Get Mystery Box with random crypto!

BAXTGA YETGUNCHA... Zulmatning bagʻridan ketaylik bir zum, | SHERLAR

BAXTGA YETGUNCHA...

Zulmatning bagʻridan ketaylik bir zum,
Orzular qilamiz to tong otguncha.
Yugurib yelamiz, keladi shu kun,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

Hijronlar chorlasa,ketma yonimdan
Qalqon boʻl, koʻngildan qaygʻu ketguncha.
Yuragim oynasin sinmasin chil chil,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

Yulduzdir sirdoshim, eshitadi jim,
Tong otib, quyosh ham yana botguncha.
Sabrimni sinama,yor boʻlgin hamroh,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

Baxt yoʻllari bizni chorlaydi hamon,
Sevgi dilda misli ochilgan gʻuncha.
Tugamas ishqdan tonggacha suhbat
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

Dil oyna misoli nozikdir netay,
Yurak qiynaladi yara bitguncha.
Kel yulduz menla qol,istagim shudir
Qo'limdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

Hijronlar, armonlar ketmas yonimdan,
Qiynading, azoblar, oh nechun buncha,
Yo'l uzoq, hamroh bo'l, qoldirma yolg'iz
Qo'limdan mahkam tut, baxtga yetguncha.

IRODAXON QOSIMOVA.
28.09.2022. 20:50.
She'r qôshiq uchun berildi.


https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


anba: @sherlar


        #like_boss