –
oʻshaman men...

Va bir iztirobman
faryod qil meni!
Bashorat Otajonova