Get Mystery Box with random crypto!

Shahboz Shokirov || Blog

Telegram kanalining logotibi shahbozshokirov — Shahboz Shokirov || Blog S
Telegram kanalining logotibi shahbozshokirov — Shahboz Shokirov || Blog
Kanal manzili: @shahbozshokirov
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9
Kanalning ta’rifi

Odamlar bilan suhbatlashishni va ularga qo’limdan kelgancha yordam berishni yoqtiraman!
Blogimda turli xildagi mavzularga oid o’zimning fikrlarimni yozib boraman.
👤Savol va takliflar uchun 👉 @ShakhAdmin_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-11-12 20:58:58
Siz agarda oʻzingizni omadsiz inson deb his qilib qolsangiz, mono brat haqida oʻylab qoʻying.

Bu brat 2009-yilda 10 ming Bitkoinga 2 dona pissa sotib olgan ekan.

Hozir 10 ming Bitkoin = 158 mln dollar

Kanalga ulanish @Shakhblog
138 views17:58
Ochish/sharhlash
2020-11-12 20:47:29 Qo'rquvni yengish haqida "Tortishish qonuni"

https://telegra.ph/Qorquvni-yengish-11-12

Kanalga azo bo'lish @Shakhblog

https://t.me/joinchat/AAAAAEnzk5Ms8-CwtduuXQ
116 views17:47
Ochish/sharhlash
2020-11-09 16:10:09 Kinolarning iplosligi haqida

Eng yomon koʻrgan holatlarimdan biri birorta film koʻrib oʻtirganingda miyang oʻsha filmda boʻlayotgan ishlarga seni undashidir.

Masalan bir haftadan beri parhezdasan, kino koʻriiiib oʻtiribsan yarimkechasi, qorning ochligini unutgansan (oʻzi kinoni shuni unutish uchun koʻryapsan ) Kinoda esa bitta yaramas doʻstlari bilan pissa zakaz qilib souslarga botirib yeb qoldiyu. Vax xorami shuncha qiganimni.... deb pissa zakaz qilish saytiga kirasan, aqlingni yigʻib shaytonga xay bersang berding boʻmasa ashi gap

Yoki sigaret chekishni tashlayapsan, xumor tutib miyang ishlab ishlamey tam zamikaniyalar bilan ishlayotgan paytda chalgʻiy deb "Острые козырки" serialini koʻrib oʻtiribsan. Unda iplos Tom Shelbi sigaretni shunaqa mohirlik bilan, shunaqa kayp qilib chekyaptiki uni koʻrgan seni toming ketib qolay deydi. Shuncha qiganimni tiqding Shelbi xorami! Aqlingni yigʻib shaytonga xay bersang berding boʻmasa ashi gap, koʻchaga chiqib kelasan

Rus seriallarini koʻrib oʻtirib aroq bilan tuzlangan bodringni solishayotganini koʻrib qolgan bir oʻrtogʻim tel qilib bugun choyxona poyxona qililu degan vaziyatlar ham boʻlgan

Kinolarddagi bu vaziyatlar bizni irodamizni sinash uchun juda yaxshi qurol aslida. Shunga yengilmadingmi? Demak sen topsan! Bosovr

Kanalga qoʻshiling @Shakhblog
108 views13:10
Ochish/sharhlash
2020-11-09 12:02:27 Biroz sekinlash brat

Hozirgi oʻta tez ritmga ega boʻlgan hayotda biz bir nimalargadir chalgʻib ketamiz. Qilayotgan ishimizga motivatsiya yoʻqotamiz, yoki oʻzimizni turli sohalarga urib koʻramiz. Bir kitobni tugatmay boshqasini boshlaymiz, narigisini paralllel oʻqimasdan tashlab ketamiz chala qoldirib. Xozir bir ish bilan band boʻlib olma yegim keldi, kesib kel dedim, keyin yoʻq xurmo opkel dedim... U esa ikkalasidan ham kesib keldi... Men esa umuman meva yegim kelmayotgini xis qildim.

Mana shu narsalar, shunday hayot tarzi, insonni bezovtalik, depressiya, fikrlar chalkashuvi va umumiy befarqlikka olib kelib qoʻyishi mumkin. Biz hamma narsaga birdan erishmoqchi boʻlamiz. Ammo buni eplay olmaymiz va oʻzimizni ayblab oʻtiramiz.

Aslida men olma yeyish uchun oʻqib oʻtirgan narsamdan bosh koʻtarishim, uni ishtaha bilan mazzasini sezib, konsentratsiyamni olmaga qaratishim kerak edi.

Umuman olganda bunday hayot tarzi inson xarakteri va prinsiplariga uzviy bogʻliq. Hayotingizni yaxshilashni bir yoʻli bor. Sekinlashish... Ha aynan sekinlashish va buning ortidan diqqatni jamlash.

Hozir nima qilayotgan boʻlsang ham sal sekinlash, nafas ritmingni, oʻylashningni sokinlat. Ovqat qilayotgan boʻlsang diqqatingni kartoshkaga ber, choyni shoshmasdan ich, oʻzingni qiziqtiradigan telegram kanallarni bir boshdan sekiiin oʻqib chiq. Yengillik his qilasan.

Albatta bu degani multfilmdagi yalqov kassir kabi sekin ishla yoki sekin oʻyla degani emas, faqat tanlov qilishda shoshma, bir ishni boshlab barcha eʼtiboringni unga ber. Bu muvaffaqiyat kalitidir. Bosovr.


Kanalga qoʻshiling @Shakhblog
99 views09:02
Ochish/sharhlash