Get Mystery Box with random crypto!

har safar Sirius oʻlganda xoʻng-xoʻng yigʻlayman, Dobbi koptok | Sunshine books

har safar Sirius oʻlganda
xoʻng-xoʻng yigʻlayman,
Dobbi koptokdek koʻzlarini yumganda men
yigʻlayman,
Kumush oʻlganda
Zaynab (bechora) qabristonda izgʻiganda
yigʻlayman,
Robiya kelin boʻlib aravada
ketayotganda
qoʻshilishib
yigʻlayman,
Rustam ( eh, bechoraginam )
oʻzini balkondan tashlaganda
men,
dod solaman,
Shahnoza qabringni quchganda
oʻzim quchib yigʻlayman,
Fotima joning uvol
ketdiya,
Shams,
koʻzlaring quduq tubida
oʻldirdilar,
mening Shamsimni
oʻldirdilar.