Get Mystery Box with random crypto!

𝑨𝑳 𝑫𝑼𝑵𝒀𝒀𝑨

Telegram kanalining logotibi statuslar_onalar_al_dunya — 𝑨𝑳 𝑫𝑼𝑵𝒀𝒀𝑨 𝑨
Telegram kanalining logotibi statuslar_onalar_al_dunya — 𝑨𝑳 𝑫𝑼𝑵𝒀𝒀𝑨
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.04K
Kanalning ta’rifi

Kichik sahifam 🤎
Manfaat olsangiz qoling !

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-07 01:54:48 Assalomu alaykum xayirli tong dindoshim
573 views22:54
Ochish/sharhlash
2022-07-06 18:53:58 Allohning izni bilan gunohlarni oʻchiruvchi sabablar

1. Gunohlaringni tasbehlaring bilan oʻchir

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bir kunda yuz marta “Subhaanallohi va bihamdihi” desa, xatolari dengiz koʻpiklaricha boʻlsa ham oʻchirib yuboriladi”, deb aytganlar.
Imom Muslim rivoyati.

2. Istigʻforlaring bilan gunohlarni oʻchir

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kim: «Astagʻfirullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi”, deb aytsa, urushdan qochgandagi gunohi ham kechirib yuboriladi», dedilar».
(Maʼnosi: Barhayot, tirik Allohdan avf etishini soʻrayman va Unga tavba qilaman.)
Abu Dovud, Termiziy va Hokim rivoyati. Imom Hokim bu hadis Buxoriy va Muslimning shartiga binoan sahihdir, deganlar.

3. Quyidagi zikr bilan gunohlarni oʻchir

”Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
Yer yuzidagi biror kishi “Laa ilaha illallohu vallohu akbar, valaa havla vala quvvata illa billah”, deb aytsa, garchi uning xatolari dengiz koʻpigicha boʻlsa ham kechirib yuboriladi", dedilar.
(Maʼnosi: Allohdan boshqa iloh yoʻq, Alloh ulugʻdir, Allohdan boshqa biror kuch va quvvat yoʻq).
Imom Termiziy rivoyati.

4. Taom soʻngida hamd aytish ila gunohlaringni oʻchir

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kimki taom yeb boʻlib: «Alhamdu lillahil laziy atʼamaniy haza va rozaqoniyhi min gʻoyri havlin minniy vala quvvatin”, deb aytsa, uning avvalgi gunohlari kechiriladi», dedilar.
(Maʼnosi: “Mening kuch-quvvatimni ketkizmay, mana bu rizq ila taomlantirgan Allohga hamd boʻlsin”.)
Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. Termiziy buni hasan hadis, dedilar.

5. Kiyim kiygandan soʻng hamd aytish ila gunohlaringni oʻchir

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kim biror yangi kiyim kiyib, «Alhamdu lillahillaziy kasaniy haza va rozaqoniyhi min gʻoyri havlin minniy va la quvvah”, desa, Alloh uning oldingi gunohlarini kechiradi», dedilar.

(Maʼnosi: Oʻzgartirmasdan, quvvatimni ketkazmasdan menga rizq bergan va meni kiyintirgan Allohga hamd boʻlsin).
Ibn Sunniy rivoyatlari.

@muazzamoy_komiljonova
637 views15:53
Ochish/sharhlash
2022-07-06 06:58:55 Hammabop 15 maslahat

Hayot eng katta muallimdir. Faqat undan nima o’rganishni bilish lozim. Hayotning sinovlaridan o’tish uchun insonga katta shijoat, aql-zakovat va tajriba kerak bo’ladi.

Agar hayotingizda hech vaqt yurqizmay desangiz, quyidagi maslahatlarimiz bilan tanishib chiqing.

1. Qo’ng’iroq qilishga va’da berdingizmi, albatta buni udaasidan chiqing.

2. Borish lozim bo’lgan joyga kechga qolyapsizmi? Ogohlantirib qo’yishni unutmang.

3. O’zgalarni ulkan orzulari ustidan zinhor kulmang.

4. Ota-onangizga ko’roq vaqt ajrating. Ularga hammadan ko’proq yaxshilik qiling. Chunki ular g’animatligini sedan chiqarmang.

5. Shirin so’z bilan dunyoni olish mumkin ekanligini unutmang. Shirinso’z va shirinsuxan bo’ling.

6. Shikoyat qilishdan o’zingizni tiying. Chunki birovni tashvishi boshqaga yoqmasligi mumkin.

7. O’zgalar ortidan zinhor g’iybat qilmang.

8. Fikr va g’oyalar keldimi? Darxol uni yozib qo’ying.

9. Bir marotaba hiyonat qilgan inson bilan qayta do’stlashmang. Chunki u o’zgarmaydi.

10. O’z hatoingizni tan olishni o’rganing.

11. Jahlingiz chiqqan paytda uxlab, dam oling. Har qanday holatlar o’tkinchi ekanligini unutmang.

12. Faqat oldinga qarab intiling va harakatda bo’ling. Sinab ko’ring, foydasi bo’ladi.

13. Biror-bir jiddiy bahsda ham birovning ko’nglini og’ritmang. Siz vaqti kelib u inson bilan yarashasiz. Ammo uni ko’nglida asorati qolishi mumkin.

