Get Mystery Box with random crypto!

Allohning izni bilan gunohlarni oʻchiruvchi sabablar 1. G | 𝑨𝑳 𝑫𝑼𝑵𝒀𝒀𝑨

Allohning izni bilan gunohlarni oʻchiruvchi sabablar

1. Gunohlaringni tasbehlaring bilan oʻchir

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bir kunda yuz marta “Subhaanallohi va bihamdihi” desa, xatolari dengiz koʻpiklaricha boʻlsa ham oʻchirib yuboriladi”, deb aytganlar.
Imom Muslim rivoyati.

2. Istigʻforlaring bilan gunohlarni oʻchir

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kim: «Astagʻfirullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi”, deb aytsa, urushdan qochgandagi gunohi ham kechirib yuboriladi», dedilar».
(Maʼnosi: Barhayot, tirik Allohdan avf etishini soʻrayman va Unga tavba qilaman.)
Abu Dovud, Termiziy va Hokim rivoyati. Imom Hokim bu hadis Buxoriy va Muslimning shartiga binoan sahihdir, deganlar.

3. Quyidagi zikr bilan gunohlarni oʻchir

”Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
Yer yuzidagi biror kishi “Laa ilaha illallohu vallohu akbar, valaa havla vala quvvata illa billah”, deb aytsa, garchi uning xatolari dengiz koʻpigicha boʻlsa ham kechirib yuboriladi", dedilar.
(Maʼnosi: Allohdan boshqa iloh yoʻq, Alloh ulugʻdir, Allohdan boshqa biror kuch va quvvat yoʻq).
Imom Termiziy rivoyati.

4. Taom soʻngida hamd aytish ila gunohlaringni oʻchir

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kimki taom yeb boʻlib: «Alhamdu lillahil laziy atʼamaniy haza va rozaqoniyhi min gʻoyri havlin minniy vala quvvatin”, deb aytsa, uning avvalgi gunohlari kechiriladi», dedilar.
(Maʼnosi: “Mening kuch-quvvatimni ketkizmay, mana bu rizq ila taomlantirgan Allohga hamd boʻlsin”.)
Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. Termiziy buni hasan hadis, dedilar.

5. Kiyim kiygandan soʻng hamd aytish ila gunohlaringni oʻchir

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Kim biror yangi kiyim kiyib, «Alhamdu lillahillaziy kasaniy haza va rozaqoniyhi min gʻoyri havlin minniy va la quvvah”, desa, Alloh uning oldingi gunohlarini kechiradi», dedilar.

(Maʼnosi: Oʻzgartirmasdan, quvvatimni ketkazmasdan menga rizq bergan va meni kiyintirgan Allohga hamd boʻlsin).
Ibn Sunniy rivoyatlari.

@muazzamoy_komiljonova