Get Mystery Box with random crypto!

Muhabbat Sen yulduzsan olis samomda Senga pastdan tikaman nig | 😍Shoira Malohat she'rlari✏📝😍

Muhabbat

Sen yulduzsan olis samomda
Senga pastdan tikaman nigoh.
Ba'zan ko‘rsam olis bo‘lsakda,
Til, zabonsiz bo‘laman gumroh.

Qol deyishga bormaydi tilim,
Yuragingdan yuragim yiroq.
Ko‘zlaring bu ko‘zimga tushsa,
Vujudimni bosadi titroq.

Xayolimdan o‘tkazolmayman,
Qo‘llaringni ushlashni sira.
Ko‘rmasam ham chidash ko‘p mushkul,
O‘lmoq yaxshi u darddan ko‘ra.


Yuragimni teshayotgan dard,
Senga balki sezilmas bular.
Bir umrlik diydor yaqindir,
Kelar balki men kutgan kunlar.

Sen yonimda tabassum qilsang,
Men eng baxtli bo‘laman albat.
Sen yulduzim bo‘lib qolasan,
Balki shudir shirin muhabbat.

@shoira_qiz