Get Mystery Box with random crypto!

Kinolarning iplosligi haqida Eng yomon koʻrgan holatlarimdan | Shahboz Shokirov || Blog

Kinolarning iplosligi haqida

Eng yomon koʻrgan holatlarimdan biri birorta film koʻrib oʻtirganingda miyang oʻsha filmda boʻlayotgan ishlarga seni undashidir.

Masalan bir haftadan beri parhezdasan, kino koʻriiiib oʻtiribsan yarimkechasi, qorning ochligini unutgansan (oʻzi kinoni shuni unutish uchun koʻryapsan ) Kinoda esa bitta yaramas doʻstlari bilan pissa zakaz qilib souslarga botirib yeb qoldiyu. Vax xorami shuncha qiganimni.... deb pissa zakaz qilish saytiga kirasan, aqlingni yigʻib shaytonga xay bersang berding boʻmasa ashi gap

Yoki sigaret chekishni tashlayapsan, xumor tutib miyang ishlab ishlamey tam zamikaniyalar bilan ishlayotgan paytda chalgʻiy deb "Острые козырки" serialini koʻrib oʻtiribsan. Unda iplos Tom Shelbi sigaretni shunaqa mohirlik bilan, shunaqa kayp qilib chekyaptiki uni koʻrgan seni toming ketib qolay deydi. Shuncha qiganimni tiqding Shelbi xorami! Aqlingni yigʻib shaytonga xay bersang berding boʻmasa ashi gap, koʻchaga chiqib kelasan

Rus seriallarini koʻrib oʻtirib aroq bilan tuzlangan bodringni solishayotganini koʻrib qolgan bir oʻrtogʻim tel qilib bugun choyxona poyxona qililu degan vaziyatlar ham boʻlgan

Kinolarddagi bu vaziyatlar bizni irodamizni sinash uchun juda yaxshi qurol aslida. Shunga yengilmadingmi? Demak sen topsan! Bosovr

Kanalga qoʻshiling @Shakhblog