Get Mystery Box with random crypto!

Sunshine books

Telegram kanalining logotibi sunbooklove — Sunshine books S
Telegram kanalining logotibi sunbooklove — Sunshine books
Kanal manzili: @sunbooklove
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 179
Kanalning ta’rifi

Koʻngildan koʻngilga......
02. 07. 2021

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2022-08-07 20:45:56
Bizni topolmasin xatto ayriliq
79 views17:45
Ochish/sharhlash
2022-08-07 15:56:36 Юр, қочиб кетамиз дунёларидан,
Иккимиз қурамиз бошқа бир дунё.
Биз ахир қисматнинг хатоларидан
Ва жафоларидан бўлганмиз бино.

Қизлар кўп – хабари йўқдир ҳаёдан,
Гуноҳга ботаман қараган оним.
Фақат сен кўксингни яшир дунёдан,
Фақат сен уларга ўхшама, жоним.

Яшама тақдирни бўйнингга олиб,
Кўзинг ҳам йўлларга қараб толмасин.
Илтижо қиламан: мен четда туриб,
Номард юракларга кунинг қолмасин.

Ишонма жилмайиб боққан одамга,
Ё кўз ёш тўкканга қаратма шафқат.
Майли ўт кетса ҳам бутун оламга,
Алданиб яшашдан асрасин фақат.

Нечун яна бугун кўзларингда мунг,
Дуч келдингми ҳаёт чўпчакларига?
Юр, қочиб кетамиз телба дунёнинг
Ҳеч ким бора олмас бурчакларига.

Бир дунё қурамиз, билмайди ҳеч ким,
Офтоби куйдирмас, қорлари илиқ…
Юр, қочиб кетамиз бу ердан, жоним,
Бизни тополмасин ҳатто айрилиқ.

Жўрабек Рамазон

100 views12:56
Ochish/sharhlash
2022-08-06 18:28:44 Shu tog'larda qor bo'lsaydim
Yoki bir shamol bo'lsaydim
Izlab toparmiding meni
Egasiz mozor bo'lsaydim


qoʻshiqdan
128 views15:28
Ochish/sharhlash
2022-08-06 18:27:22
Bir
dengizim boʻl,
Sohil
boʻlib kutay
Seni ! ......


128 views15:27
Ochish/sharhlash
2022-08-06 18:24:18
Men seni koʻrdim yana
yana yigʻlayotgan,
koʻzlarim bilan


Guljamol Asqarova
120 views15:24
Ochish/sharhlash
2022-08-06 12:55:38 1

Oydin kechalarda koʻkka koʻz tikib,
Yorugʻ yulduzlardan sevgi kutdim men.
Har yulduz tigʻiga ruh bilan tegib,
Uzun tunlar boʻyi kutib oʻtdim men.

Yurganda, turganda har goʻzal narsa,
Mening koʻzlarimga sevgi koʻrindi,
Sevgiga yot boʻlgan haqiqiy shu'la,
Oʻtlar, olovlar-chi, pilpillab soʻldi !

Yigitlik koʻkarib yashargan damda,
Har yumshoq tovushga tutqun boʻldim men....
Har goʻzal chehraga koʻngil berganda,
Borliqni u uchun qurbon qildim men....

2
Endi u kunlarim oʻtib ketdilar,
Endi turmushimda oydin kechlar yoʻq,
Vafosiz sevgilar oʻchib bitdilar,
Angladim :sevgida har koʻngil buzuq !

Koʻnglim quruq emas, yana sevgi bor,
Faqat bu sevgida aldanish yoʻqdir,
Horgan koʻzlarimda xayol yana bor,
Faqat u xayollar nurdan tiniqdir.

Endi har nafasda yana kuyaman,
Faqat Majnun boʻlib elni suyaman,
Unga hurmat bilan boʻyin egaman,
Boshimni u uchun dorga qoʻyaman !....

Choʻlpon
126 views09:55
Ochish/sharhlash
2022-08-06 08:14:45
Sevgi havasing bitgunga qadar,
Ishq nafasing bitgunga qadar.


Mavlono Rumiy

129 views05:14
Ochish/sharhlash
2022-08-05 18:55:10 ​​Ahmad Shomlu

Koʻz yoshlari sirdir,
tabassumi sir
va bir sirdir Ishq.

Ishqimning tabassumi edi
oʻshal tunning koʻzidagi yosh.

Afsona emasman
soʻzlasang,
tarona emasman,
kuylasang,
ovoz ham emasman, eshitsang...
na koʻrasan,
na eshitasan –
oʻshaman men...

Va bir iztirobman
faryod qil meni!
Bashorat Otajonova

136 views15:55
Ochish/sharhlash
2022-08-05 17:32:19
har safar Sirius oʻlganda
xoʻng-xoʻng yigʻlayman,
Dobbi koptokdek koʻzlarini yumganda men
yigʻlayman,
Kumush oʻlganda
Zaynab (bechora) qabristonda izgʻiganda
yigʻlayman,
Robiya kelin boʻlib aravada
ketayotganda
qoʻshilishib
yigʻlayman,
Rustam ( eh, bechoraginam )
oʻzini balkondan tashlaganda
men,
dod solaman,
Shahnoza qabringni quchganda
oʻzim quchib yigʻlayman,
Fotima joning uvol
ketdiya,
Shams,
koʻzlaring quduq tubida
oʻldirdilar,
mening Shamsimni
oʻldirdilar.

134 views14:32
Ochish/sharhlash
2022-08-05 17:21:12
Soʻzlasam, soʻzlasam, tinglasang


129 views14:21
Ochish/sharhlash