Get Mystery Box with random crypto!

😍Shoira Malohat she'rlari✏📝😍

Telegram kanalining logotibi shoira_qiz — 😍Shoira Malohat she'rlari✏📝😍 S
Telegram kanalining logotibi shoira_qiz — 😍Shoira Malohat she'rlari✏📝😍
Kanal manzili: @shoira_qiz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 72

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-12-03 17:42:59 Qish.

Yuzlar muzdek qishning qahridan,
Qo‘llarimiz qo‘lqop bilan berk.
Ichi qalin, kurtka paltolar
Yoz kiyimdek berolmaydi erk.

Ba'zan bulut, ba'zan qalin qor,
Yalang‘ochlab qolgan ko‘p daraxt,
Hayvonlar ham, hatto qushlar ham,
Sovug‘ingda qolishdi karaxt.

Yangi yilni kutar bolalar,
Qorboboni sovg‘alari deb.
Tashqarini oynadan ko‘rish,
Lek insonni qo‘yar ekan yeb.

Issiq pechka, tutunli karnay,
Qishloq uyda bir xil ko‘rinish.
Anjirlarga tuproq tortish ham,
Bu yil hosil uchun urinish.

Ko‘cha sovuq chiqaman desang,
Titrab tishga uriladi tish.
Xush kelibsan uch oylik mehmon
Xush kelibsan qahratonli qish!!!!
41 viewsMalohat, edited  14:42
Ochish/sharhlash
2022-11-30 11:32:16
32 views ILHOMOVNA , 08:32
Ochish/sharhlash
2022-11-30 11:32:16 Bir vaqtning o'zida ham do'stidan ham sevganidan ayrilgan oshiq tilidan

Muallif : Malohat Ilhom qizi
Ijroda : Davronbek Hamidov
32 views ILHOMOVNA , 08:32
Ochish/sharhlash
2022-11-29 09:49:02 Muhabbat

Sen yulduzsan olis samomda
Senga pastdan tikaman nigoh.
Ba'zan ko‘rsam olis bo‘lsakda,
Til, zabonsiz bo‘laman gumroh.

Qol deyishga bormaydi tilim,
Yuragingdan yuragim yiroq.
Ko‘zlaring bu ko‘zimga tushsa,
Vujudimni bosadi titroq.

Xayolimdan o‘tkazolmayman,
Qo‘llaringni ushlashni sira.
Ko‘rmasam ham chidash ko‘p mushkul,
O‘lmoq yaxshi u darddan ko‘ra.


Yuragimni teshayotgan dard,
Senga balki sezilmas bular.
Bir umrlik diydor yaqindir,
Kelar balki men kutgan kunlar.

Sen yonimda tabassum qilsang,
Men eng baxtli bo‘laman albat.
Sen yulduzim bo‘lib qolasan,
Balki shudir shirin muhabbat.

@shoira_qiz
17 viewsMalohat, 06:49
Ochish/sharhlash
2022-06-11 18:42:15
Azizlar sizlarni
AISM
Estrada artisti böliming
"San'atim" deb nomlangan Diplom kompozitsiyasiga
LUTFAN TAKLIF QILAMAN
14-IYUN SOAT 8:00 DA
Andijon ixtisoslashtirilgan San'at maktabi Kansert Zalida bölib ötadi
108 views 𝗗𝗶𝗹 𝗡𝗮𝘃𝗼 , 15:42
Ochish/sharhlash
2022-05-22 16:52:45 Sobiq sevgi

Avval yonginamda chin baxtli eding,
Yoki men shunday deb adashdimmikin,
Unuta olsaydim qarorlaringni,
Sog'inib qolyapman ko'rmasam lekin.

Telba oshiq edim sening ishqingda,
Ko'zlarim ko'rmasdi sendan o'zgani,
Botina olmasdi johil armonlar,
Mustahkam oramiz aslo buzgani.

Yuraging tutdingmi yuraksizlarga,
Senga bo'lgan sevgim qalbimda hamon.
O'rindiq joyida men o'sha yerda,
Seni kutayapti eski xiyobon.

Qo'ng'iroq, xabarlar tinmasdi sira,
Yarim tundan boshlab toki tonggacha.
Hozir sog'inyapman o'sha kunlarni,
Aldangan ekanman men shu kungacha.

Mayli bu kunlar ham ketadi o'tib,
Ollohimning o'zi beryapti toqat.
Yuragimga ko'mdim sobiq sevgimni,
Qayerda bo'lsang ham omon bo'l faqat.


@Shoira_Qiz
138 viewsMคl๏ђคt Ilђ๏๓ ợเzเ ⁞♩⁽ ₎⇣✿, 13:52
Ochish/sharhlash
2022-05-14 13:04:13 Iltimos like bosib berila
133 viewsMalohat, 10:04
Ochish/sharhlash
2022-05-14 13:04:13 #eng_yaxshi_maqola

Onadan keyin....

,, Qizim yaxshi keldingmi'' deb kutib oladigan eshiklar endi minnatli kelinlarning qovog‘iga qarab ochiladigan bo‘lib qolarkan. Aka -ukalar-u opa- singillar o‘rtasidagi mehr ham ko‘lmakchadagi suvdek yo‘qolib borar ekan. Sizni ota uyi bilan bog‘lab turadigan mehr ipi o‘z-o‘zidan tobutda yotgan onayizor joni bilan barobar uzilib ketadi.O‘g‘illar-ku yo‘lini topadi, ammo qiz qaynonali uyda biror nimada zeriksa borib bag‘riga bosh qo‘yadigan mehribon topolmay qolarkan.Sizdagi hamma injiqliklarni ko‘targan onaning qarilik injiqliklari og‘irlik qilgan vaqtni, unga ba'zan tihirlik qilganingizni o‘ylasanggiz chindan tomog‘ingizga nimadir tiqilib qolganini siz ham sezarsiz.

Sog‘indim.... Shunchaki sog‘indim....

Malohat Nizomova Osh pedagogika universiteti 1-kurs talabasi

@qizlar_ovozi_navoiy
129 viewsMalohat, 10:04
Ochish/sharhlash
2022-05-10 19:51:34
127 viewsMคl๏ђคt Ilђ๏๓ ợเzเ ⁞♩⁽ ₎⇣✿, 16:51
Ochish/sharhlash