Get Mystery Box with random crypto!

Hammabop 15 maslahat Hayot eng katta muallimdir. Faqat undan | 𝑨𝑳 𝑫𝑼𝑵𝒀𝒀𝑨

Hammabop 15 maslahat

Hayot eng katta muallimdir. Faqat undan nima o’rganishni bilish lozim. Hayotning sinovlaridan o’tish uchun insonga katta shijoat, aql-zakovat va tajriba kerak bo’ladi.

Agar hayotingizda hech vaqt yurqizmay desangiz, quyidagi maslahatlarimiz bilan tanishib chiqing.

1. Qo’ng’iroq qilishga va’da berdingizmi, albatta buni udaasidan chiqing.

2. Borish lozim bo’lgan joyga kechga qolyapsizmi? Ogohlantirib qo’yishni unutmang.

3. O’zgalarni ulkan orzulari ustidan zinhor kulmang.

4. Ota-onangizga ko’roq vaqt ajrating. Ularga hammadan ko’proq yaxshilik qiling. Chunki ular g’animatligini sedan chiqarmang.

5. Shirin so’z bilan dunyoni olish mumkin ekanligini unutmang. Shirinso’z va shirinsuxan bo’ling.

6. Shikoyat qilishdan o’zingizni tiying. Chunki birovni tashvishi boshqaga yoqmasligi mumkin.

7. O’zgalar ortidan zinhor g’iybat qilmang.

8. Fikr va g’oyalar keldimi? Darxol uni yozib qo’ying.

9. Bir marotaba hiyonat qilgan inson bilan qayta do’stlashmang. Chunki u o’zgarmaydi.

10. O’z hatoingizni tan olishni o’rganing.

11. Jahlingiz chiqqan paytda uxlab, dam oling. Har qanday holatlar o’tkinchi ekanligini unutmang.

12. Faqat oldinga qarab intiling va harakatda bo’ling. Sinab ko’ring, foydasi bo’ladi.

13. Biror-bir jiddiy bahsda ham birovning ko’nglini og’ritmang. Siz vaqti kelib u inson bilan yarashasiz. Ammo uni ko’nglida asorati qolishi mumkin.

14. Hamma vaqt rost so’zlang. Shunda hech qanday muammolar sizni bezovta qilmaydi.

15. Qiyin yumushlaringizni kunning birinchi yarmida bajarib qo’ying, kunning qolgan qismida bu haqda boshqotirmaysiz.



@muazzamoy_komiljonova