14. Hamma vaqt rost so’zlang. Shunda hech qanday muammolar sizni bezovta qilmaydi.

15. Qiyin yumushlaringizni kunning birinchi yarmida bajarib qo’ying, kunning qolgan qismida bu haqda boshqotirmaysiz.



@muazzamoy_komiljonova
682 views03:58
Ochish/sharhlash
2022-07-06 02:05:41 Assalomu alaykum xayirli tong
678 views23:05
Ochish/sharhlash
2022-07-04 04:45:49 Albatta oʻqib boshqalarga yuboring!!!

Bizga nimalar kelib nimalar ketdi ???

Televizor, Internet keldi Uyqumiz ketdi !

Zino kelib halol Nikohlanishligimiz ketdi !

Foiz, xarom kasb kelib, Barakamiz ketdi !
Moda kelib Xayo ibomiz ketdi !

Sudxoʻrlik, pora berishlik keldi
Haqiqat, adolat qilishligimiz ketdi !
Kechalari kech yotmoq paydo boʻldi.
Bamdod namozimiz ketdi !
Isrof, etiborsizlik kelib
Bizdan qanoat ketdi !
Millatchilik kelib
Bizdan birodarlik ketdi !
Telefon kelib sila-i raxm qilishlik ketdi !!

Ummatning avvalgilarini Allohga muhabbat isloh qilgan bo'lsa, keyingilarini dunyoga muhabbat fasod qilyapti.

Imom Butiy rohimahulloh

@muazzamoy_komiljonova
965 views01:45
Ochish/sharhlash
2022-07-03 05:28:47
Insonni baxtli qiluvchi hislatlar

• Mustahkam iymon, sogʻlom eʼtiqod.
• Ezgu amallar, savobli ishlar.
• Insof, vijdon.
• Adolat.
• Holislik.
• Ilm-maʼrifat.
• Odob-axloq.
• Mehr-muhabbat.
• Rahmdillik.
• Halollik, pokdomonlik.
• Ozodalik.
• Hayo, ibo, iffat.
• Sabr-toqat.
• Bagʻrikenglik.
• Saxovat, himmat.
• Kamtarlik.
• Kamgaplik.
• Odamiylik, insonparvarlik.
• Mardlik.
• Rostgoʻylik, toʻgʻrilik.
• Gʻayrat-shijoat.
• Mehnatsevarlik.
• Mehmondoʻstlik.
• Shukr qilish.
• Tilni tiyish, sir saqlash.
• Vaʼdaga vafo qilish.
• Xayrixohlik...

“Baxtli hayot sari” kitobidan.

ulashing...

@muazzamoy_komiljonova
1.1K views02:28
Ochish/sharhlash
2022-07-02 08:20:17
Sulton Xorun ar-Rashid oʻz huzuriga kirgan devona Bahlulning salomiga alik olmabdi.
– Qayerdan kelayapsan, ey devona?! – debdi u kamiga kibr bilan.
Shunda devona Bahlul unga maʼnodor jilmayib:
– Goʻristondan! – deya javob beribdi.
– U yerning nimasi qiziq ekan? – sulton ajablanibdi.
Bahlul aytibdi:
– Shunisi qiziqki, men goʻristonda chirib yotgan jasadlarni bir-bir qarab chiqdim. Lekin sulton jasadining qulnikidan, boy suyagining kambagʻalnikidan farq qiladigan biror joyini sira topolmadim!

@muazzamoy_komiljonova
1.1K views05:20
Ochish/sharhlash
2022-07-02 01:44:31 Assalomu alaykum xayirli tong
961 views22:44
Ochish/sharhlash
2022-07-01 10:08:14
#Mulohaza...

Sukutimiz – roziligimizni anglatmaydi.
Sabrimiz – zaifligimizni anglatmaydi.
Tabassumimiz – qabul etganimizni bildirmaydi.
Talabimiz – muhtojligimizni anglatmaydi.
Ko'rinmasligimiz – beparvoligimizni bildirmaydi.
Ehtiyotimiz – xavf, qo'rquvimizni anglatmaydi.
So'rashimiz – johilligimizdan emas.
Xato qilishimiz - ahmoqligimizdan emas.
Iltifatimiz – ojizligimizdan emas.

Balki bularning bari cho'qqi, marraga yetib olishimiz yo'lidagi ko'priklardir xolos.

@muazzamoy_komiljonova
1.1K views07:08
Ochish/sharhlash
2022-07-01 05:42:12 اللهمَّ صلِّ على سيِّدنا محمَّد
1.0K views02:42
Ochish/sharhlash